b parametrning qiymatini reegressiya tenglamasiga qo‘yish va x va u o‘zgaruvchilarining
mos o‘rta qiymatlaridan foydalanib, a ning qiymatini topish mumkin:
Topilgan a i b ning qiymatlari ular orasidagi bog‘liqlikni ifodalovchi, yuqoridagi regressiya
tenglamasiga qo‘yiladi. Masalan, a = 10 va b = 20 bo‘lsa, u holda regressiya tenglamasi y = 10 +
20x ko‘rinishda bo‘ladi.
Bu tenglamadan keyin x ning berilgan qiymatlariga mos y ning qiymatlarin hisoblashda
foydalanish mumkin. Masalan, agar x = 5 bo‘lsa, bu qiymatni regressiya tenglamasiga qo‘yish
orqali quyidagini olamiz:
Shunday qilib, x = 5 uchun biz y = 110 ni olamiz. Bunday hisob -kitoblar ba’zi hollarda
bashorat qilish uchun asos bo‘ladi.
Shunday qilib, regressiya chizig‘i tarqoqlik grafigi nuqtalari orqali o‘tadigan "eng yaxshi mos
kelish" chiziqdir. Regressiya chizig‘i tenglamasi y = a + bx ko‘rinishida bo‘lib, bu yerda a va b
parametrlar yuqoridagi formula yordamida topiladi.
Yuqorida ta’kidlaganimizdek, u = a + bx tenglama berilgan x ning berilgan qiymatlari uchun
y ning qiymatini topishda foydalaniladi. Amaliy masalalarda o‘zgaruvchilarning qaysi biri x, qaysi
biri y ekanligi aniq bo‘lmaganda, buni hisobga olish kerak bo‘ladi. Bunda x bilan ko‘rsatilgan
o‘zgaruvchining qiymatlari ma’lum deb qaralib, y o‘zgaruvchining qiymatlari hisoblab topiadi.
Masalan, reklama xarajatlari va sotish o‘rtasidagi bog‘liqlikni oling. Bu holda, asosiy masala - bu
reklama xarajatlaridan foydalanib, mahsulotlarni sotish hajmini baholashdan iborat bo‘lishi ko‘p
ehtimollidir. Va demak, bunda reklama xarajatlari ma’lum (x), va noma’lum o‘zgaruvchi (y) - bu
sotish hajmini bildiradi.
Do'stlaringiz bilan baham: |