Мавзу: 1937-1938 йилларда марказий осиё республикаларида сиёсий репрессия ва унинг оқибатлари


Dastlabki davlatlarni o`rganishda moddiy manbalarning o`rni


Download 400.7 Kb.
bet5/10
Sana17.01.2023
Hajmi400.7 Kb.
#1097055
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Курс иши Baxtiyarov Fozilbek

2.1 Dastlabki davlatlarni o`rganishda moddiy manbalarning o`rni
Boshqaruv - jamiyatning ichki jabhasiga xos xususiyat hisoblanadi. Tarixga nazar tashlaydigan bo‘lsak, insoniyat o'z rivojlanish jarayoni iavomidaeng oddiy boshqaruv shakllarini barpo etib uni rivojlanlirib va takomillashtirib borganligi kuzatiladi. Dunyo larixidagi dastlabki davlatlar mil.aw. Ilk ming yillikdayoq Misrda (nom davlatlarning birlashuvi), VIesopotamiyada (Akkadning kuchayuvi) paydo bo‘ladi va Sharqdagi boshqa hududlarga ham (Hindiston, Xett davlati, Elam va b.) o'z la’sirini 5‘tkazib sifatiy yangi xususiyatlar kasb eta beradi.
Ta’kidlash joizki, boshqaruv tizimi, umuman, davlatchilik abadiy navjudlik emas. Davlat boshqaruvi deganda biz bosh siyosiy hokimiyat va unga bo‘ysinuvchi boshqaruv tizimini tushunamiz. Boshqaruv tizimi lamiyatning barcha jabhalarini - siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy, madaniy va ooshqalami o‘z ichiga oladi. Binobarin, boshqaruv tizimini har omonlama va jiddiy o‘rganmasdan turib jahon xalqlari tarixiy madaniy 'ivojlanishi. ularning o‘zaro aloqalari va ta’siri, mahalliy va jmumbashariy madaniyatlar integratsiyasining o'ziga xos tomonlari va qonuniyatlariga aniqliklar kiritish mumkin emas.
Davlat boshqaruvining paydo bo'lishi insoniyat tarixida muhim muvaffaqiyat va sifatiy yangi Dosqich bo‘ldi. Dunyo tarixidagi qadimgi davlatlarning paydo bo'lishi va iakomillashuvida O`rta Osiyo va unga qo‘shni hududlarda yashagan kelib iluqqan jamiyatning ijtimoiy mulkiy tahaqalanishvivi jarayoni (shakllanish jarayoni) asosiy omil bo'ldi. M.i’lum bir qabila, elat va xalqqa xos hamda muayyan rivojlanish Itosqichlari boshqa xalq va hududlardagi davlatchilik jarayonlariga aslo mu', tnshmaydi. Shunga qaramay, Qadimgi Sharqdagi ilk davlatlarning (niyilo bo'lishi va rivojlanishi ko'pgina umumiy jihatlarga ega ekanligini joizdir. Aynan mana shuning uchun ham O`rta Osiyoda ilk davlatlarning paydo bo'lishi Qadimgi Sharq davlatchiligi tarixi bilan uzviy bog'liqdir.
Qadimgi Sharqning turli hududlaridagi tabiiy sharoit o'ziga xos ko'pgina davlatlarning paydo bo'lishi ushbu holat bilan bevosita Iwg'liq edi. Ayniqsa, yirik daryolar - Nil, Dajla, Frot, Hind, Ganga, Xuanxe, Amudaryo va Sirdaryo Qadimgi Sharq xalqlari tarixiy taqdirida pula katta ahamiyatga ega bo'ldi. Ijtimoiy va hududiy birlikning asosi hisoblangan jamoalar •iiiiyjudligi Qadimgi Sharq ijtimoiy tuzilmasining muhim o'ziga xos tnmoni edi. Barcha Qadimgi Sharq davlatlari (ayrim shahar-davlatlar bundan mustasno) juda ko'plab qishloq jamoalaridan tashkil topgan bo'lib, ularning har birida boshqaruv tartibi bilan bog'liq ishlar amalga osliirilganda ko'pgina jamoalar birlashuvi davlat hokimiyati rolining oshishini ta’minlar edi.
Ko‘p hollarda tadqiqotchilar jamoalarning birlashuvi natijasida paydo bo’lgan davlatchilik tizimini murakkab sug'orish tartibi tashkil etilishi, yerlarni sun’iy sug'orilishi, daryo vohalari va tog' oldi hududlarining o'zlashtirilishi hamda to'g‘onlarning qurilishi bilan bog'laydilar.
Yuqoridagi omillarning mavjud bo'lganligi aniq. Lekin, ulami tashkil etish nazorat va boshqaruvni, hisob-kitobni talab etar edi. Demak, buning uchun yozuvchi mirzalar, hisob-kitobchilar va hukmdorlar zarurati tug'ilgan. Mehnat qurollari tayyorlash uchun hunarmandlar faoliyat ko'rsatgan. Ushbu murakkab tizim xavfsizligini ta’minlash uchun yondashuv shuni talab etadiki, tarixning turli davrlarida davlatlar chegaralari o'zgarib turgan va hozirgi chegaralarga mutlaqo tushmaydi. Turli xalqlar va ularning ajdodlari o'z davlatchiligining shakllamsh boqichini ijtimoiy-iqtisodiy va tarixiy-madaniy vaziyatlarga bog'liq holda turli tarixiy davrlarda bosib o‘tdilar.
Bizning kunlarimizgacha saqlanib qolgan dastlabki yozma manbalar - "Avesto'’, ahmoniylar davri mixxat yozuvlari, qadimgi yunon-rim manbalari qadimgi Sharq va dunyo tarixida birinchi bo'lib, O`rta Osiyodagi eng qadimgi xalqlarning nomlarini. alohida joylar, tog'lar, daryolar va ko‘llaming nomlarini, alsonaviy qahramonlar va podshohlaming nomlarini, yurtimiz xalqlarining turmushi. dini, madaniyati, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy tuzumi to‘g‘risidagi ma’lumotlami o‘z ichiga oladi.
Ushbu yozma manbalar ma’lumotlarini arxeologik tadqiqotlar natijalari bilan solishtirganimizda ilk davlatlarning paydo bo'lishi masalalariga ko‘pgina aniqliklar kiritish imkoniyati paydo bo‘ladi. Bronza davriga kelib aholining ijtimoiy va iqtisodiy hayotida katta o'zgarishlar sodir bo‘ldi. Xususan, qadimgi aholi ishlab chiqarishning ma’lum bir sohalariga - dehqonchilik, chorvachilik va hunarmandchilikka ixtisoslashib bordi. Bu jarayon ishlab chiqaruvchi kuchlarning o'sishi va ularning bir yerga to‘planishi uchun zamin yaratdi.
Qadimgi xo'jaliklarning ixtisoslashuvi, sug‘orma dchqonchiliknisig rivojlanishi, metallning hayotga jadallik bilan kirib kelishi va yoyilishi, hunarmandchilikda turli tarmoqlaming rivojlanishi, o‘zaro ayirboshlash va savdo-sotiqning taraqqiy etishi natijasida jamiyat hayotida ijtimoiyiqtisodiy yuksalish kuzatiladiki, bu yuksalish ilk davlatchilikning asosiy poydevori hisoblanadi. Ahmoniylargacha bo'lgan davrda ba’zi bir vohalar, asosiy o‘troq aholi joylashuvi o'lkalari edi. Ularning hududlarida manzilgohlar, sug'orish inshootlari, o‘zlashtirilgan yer maydonlari bor edi. Bir qancha shunga o'xshash, daryolar vohalarida joylashgan va umumiy aholi joylashuv hududlari bilan bog'liq bo'lgan yerlar Baqtriya, So‘g‘diyona, Xorazm kabi tarixiy viloyatlarni tashkil etgan.
E.V. Rtveladzening so'nggi yiliardagi (2001) xulosalariga ko'ra. O`rta Osiyodagi ikki daryo oralig'ida qadimgi davr davlatchilik. evolyutsiyasining mil.avv. II ming yillik va milodiy IV asri oralig'idagi vaqtni qamrab olgan bir necha davrlami ajratib ko'rsatish mumkin. Bular quyidagi davrlardir:
Birinchi davr - mil.avv. II ming yillikning ikkinchi yarmi O'zbekiston janubida embrional shakldagi davlatga o'xshash tuzilmaning iqror topishi. Davlatning bunday namunasi Jarqo'tonda o'z aksini topgan dryish mumkin.
Ikkinchi davr - mil.avv. I ming yillikning boshi - mil.avv. 539 yil Baqtriya, So'g'd, Xorazm kabi tarixiy-madaniy viloyatlarning shakllanishi. Ularda siyosiy hokimiyat uvlishining shaxobchaii tizimiga ega bo’lgan davlatning ilk shakllarini ko'rish mumkin. Avesto ina’lumotlari bunga misol bo‘la oladi.
Uchinchi davr - mil.avv. 539-yil - mil.avv. 330-yil - Ahmoniylar bosqini va O'rta Osiyoning ahmoniylar davlati tarkibiga kirishi tufayli kelib chiqqan mahalliy davlatchilik rivojlanishidagi tanafius.
To'rtinchi davr - mil.avv. IV asr oxiri - mil.avv. II asr ikkinchi varmining boshi - Aleksandr Makedonskiy bosib olishdan boshlab ellinlar siyosiy hukmronligi oxirigacha.
Bu davrda mahalliy davlatchilikning tiklanish jarayoni yuz beradi. Mil.avv. IV asr so’nggi choragida Xorazmda podsholik paydo bo'lgan bo'Isa. Ilk asr oxiri - II asrda Huxoroda, Dovonda (b'arg'ona). So'g'dda alohida mulklar shakllanadi. Keyinchalik butun mulklarn birlashtirgan Qang' davlati shakllana boshlavdi. Beshinchi davr- mil.avv.
11 asrning ikkinchi yarmi yangi eraning I asri boshi - mahalliy davlatlar: Qang', Xorazm podsholigi, Buxoro. So'g'd, Dovonning mustahkamlanishi va yanada rivojlanishi, Yuyechji (lavlatining qaror topishi va uning hokimiyatining Gandxargacha yoyilishi. Ushbu mulklarda kumush va mis tangalar zarb qilinishi. mahalliy so'g'd, xorazm yozuvlarining paydo bo'lishi rivojlangan iliivlatchilikning asosiy belgilari hisoblanar edi.
Oltinchi davr yangi eraning I asri boshi 111 asri birinchi yarmi - entik davrda mahalliy davlatchilikning ravnaq topishi. O'zbekiston junubining konfederativ Yuyechji davlati asosida paydo bo’lgan Kushoi1 imperiyasi tarkibiga kirishi. Chochda yangi mulkchilikning paydo bo'lishi. Xorazmda Airig'iylar suloiasining hokimiyat tepasiga kelishi va bu yerda sulolaviy boshqaruvning an’anaviylashuvi. 0 ‘tgan asrning oxirlaridan boshlab hozirgi kunga qadar "Avesto’ im’lumotlari (viloyatlarning Aryoshayona bo'yicha birlashishi), Gerodot vii Gekatey asarlari ("Katta Xorazm’'), shuningdek, Ktesiyning qadimgi Baqtriya podsholigi haqidagi ma’lumotlari va nihoyat, arxeologik Imlqiqotlar natijalari O`rta Osiyoda ilk davlat uyushmalarining payde bo’lishi muammolarini o'rganish uchun asos bo'lgan bo'lishigg qmamasdan, qadimgi davlatlar hududlari, shakllari. boshqaruv tizimi xi sanasi bilan bog'liq bo'lgan mavzularning ko'pgina yo'nalishlari hamon ilmiy bahslarga sabab bo'lmoqda. Ko'pchilik tadqiqotchilar O`rta Osiyoda ilk davlatlarning shakllanish va rivojlanish jarayonini ahmoniylargacha bo'lgan davrda deb hisoblaydilar va mil. avv. IX-VII asrlar bilan belgilaydilar (M.Dunker, jV.Tomashek, F.AUxaym, S.P.Tolstov, M.M.Dyakonov. I.M.Dyakonov, V.M.Masson, M.Dandamayev, YA.G'ulomov. B.A.Litvinskiy, E.V.Rtveladze, I.V.Pyankov, A.S.Sagdullayev va boshqalar).
Ilmiy adabiyotlar O'rta Osiyoda ahmoniylargacha boMgan davrda mavjud bo'lgan quyidagi davlat uyushmalari haqida so'z yuritadi:
1 .Aryoshayona - O'rta Osiyodagi qadimgi viloyatlaming "dahiyosasti” uyushmasi; 2. Aryonam Vayjo - bu ham Aryoshayonadek yoki uning markazi Ariya va Marg'iyonada bo'lgan “ Katta Xorazm”, yoki Aniudaryoning quyi oqimidagi Xorazm davlati;
3. Qadimgi Baqtriya davlati.
`. Ko'chmanchi qabilalar konfederatsiyasi. So'nggi yillarda olib borilgan tadqiqotlar va masalaga yangicha vondoshuv asosida ushbu ro'yxatga qadimgi So‘g'diyonani ham kiritish imkoniyati paydo bo'ldi.
Tadqiqotlar natijalariga qaraganda, davlatchilikning asosiy omillari bo'lgan jarayonlar so'nggi bronza va ilk temir davriga kelib yanada jadallashadi. So`g‘diyona hududlariga odamlar eng qadimgi davrlardayoq kirib kelib, tog1, daryo vohalari, keyinchalik esa dasht hududlariga tarqaladilar. Bu hududlarda mavjud bo’lgan qulay tabiiy-geografik sharoit, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotning rivojlanishi uchun keng imkoniyatlar yaratadi.
Shuningdek, chetdan bo'lgan tashqi ta’sirni (iqtisodiy, madaniy-siyosiy va harbiy) ham e’tirof etish lozim bo'ladi. Mil. avv. IX-VII asrlarga oid tarixiy-madaniy yodgorliklar (ayniqsa qo'hna shahar xarobalari) So'g'diyona hududlarida davlatchilik tarixi aynan mana shu davrdan boshlanganligidan dalolat beradi. Ilk davlatchilik masalasida juda ko‘plab ilmiy bahslar bo'lib o‘tgan bo'lishiga qaramay, bu masaia hanuz o'z yechimini topgan deb hisoblanmaydi. Xususan, ‘'Katta Xorazm” (Avesto tilida Xvarizam, qadimgi fors tilida Xvarazmish, qadimgi yunon tilida Xorasmiya) davlatining hududiy joylashuvi va paydo bo‘lgan davri masalalari ham ancha munozarali mavzu. Arxeologik tadqiqotlar ayrim hollarda yozma manbalar ma’lumotlarini tasdiqlamaydi. Mil. avv. IX-V11I asrlar Xorazm madaniyati Amirobod nomi bilan mashhurdir. Bu madaniyatning me’morchilik yodgorliklari, asosan, chayla va yarim yerto'lalardan iborat bo'lib mustahkam turar joylar uchramaydi. Xorazmdagi dchqonchilikning livojidan darak beruveiii virik sug'orish inshootlari, mustahkam mudofaaga ega bo'lgan turar joylar (Ko'zaliqir. Ding'alja) mil. avv Vl-V asrlarga oiddir. Qadimgi Xorazmning joylashuv hududlari ham ancha munozarali mavzu hisoblanadi. Ayrim tadqiqotchilar (Tarn, Altxaym) uhmoniylargacha xorazmivlar Parfiva chegaialaridan sharqiy yo'nalishda Kopeklog" yonbag‘irlarida joylashgan desalar, ayrimlari (Xenning, (iershevich) bu davlatning markazi Marv va Hi rot atrofida bo'lib, Kir 11 bosib olganidan so‘ng Quvi Amudaryoga - hozirgi Xorazm hududlariga ko'chib o'tgan deydilar. Ayrim tadqiqotchilar fikricha (S.Tolstov, VI. Vorobyeva) qadimgi Xorazmning chegaralari hozirgi Xorazm hududlaridan ancha keng bo‘lib.
O`rta Amudaryodagi Qo‘shqal'adan boshiab, Orol dengizigacha bo‘lgan hududlami o‘z ichiga olgan. Umuman, mil. avv. VII asrning oxiri - VI asrda Xorazm davlati mavjud bo'lganligi aniq. Bu davr Xorazmda qurilish va hunarmandchilik uncha rivojlangan. Tadqiqotlar natijasida bu hududlardan bronza va lomirdan yasalgan mchnat hamda harbiy qurollar, sopol urchuqlar, bronza igna, bigizlar. sopol idishlar topilgan. Bu topilmalar qo'shni Marg'iyona. Baqtriya va So‘g‘divona topilmalariga o'xshab ketadi. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda. O`rta Osiyodagi ilk davlat nyushmalaridan biri Qadimgi Baqtriya davlatidir. Baqtriyaliklarning yurti Surxon vodiysi, Afg‘onistonning shimoli-sharqi, Tojikistonning janubiy hududlarida joylashib. turli yozma manbalarda Baxdi, Baqtrish, Uaqtriyona, Baqtriya, Baxli, Baxlika deb tilga olingan. Bronza davridagi ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish (Sopolli, Jarqo'ton. Ollintepa va keyingi davrlarda yanada jadallik bilan rivqjlanadi. Natijada mil. avv. 1X-V11I asrlarda Baqtriya hududida harbiy ahamiyatga ega bo‘lgan siyosiy birlashmalar tashkil topadi.
Mil. avv. Vlll-Vll asrlarga kelib Qadimgi Baqtriya davlati Sharqdagi kuchli davlatlardan biriga aylanadi. Ushbu jarayonni arxeologik va yozma manbalar ma’lumotlari ham to‘la tasdiqlaydi. Ayrim tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda, bu davr Baqtriya tarkibiga Marg'iyona va Solg‘diyona ham (turixiy-madaniy birlik sifatida) kirgan bo'lishi mumkin. Ma’lumotlarga qaraganda, Baqtriyaning tabiiy boyliklari qadim dnvrlardayoq Sharq davlatlarida mashhur edi. Buyuk Ipak yo‘lidan ancha llgariyoq qadimgi yoMlarning Baqtriya orqali o'tganligi bejiz emas. So'nggi yillarda olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida qiulitngi Baqtriya hududlaridagi manzilgohlar va ko'hna shaharlar soni ko'paydi.
Davlatning poytaxti Baqtra va Qiziltepa, Bandixon kabi ko'piab yodgorliklardan topilgan ko'p sonli turli-tuman topilmalar bu hududlarda ijtimoiy-iqtisodiy munosabailar, shuningdek, o'troq va ko'chmanchi aholi o‘rtasida hamda Yaqin Sharq va Old Osiyo bilan o'zaro iqlisodiy, madaniy aloqalar gurkirab rivojlanganligidan dalolat beradi. Turli manbalardagi So'g'da. So'g'uda, So‘g‘diyona nomlari bilan mashhur bo'lgan qadimgi tarixiy-madaniy o'lka hozirgi Zarafshon va Qashqadaryo vohalarini o'z ichiga olgaii. Ilk temir davri So'g'diyona hududlarida ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy rivojlanish jarayonlarini kuzatish mumkin.
Bu rivojlanish jarayoni mil.avv. IX-V asrlargaoid ko'p sonli manzilgohlar va ko'hna shahar xarobalaridagi turli-tuman topilmalar va memorchilik tuzilish bilan izohlanadi. iik davlatchilikning eng asosiy belgiiaridan bo'lgan ko'hna shahar xarobalari So'g'diyonadan lo'rtta (Yerqo'rg‘on, Afrosiyob, Uzunqir, Ko'ktepa) topib o'rganilgan boiib. ular hozircha 0 ‘zbekistondagi eng qadimgi rivojlangan shahar madaniyatini o'zida aks ettiradi. So‘nggi 10-15 yil ichida Baqtriya, Xorazm, So'g'diyona va Marg'iyona hududlaridan olingan yangi arxeologik ma’lumotlar ilk davlat uyushmalari paydo bo'lishini yanada kengroq izohlash imkonini yaratadi. Bu ma’lumotlarga qaraganda ilk temir davri Baqtriya, Marg'iyona, Xorazm va So‘g'diyona uinumiy jamoalaridagi asosiy ishiab chiqaruvchi kuchlarni bir necha kichik oiladan iborat uy jamoalari tashkil etgan. Makonlar joylashuvining tashqi belgilari katta oilali uy jamoalari ancha yirik uyushmalarga kirganligidan dalolat beradi. Boshqaruv tartibida katta oilalar jamoasi boshliqlari yoki uy xo'jayinlari, shuningdek, alohida qishloq qo‘rg‘onlarini boshqaruvchi eski jamoalar katta o'rin tutgan. Har bir katta oila mumkin bo'lgan qarindoshlik aloqalariga qaramasdan alohida uyga, ishlab chiqarish buyumlariga ega bo‘lishgan, o'zining qishloq xo‘jalik mahsulotlari zahiralari va chorvalari bo'lgan yoki o'zini iqtisodiy jihatdan ta’minlay oladigan xo'jalikni aks ettirgan. Mil. avv. VI1-V1 asrlarda ancha yirik bo'lgan Qadimgi Baqtriya, Xorazm va So'g'diyona davlatlarining aholisi qon-qarindosh bo'lib, birbiriga o'xshash tilda gaplashganlar va juda yaqin madaniy an’analarga ega edilar. Bu davrda jamiyatning hududiy bo'linishi ko'zga tashlanib, o'troqlashuv jarayoni kuchaydi. Muhim savdo yo'1 lari bo'yida tayanch istchkomlar qurildi. Turli qurilishlar bunyod etishda mudofaa inshootlarining ahamiyati birinchi o'ringa chiqdi. O`mi kelganda shuni alohida ta'kidlash lozimki, o'zbek xalqining ilk davlatchiligi tarixi geografik, hududiy ma’noda nafaoat O`zbekistonning hozirgi hududi bilan. balki butun O`rta Osiyoda qadimda vnz bergan etnik, madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlar bilan bog`liq holda talqin etilmog‘i lozim. arixning qadimgi davrlarida ilk Invlatlar orasida va ajdodlarimizning yashash joylari orasida aniq ma'muriy chegaralar yo‘q edi. Qadimgi Baqtriya. Xorazm, So'g’d .'liegaralari tabiiy bo'lib, yaqin hududlardagi joylarning geografik sifatida dashtlar, cho'l va tog'lardan foydalanilgan. Hozirgi unga qadar to'plangan arxeologik maluniotlar asosida O'zbekistonda ilk davlatlarning shakllanishi va rivojlanish jarayoni quyidagi davrlar bilan sanalanishi aniqlandi:
1. Bronza davri. Mil. avv. II ming yillikning o'rtalari va ikkinchi yarmi. Unchalik katta bo'lmagan dchqonchilik vohalari asosida (misol uchun Sherobod vohasi) ilk davlatchilik tizimiga o'tish davri.
2. Bronza asridan temir asriga o'tish davri. Mil. avv. IX-VII] asrlar. Mayda davlat tashkilotlarining rivojlanishi va harbiy siyosiy uyushmalaming vujudga kelishi.
3. Ilk temir davri. Mil. avv. VI1-VI asrlar.
Qadimgi Baqtriya, Xorazm va So'g'diyona misolidagi davlat uvushmalarining paydo bo'lishi. O'zbek xalqi va uning ajdodlari ilk davlatchiligi taraqqiyoti o'troq dchqonchilik xo'jaligi va qadimgi shaharlar tarixi bilan uzviy bog'liq bo'lgan. Ilk davlatlar tashkil bo'lishida, jamiyat rivojlanishining ichki qonuniyatlaridan tashqari ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlarning yuqori darajasi- hunarmandchilik, almashinuv va savdoning kuchayib borishi, siyosiy qarama-qarshiliklar va harbiy to'qnashuvlar ham ta’sir qildi.

Download 400.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling