Materiallari
Konstruktorlik xujjatlarining metrologik ekspertizasi. Hujjatlarni ishlab chiqish bosqichlari
Download 1.61 Mb.
|
Xujjatlar ekspertizasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Texnik topshiriq.
- Texnik taklif .
- Qoralama (eskiz) loyixa.
- Texnik loyixa
1. Konstruktorlik xujjatlarining metrologik ekspertizasi. Hujjatlarni ishlab chiqish bosqichlari.
Bu o`lchashga tortiladigan parametrlarni tanlash, aniqlik me`yorlarini belgilash va maxsulotlarni ishlab chiqish, tayyorlash, sinovdvn o`tkazish, ekspluatasiya qilish va ta`mirlash jarayonlarini o`lchash vositalari va uslublari bilan ta`minlash bo`yicha texnik echimlarni baxolash va taxlil qilishdir. Konstruktorlik xujjatlarini ishlab chiqishning ekspertiza o`tkaziladigan bosqichlari xar bir muayyan tarmoqning o`ziga xosliklarini (spesifikasini) xisobga olish bilan belgilanishi lozim. Bunday bosqichlar mos keluvchi standartlarda ko`rsatilgan:
Ishlab chiqilayotgan o`lchash vositalari xujjatlarining metrologik ekspertizasini texnik topshiriq bosqichida o`tkazish lozim. Boshqa maxsulotlarni ishlab chiqishda metrologik ekspertizani xujjatlarni ishlab chiqishning ertachi bosqichlarida o`tkazish samarali bo`ladi, bunda prinsiipal konstruktiv echimlar qabul qilinadi, maxsulotni ishlab chiqarish va ekspluatasiya qilishni metrologik ta`minlash imkoniyati va tejamkorligi ko`p jixatdan bu echimlarning to`g`ri tanlanishiga bog`liq bo`ladi. Maxsulotni loyixalashtirishda ekspertiza o`tkazishga ketadigan xarajatlar optimal bo`lmagan variantlarni ishlab chiqishga, konstruksiyani o`zgartirishga, ishlab chiqarishni qayta jixozlashga va xokazolarga ketadigan xarajatlarni qisqartirish evaziga qoplanadi. Metrologik ekspertizaga konstruktorlik xujjatlarining quyidagi turlarini tortish tavsiya qilinadi: detallarning chizmalari, yig`ish chizmalari, gabarit va montaj chizmalari, tushuntirish xati, texnik shartlar, sinovdan o`tkazish dasturi va uslubiyoti, xisob-kitoblar, ekspluatasion va ta`mirlash xujjatlari, spesifikasiya. Metrologik ekspertiza ko`pincha korxonaning metrologiya xizmati kuchlari bilan amalga oshiriladi. Metrologik ekspertizani o`tkazishning bunday formasi korxonada metrologiya xizmatining obro`sini oshiradi va ishlab chiqarishda xam, ekspluatasiya qilishda xam konstruktorlik echimlari va ularning metrologik ta`minoti to`g`risidagi ma`lumotlarni yig`ish va ishlov berish imkoniyatini beradi. Metrologik ekspertizaga xujjatlar asl nusxalarda me`yoriy nazoratni amalga oshiruvchi xodim, buyurtmachilarning vakili va xujjatlarni tasdiqlovchi shaxsning imzolaridan tashqari boshqa barcha shaxslarning imzolari bo`lgan xolda taqdim qilinadi. Ekspertizani ikki bosqichda o`tkazish varianti bo`lishi mumkin, buvnday xollarda xujjatlar tekshirishga avval birlamchi, keyin esa asl nusxalarda taqdim qilinadi
Download 1.61 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling