Matematik va tabiiy-ilmiy fanlar
-tajriba.Temperatura o’zgarishining kimyoviy muvozanatga ta’siri
Download 178.14 Kb.
|
KIMYO O\'UM (Sirtqi) 48703
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat savollari.
- 2 – Laboratoriya ishi Mavzu
- Kerakli reaktivlar
5-tajriba.Temperatura o’zgarishining kimyoviy muvozanatga ta’siri
Kraxmalga iod ta’sir ettirilganda ko’k rangli murakkab tarkibli barqaror modda hosil bo’ladi. Bu ekzotermik (issiqlik ajralishi bilan sodir bo’ladigan) reaksiyadir. Sistemaning muvozanatini shartli ravishda quyidagi tenglama bilan ifodalash mumkin. Kraxmal+ iod= rangli modda+ Q Ikkita probirkaning har biriga 2-3 ml dan kraxmal eritmasidan oslib, ustiga 2-3 ml dan iodli suv qo’shing. Ko’k rangning paydo bo’lishiga ahamiyat bering. Probirkalardan birini qizdiring. Qizdirilganda eritma rangini o’zgarishini (yoki butunlay yo’qolishini) Le- Shatelye prinsipi asosida tushuntirib bering. Nazorat savollari. 1.Kimyoviy reaksiya tezligi nima? 2.Kimyoviy reaksiya tezligiga moddalarning konsentratsiyalari qanday o`zgaradi. 3.Kimyoviy reaksiya tezligiga moddalarning konsentratsiyalarini bog`liqlik grafigini tushuntirib bering. 4.Kimyoviy reaksiya tezligiga temperatura qanday ta`sir qiladi 5. Kimyoviy reaksiya tezligiga temperatura ta`siriga bog`liqlik grafigini tushuntirib bering. 2 – Laboratoriya ishi Mavzu: Eritmalar tayyorlash va ularning konsentratsiyasini aniqlash. Tuzlar gidrolizi. Oksidlanish-qaytarilish reaksiyalari. Galvanik elementlar va metallar korroziyasi. Eritmalar tayyorlash va ularning konsentratsiyasini aniqlash Ishdan maqsad: Konsentratsiyali eritmalarni tayyorlashni o`rganish. Kerakli asboblar: Arometr, pipetka, silindr, kimyoviy stakan, rezina tayoqcha. Kerakli reaktivlar: NaCl, distr suv. Ishning borishi. 1-tajriba. O`qituvchi sizga har qaysi tuzdan necha protsentli eritma tayyorlash kerakligi haqida topshiriq bergandan so`ng, ishni quyidagi tartibda bajaring. Tuzning massasini hisoblang va uni tarozida 0,01 g gacha aniqlikda tortib oling. Suv massasini uning hajmiga teng /m(H2 O)=V(H2 O) / deb hisoblab, kerakli miqdordagi suvni o`lchov silindrida o`lchab oling va uni o`lchangan tuz solingan stakan yoki kolbaga quying.Stakandagi tuz to`lik erib ketgunicha eritmani uchi rezinali shisha tayoqcha bilan aralashtiring.(eritish jarayonida eritmaning qizishi yoki sovishi kuzatilsa, eritmaning temperaturasi xona temperaturasigacha kelguncha qo`yib qo`ying) Eritmani quruq o`lchov silindriga quyib, areometr bilan zichligini o`lchang. O`lchangan zichlikka mos keladigan eritmaning prosent konsentraciyasini darslik kitobdagi birinchi jadvaldan toping. Agar lozim bo`lsa, interpolyatsiyalashdan foydalaning. Tayyorlangan eritmani normalligini, molyarligini va molyalligini hisoblang. Eritmani keyingi tajriba uchun saqlab qo`ying. Download 178.14 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling