Matematika va miqdoriy usullar
Download 1.88 Mb. Pdf ko'rish
|
Mat Miq Usul UMK 22 23
2. Jadvalda 1000 f.st. boshlang‘ich sarmoyadan to‘rt yilda olinishi rejalashtirilgan mablag‘lar
miqdori keltirilgan. (i) Murakkab foizlar formulasidan foydalanib jadvalning bo‘sh kataklarini to‘ldiring, (ii) Jadvaldan foydalanib, aniq bir yil uchun avvalgi davr sarmoyalaridan keladigan jami mablag‘ miqdorini toping: a) 2000 f. st. yillik foiz stavkasi 4% ,3 yilga, b) 10 000 f.st. yillik foiz stavkasi 8%, 4 yilga, v) 500 f. st. yillik foiz stavkasi 6%, 2 yilga. 3. Foizlar har oyda hisoblab chiqilib, dastlabki mablag‘ga qo‘shilishi sharti bilan quyidagi sarmoyalar asosida jamg‘arilgan mablag‘ni toping: (i) 4000 f. st. yillik foiz stavkasi 6%, 18 oyga, (ii) 1000 f. st. yillik foiz stavkasi 1% ,3 yilga. 3. Yillik foiz stavkalari. Yillik foiz stavkasi - bu qarzdan foydalanganlik uchun to‘langan yoki investisiyalardan olingan sof foiz bo‘lib, uni topishda bir necha muvaqqat davrlar uchun foizlar qo‘shilishi hisobga olingan. Oldingi bo‘limda biz har bir chorakda hisoblangan foizlar asosida yillik murakkab foizlarni hisoblash masalasini ko‘rib chiqdik. Odatda, garchi faqat yillik foiz stavkasi ko‘rsatilgan bo‘lsada ko‘p hollarda sarmoya har oyda foizlar miqdorini oshiradi. Shuning uchun, masalan, Buyuk Britaniya qonunlarida sarmoya takliflari yoki kredit berish variantlarini haqiqatdan ham taqqoslay olish uchun bunday sarmoyalar uchun yillik foiz stavkasini ko‘rsatish talab qilinadi. 1-misol. Foizlari har oyda to‘lanadigan, yillik 6% li 100 funt sterlingli sarmoyani ko‘rib chiqaylik. Ko‘rsatilgan 6% li stavka nominal foiz stavkasi deb atalib, u haqiqatda ushbu turdagi kiritgan sarmoyalarda foiz daromadi miqdorini aks ettirmaydi. Ushbu misolda asosiy mablag‘ bu P = 100 f. st., r = 6% va bir yildagi to‘lovlar soni m = 12. Bir yillik davr uchun to‘plagan mablag‘ni quyidagicha hisoblaymiz: 68 Shunday qilib, 100 funt sterlingli sarmoya bir yilda 6,17 funt sterling olib keldi. Shuning uchun yillik foiz stavkasi 6,17% ni tashkil qiladi. 2-misol. Kredit kartalarni ishlab chiqaruvchi kompaniya debet qoldig‘idan oyiga 2,4 % oladi. Nominal foiz stavkasi yiliga 2,4 x 12 = 28,8% ni tashkil qiladi. Biroq bu nominal foiz stavka kredit karta egalariga nisbatan qo‘llaniladigan sof foiz stavkasi emas. Sof stavka, ya’ni yillik foiz stavkasini hisoblashni ko‘rib chiqaylik. Bir yil davomidagi 1 AQSh dollarli qarzdorlik holatini qaraylik. Bunda Download 1.88 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling