Мавзу: 1937-1938 йилларда марказий осиё республикаларида сиёсий репрессия ва унинг оқибатлари


Download 400.7 Kb.
bet4/10
Sana17.01.2023
Hajmi400.7 Kb.
#1097055
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Курс иши Baxtiyarov Fozilbek

Kurs ishining metodlari: Analiz va sintez, maхsus adabiyotlar va manbalarni o‘rganish, ilmiy maqolalarni oʻrganish, taqqoslash va umumlashtirish, pedagogik kuzatuv, pedagogik tajribani umumlashtirish, qiyosiy tahlil qilish usuli, taqqoslash, xulosalarni shakllantirish.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kirish, asosiy qism, ikkita bob va har biri ikki bo`limdan iborat, xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʻyhati
I BOB QADIMIY DAVRI TARIXINI O`RANISHDA MODDIY MANBALARNING O`RNI VA AHAMYATI
1.1 Bronza davr tarixini o`rganish bosqichlari
Dunyo tarixida ibtidoiy tasviriy san’at, xususan, g'orlaming devorlariga turli tasvirlar tushirish so‘nggi paieolit davriga oiddir (Ispaniyadagi Altamir g‘ori). O'rta Osiyoda ungurlar va qoyatoshlarga ishlangan rasmlar mezolit davrida paydo bo'ladi. Neolit davriga kelib, bu san’at yangi asosda rivojlanish bosqichiga o‘tadi. Kaltaminor, Hisor, ayniqsa, Joytun madaniyatiga mansub yodgorliklardan ibtidoiy san’atning namunalari topilgan.
O`tmish tariximizning xilma-xil yodgorliklari orasida muhim ahamiyatga ega boigain va O'rta Osiyoning tog‘lik tumanlarida keng tarqalgan qoyatosh rasmlari ishlanish usuliga ko‘ra ikki xildir. Bir xillari bo'yoq (oxra) bilan, ikkinchi xillari esa-urib-o'yib isbqalash, chizish usuli bilan ishlangan rasmlar (petrogliflar) keng tarqalgan. O'lkamizdagi qoyatosh rasmlarning eng nodir namunalari Zaraulsoy, Sarmishsoy, Bironsoy, Ko'ksaroy, Takatosh, Teraklisoy kabilar bo'lib, uiar yuzdan ziyoddir. Mazkur joylardagi qoyatoshlarda O`zbekistonning qadimgi va hozirgi hayvonot olami vakillarininu rasmlarini kuzatish tnumkin. Ular buqalar, sherlar va yo'lbarslar, qoplon, tulki va bo‘rilar, bo`lgan va jayronlar kabilardir. Rasmlar orasida o'q-yoy, qopqon kabi narsalar ham ko'pchilikni tashkil etadi.
Mavjud qoyatosh rasmlari mazmunan boy va manzarasi jihatdan xilma-xildir. Uoda odamlar, ovchilik, yirtqich hayvonlar to'qnashuvlari manzaralari tasvirlangan. Respublikainizdagi eng qadimgi rasmlar Zarautsoyda bo'lib (Surxondaryo). bu rasmlar mezolit-neoiit, ya'ni, mil.avv. V III-V ming yiliiklarga oiddir. Qoyatosh rasmlari orqali o'sha davr odamlarining ov, mchnat va jangovar qurollarini bilib olishimiz inumkin. Shuningdek. qoyatosh rasmlar qadimgi avlodlarimizning g'oyaviy qarashlari va diniy e’tiqodlarini o'rganishda muhim ahamiyatga egadir. Undan tashqari, qoyatosh suratlari mazmun va manzaralarining boyligi bilan ajralib turadi va ular keng tarqaladi. 1
Ushbu suratlar ishlanish uslubi xilma-xil bo'lib, arxeologik yodgorliklarning bir turi hisoblanadi. Ularning mazmun va manzarasi ma’nosidan kelib chiqib, ibtidoiy yoki qadimgi davr kishilarining xo'jalik hayoti haqida, hayvonlarni ov qilish, qo'lga o'rgatish va xonakilashtirish, chorvachilikni paydo bo'lishi haqida ma'lum tasavvurlarga ega bo'lishimiz mumkin.
Ayni paytda qoyatosh rasmlari o'ziga xos san’at asari bo'lib, ular orqali biz ibtidoiy va qadimgi odamlarning san'ati, estetik iste’dodi o‘sha davr nuqtai nazaridan yuqori darajada bo'lganligini bilib olishimiz mumkin. Ko'pchiiik tadqiqotchilar fikriga qaraganda, bronzaning vatani Kichik Osiyo va Mesopotamiya bo'lgan. Qadimgi Misr, Mesopotamiya, Kichik Osiyo va Eronning janubi-g'arbida mil aw. Ill- II ming yillikning boshlarida rivojlangan jamiyat keng ravnaq topadi. O'rta Osiyoda bronza davri mil. aw. Ill ming yillikdan 1 ming yillikning boshlarigacha bo'lgan davmi o'z ichiga oladi. Tadqiqotchilarning fikrlariga qaraganda bronza asri uchta katta xronologik davrga: ilk, rivojlangan va so'nggi bronza davrlariga bo'linadi. O`rta Osiyoning shimoliy va sharqiy hududlarida mavjud bo'lgan bronza davri yodgorliklari madaniyati janubiv hududlardagi o'troq madaniyatdan ajralib turadi.
O'zbekiston hududida bronza davrida asosan chorvachilik va dchqonchilik bilan shug'ullangan qabilalarning moddiy-madaniy wtdgorliklari Xorazmda 50 dan ziyod ochilgan bo'lib. Tozabog'yob madaniyati nomi bilan mashhurdir. Bu madaniyatga mansub sopol buyumlav Qozog'iston va Sibir hududlaridan topilgan sopol buyumlarga ancha o'xshab ketsada. o'ziga xos xususiyatlari bilan Sharqiy Yevropa eltorvadorlari yaratgan bronza davri Yog'ochband madaniyatidan, Qozog'iston va Sibirdagi Andronovo madaniyatidan ham farq qiladi. Bunga asosiy sabab, tozabog‘yobliklar orasida dchqonchilik keng !arq;ilgan. Tozabog‘yob madaniyatiga oid makonlarning ayrimlaridan qadimiy mozorlar (Ko‘kcha), ko'pchiligidan esa yarim yerto‘la shaklidagi uy-joy qoldiqlari ochilgan. Ulardan zeb-ziynatlar, hayvon suyaklari, sopol idishlar. toshdan va bronzadan ishlangan qurollar topilgan. Tozabog'yob sopol idishlari asosan qo‘lda ishlangan. Xorazmdagi so'nggi bronza davriga oid yodgorliklar Amirobod madaniyati nomi bilan mashhur bo'lib, mil. aw. IX-VIII asrlarga oiddir.
Bu madaniyat sohiblari Tozabog'yob madaniyati xususiyatlarini saqlab, yarim yerto‘la turar-joy, sug’orish inshootlari izlari va qo'lda yasalgan sopol idishlar bilan izohlanadi. Quyi Zarafshonning bronza davri yodgorliklari Zamonbobo madaniyati nomi bilan ataladi. Bu davrga mansub yodgorliklar orasida Zamonbobo ko'li yoqasidan topilgan qadimgi qabriston ayniqsa, diqqatga sazovordir. Qabrlar yakka va juft qabrlar bo'lib, dafii etish jarayonida ko'mish marosimlariga amal qilingan. Qazishmalar jarayonida erkaklar qabrlaridan o‘q-yoy poykonlari, pichoqlar, pichoqsimon tosh qurollar va turli shakldagi sopol idishlar, ayollar qabrlaridan sopol idishlar, bronza ko‘zgu, upadon, surmadon kabi pardoz buyumlari va yarim qimmatbaho toshlardan turli shaklda ishlangan munchoq va maijonlar topilgan. Zamonbobo! 1
Shuningdek chaylasimon kulbalarda istiqoinat qilib, dchqonchilik va xonaki chorvachilik bilan shug‘ullanganlar. Topilgan ko'plab mchnat qurollari, boshoqli o'simliklar qoldiqlari va hayvonlar suyaklari shundan dalolat beradi. Shuningdek, zamonboboliklar jamoasida hunarmandchilikning turli tarmoqlari, xususan, kulolchilik, bronzani eritib undan har xil ashyolar yasash, ayniqsa toshni ishlash texnikasi ancha ilvojlangan.
Zamonbobo madaniyati janubdagi o'troq dchqonchilik jamoalari la'sirida shakllangan. Bu madaniyat xonaki chorvachilik va motiga (ketmoncha) dchqonchiligi bilan kun kechirgan Buxoroning tub aholisiga mansubdir. Bronza davrida Buxoro vohasining daryo adoqlarida endigina dchqonchilik va xonaki chorvachilik bilan shug‘uilanuvchi ilk qishloqlar paydo bo‘lib, ular yarim yerto‘la va shox-shabba yengil chaylalardan iborat lurar joylardan tashkil topgan. Bularda uy hunarmandchiligining inisgarlik, toshtaroshlik, to'qimachilik kabi turlari mavjud boMsada, ammo hali ular kasb-hunarning rivoj topgan darajasiga yetib bormagan O'zbekistonning janubidagi bronza davri yodgorliklari qadimgi sug'orish hududlari - Ulonbuloqsoy, Sherobod, Bandixon va Mirshodida topib Tekshirilgan. Ular Sopolli madaniyati nomi bilan mashhurdir. Sopollitepa tnarkazidan to‘rtburchakli istchkom, istchkom ichida turar-joylar va xo‘jalik xonalari, hunarmandchilik ustaxonalari uchta madaniy qatlamdan iborat ekanligi aniqlangan. Sopollida qurilish, hunarmandchilik va iqtisoeiy munosabatlar ancha rivoj topgan. O`choqlar turar joy xonalari ichidagi devor ichiga o‘rnatilgan. Asosiy qurilish ashyosi paxsa va xom g‘ishtdir. Sopollitepadagi turar-joylar tagidan bronza davri qabristoni ochilgan.
Ko‘pchiiik qabrlar yakka qabrlar bo'lib, jamoa qabrlari ham uchraydi. Ayollar qabrlarida asosan sopol va bezaklar topilgan bo‘sa, erkaklar qabrlaridan asosan sopol, mchnat va jangovar qurollar topilgan. Sopol topilmalar deyarli naqshlanmagan bo'lib, kulolchilik charxida tayyorlangan. Mil. avv. II ming yillikning boshi va o‘rtalariga oid Sopollitepa aholisining xo‘jaligi dchqonchilik va uy chorvachiligiga asoslar.gan.
Shuningdek, daryo toshlaridan va qumtoshdan ishlangan yorg‘uchoqlar va hovonchalar ham ko'plab uchraydi. Bu topilmalarning barchasi Sopollitepada dchqonchilik ancha rivojlanganidan dalolat beradi. Tadqiqotchilarning fikricha, Sopollitepa hozircha O`zbekistondagi dastlabki eng qadimgi dchqonchilik qishlog‘idir. Amudaryoning o‘ng qirg:og‘ida shakllangan Sopollitepa - bronza davridagi daryodan kechuv yo'lini himoya qiluvchi mustahkam oldingi istchkom (forpost) sifatida paydo bo`lgan. Keyinchalik o‘troq dchqonchilik jamoalari shimoliy chegaralarining kengayishi munosabati bilan Sopollitepa o‘zining ilgarigi ahamiyatini yo'qota boshlaydi va bo'shab qoladi. Asosiy markaz vazifasi esa tog‘ darasidan chiquvchi yo‘l ustidagi mustahkam qal’a sifatida paydo bo‘lgan Jarqo‘tonga o‘tadi. Mil.avv. 11 ming yillikning o‘rtalariga kelib Jarqo‘ton o‘sha hududlardagi dchqonchilik bilan shug'ullanuvchi aholi qabilalari uyushmalarining mustahkam istchkomiga aylanadi. Aynan mana shu isli'hkom orqali Ilisortog' oldi vohalari va janubiy Tojikistonning g'arbiy va shimoldagi aholining ko'chishlari bo'lib o‘tadi. Bu topilgan yodgorliklar topogiafiyasi va ulami davlatlashtirish iishhii jarayon izchillik bilan bo'lib o‘tganl igini ko'rsatadi.
Bu jarayonning rivojlanishi mil.avv. 11 ming yillikning ikkinchi yarmi Amudaryoning o'ng qirg'og‘idagi o‘troq dchqonchilik turmush tarzi kechiruvchi aholi inanz’ilgohlarida aholi sonining o'sishi va ishlab eluqaruvchi kuchlarning taraqqiyoti uchun ham keng imkoniyatlaryaratdi. O'zbekiston hududida chorvador qabilalarga mansub bronza davri qabristoni Samarqand yaqinidagi Mo‘minobod qishlog'idan topilgan. Quyi Qashqadaryodagi Gujayli qabristonidan chorvachilik va dchqonchilik qabilalariga tegishli bo'lgan ashyolar, Farg'ona vodiysi Vangiariq hududidan dchqonchilik buyumlari va dchqonchilik bilan hogMiq qoyatosh suratlar, Chustdan hunarmandchilik va dchqonchilikka oid buyumlar ko'plab topilgan. Bu davrda hunarmandchilik sohasida ham katta yutuqlar qo‘lga kiritiladi.
Xususan, kulolchilik charxida tayyorlangan sopol idishlar keng o`rgaladi. Bunday idishlar qo‘lda ishlangan sopollardan aiicha farq qilib, asosan dchqonchilik madaniyati uchun xosdir. Kulolchilik charxining iumarmandchilikka keng kirib kelishi, sopolchilik ishlab chiqarishi yangi texnikasining yaratilishiga sabab bo'lib, keyinchalik ixtisoslashgan luinarmandchilikka o'tishning asosiy omillaridan biri bo'lib xizmat qildi. Mil. aw. II ming yillikka kelib 0 ‘zbekistonning dasht hududlariga ihorvador qabilalar kelib o'rnasha boshlaydilar.
Ularning makonlaridan lopilgan moddiy manbalar Janubiy Qozog'istonning cho'llaridagi Andronov madaniyatiga o'xshab ketadi. Dasht qabilalari tarqalganligidan ayniqsa, sopol idishlar. metall buyumlar va chorvador qabilalarga mansub qadimgi qabrlar tuzilishi dalolat beradi. Bu o'rinda tadqiqotchilar bronza davridayoq O`rta Osiyo hududlarida ma’lum darajada etnik madaniy jarayonlar bo'lib o'tgan degan fikrni ilgari suradilar. Bronza davrining xo'jalik sohasida erishgan eng katta yutuqlaridan biri qadimgi dchqonchilikning keng yoyilishi va mil. avv. II ming yillikda chorvachilikning dchqonchilikdan ajralib chiqishidir. Metall qurollar qadimgi ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotni tezlashtirgani tufayli O'rta Osiyo dasht va tog' oldi hududlarida yashagan aholi boshqa aholidan (dchqonlardan) ajralib chiqadi va asosan chorvachilik bilan mashg'ul bo`ladi.
Bu tarixiy jarayon - kishilik jamiyati taraqqiyotidagi dastlabki lirik mchnat taqsimoti edi. Bu davr manzilgohlarini o'rganib, bu davrda ikki xil madaniyat hukm surgan deyish mumkin. Birinchisi - qadimgi qabilalar dchqonchilik uchun qulay yerlarga joylashib yuksak deliqonchilik madaniyalini varatgan bo'lsalar, ikkinchisi - xuddi birinchi madaniyat sohiblari darajasida ishlab chiqaruvchi kuchlarga ega bo'lgan holda dasht va tog' chorvachilik madaniyalini yaratganlar. Bronza davri O'rta Osiyoning ijtimoiy tuz.umida ham o'zgarishiar sodir bo'lib oltdi. Urug'chilik tuz.umi bu davrda ham davom etdi. Ammo, bu davrda она urug‘ining mavqei yo'qolib bordi. Metall eritish va xo'jalikning rivojlanishi natijasida jamiyatda erkaklar mchnat va mavqei birinchi darajali ahamiyatga ega bo'lib bordi. Natijada jamiymiz taraqqiyotida, dchqonchilik, chorvachilik, ovchilik va hunarmandeliilikning rivojlanishida erkaklar yetakchilik qiladilar. Xotinlar erkaklar ishlab chiqargan narsalarni iste'mol qilishda ishtirok etsalar ham. unga egalik qilishdan mahrum bo'ladilar. Ishlab chiqarishaa hukmronlik qilish shu tariqa erkaklar qo‘liga o'tadi va ona urug'i tunim: o'mini ota urug'i (patriarxat) tuzumi egallaydi.
O'rta Osiyo hududlarida yozuv yaqin kunlarga qadar mil.vv. V-1V asrlarda paydo bo'lgan deb kelinar edi. So'nggi yillardagi tadqiqotlar boshqacharoq xulosalar bermoqda. Xususan, 2000 yilda Janubiy Turkmanistondagi Gonurtepa qo'hna shahrida ochilgan qabrlarning biridan mil.avv. Ilk ming yillikka oid o'yma sopol muhr topildi. Unda mixxat yozuvlar bor edi.
Janubiy Turkmaniston qadimiyatining bilimdoni V. Sarianidi va amerikalik mutaxassis T. Sharlachlaming fikricha, bu xildagi muhrlar faqat podsho atrofidagi, podsho saroyiga yaqin shaxslarga tegishli bo'lishi mumkin. Mesopotamiyadagi Sargon muhrlarini (mil.avv. 2250-2200 yy.) eslatuvchi Gonurtepa muhri mahalliy xom ashyodan tayyorlangan bo'lib, undagi mixxat yozuvlar «kukaks xo'jalik va qullar hukmdori», deb o'qildi. Ushbu yozuv bu yerdagi bronza davridayoq yakka hukmdor boshqaruvi va Mesopotamiya bilan o'zaro aloqalardan dalolat beradi. Shuningdek, so'nggi arxeologik ma’lumotlarga ko'ra, O'zbekistonning janubidan ham piktografik belgi-yozuvlar topilgan. Tadqiqotchi Sh. Shaydullayevning fikricha, Jarqo'ton yodgorligidan sopollarga bitilgan `7 ta belgidan iborat yozuvning topilishi ajdodlarimizning bronza davrida piktografik yozuvni yaratgani va o'z fikrini turli belgilarda ifodalaganini ko'rsatadi.
Shuningdek, Sheroboddagi G'oz qishlog'i yonidagi ilk temir asriga oid yodgorlikdan tosh o'g'ir (keli) topilgan bo'lib, uning sirtida umumiy soni 1` ta bo'lgan piktorafik belgi uzviy mavjud. Sh.Shayduliayev bu belgini Misr iyeroglifikasi bilan Ntilishiirib ulardan biri «haqiqat». vana biri esa dunvoning aylanishi, ya'ni Charxpalak» deb o'qilishi mumkinligini taxmin qiladi. Xullas, bronza davti va lining oxirlariga kelib o'lkamiz hududlarida yozuv paydo bn'lganligi ilmiy asoslanmoqda hamda keyingi tadqiqotlar bu masalaga v.mada oydinlik kiritishi shubhasizdir.

Download 400.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling