Mavzu №1 Fiziologiya faniga kirish Reja: Fiziologiya fanining predmeti va vazifalari
MAVZU № 4 Ovqat hazm qilish fiziologiyasi
Download 176.93 Kb.
|
1-7 mavzu
- Bu sahifa navigatsiya:
- Me’da-ichak yo‘lining tuzilishi
MAVZU № 4 Ovqat hazm qilish fiziologiyasi
Reja: Ovqat hazm qilish sistemasi va uning funksiyalari Ovqat hazm qilish organlari ishini o’rganish usullari Og’iz bo’shlig’ida ovqatning hazm bo’lishi, so’lakning ajralishi va tarkibi Me’dada ovqat hazm bo’lishi, me’da shirasining ajralishi va tarkibi 12 barmoqli ichakda ovqatning hazm bo’lishi, me’da osti bezi shirasining ajralishi va tarkibi Jigarning funksiyalari, ichak bo’shlig’i va devorida ovqat hazm bo’lishi haqida tushuncha Yo’g’on ichakdagi hazm jarayonlari, ovqat moddalarining parchalanish mahsulotlarining so’rilishi Ovqat hazm bo’lishining boshqarilishi, muskul ishining ovqat hazm bo’lishiga ta’siri Odam organizmida hazm - bu murakkab fiziologik jarayon hisoblanadi, ovqat fizik va kimyoviy o’zgarishlar natijasida mayda zarrachalarga parchalanib, me’da va ichakdan qon va limfa tomirlariga so‘riladi Me’da-ichak yo’lining funksiyalari jumlasiga: motor (harakat), sekretor (tashqi sekretsiya), inkretor (ichki sekretsiya), ekskretor, so‘rish funksiyalari kiradi. Motor, sekretor va so‘rish funksiyalari hazm tizimining asosiy funksiyalaridir. Hazm tizimining mushaklari motor yoki harakat funksiyasini bajaradi, shu tufayli ovqat chaynaladi, yutiladi, hazm yo’li bo‘ylab harakatlanadi va hazm bo’lmagan ovqat qoldiqlari chiqarib yuboriladi. Sekretor funksiya shundan iboratki, bunda tegishli bez hujayralari hazm shiralarini: so‘lak, me’da shirasi, me’da osti bezining shirasi va o’t-safroni ishlab chiqaradi. Me’da va ichaklar shilliq pardalari orqali hazm bo‘lgan va parchalangan oziq moddalar bevosita qon va limfaga so‘riladi. Me’da-ichak yo‘lining tuzilishi. Hazm a’zolarining barcha funksiyalari murakkab asab va gumoral boshqarish mexanizmlariga bo‘ysunadi. Odam organizmining energiya va quruvchi (plastik) materiallar bilan ehtiyojini uzluksiz qondirib turish uchun ovqat hazm qilish tizimi katta ahamiyatga ega, chunki ular tufayli ichki muhit muntazam shakllanib turadi. Tuzilishi va funksiyalari nuqtayi nazardan ovqat hazm qilish tizimi ikki: effektor (bajaruvchi) va regulyator (boshqaruvchi) qismlardan tashkil topgan. Birinchi qism - qisqarish (silliq mushaklar hujayralari), sekretsiya (bezlarning sekretor hujayralari), membrana gidrolizi va tashilishi (ichak hujayralari - enterositlar)ni amalga oshiriladi. Ikkinchi qism esa asab va endokrin elementlardan tashkil topgan bo’lib, hazm tizimi faoliyatini neyrogumoral boshqarilishida ishtirok etadi. Download 176.93 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling