Мавзу: 1937-1938 йилларда марказий осиё республикаларида сиёсий репрессия ва унинг оқибатлари


II. QADIMIY DAVRI O`GANISHDA ARXEOLOGIK YODGORLIKLAR VA MODDIY MANBALARNING TUZILISHI


Download 400.7 Kb.
bet6/10
Sana17.01.2023
Hajmi400.7 Kb.
#1097055
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Курс иши Baxtiyarov Fozilbek

II. QADIMIY DAVRI O`GANISHDA ARXEOLOGIK YODGORLIKLAR VA MODDIY MANBALARNING TUZILISHI
2.1 Qadimgi davr tarixini o`rganishda moddiy madanyati va ishlab chiqarish bilan bog`langan topilmalar
O`zbekiston tarixini o`rganishda manbalaming o`mi va ahamiyati ulkan ahamiyat kasb etadi. Ular xalqimizning madaniy-tarixiy boyligi hisoblanib, maxsus arxivlarda, kutubxona va muzeylarda avaylab, ehtiyotkorlik bilan saqlanmoqda. Xalq og'zaki ijodi orqali avloddan avlodga meros bo`lib o`tib kelayotgan tarixiy voqea va hodisalar bayoni, nomoddiy madaniyat asosida bizgacha yetib kelgan. Binobarin, aynan tarixiy manba va yodgorliklar orqaligina tarixni yoritish - tarixiy maTumotlarni va dalillarni olish, ularni qiyoslash va umumlashtirish, tarixiy-madaniy jarayonlar hamda voqea-hodisalaming sabablari va oqibatlarini, mazmun-mohiyatini tahlil qilish asosida ilmiy asoslangan xulosalar chiqarish imkoniyatlari kengayadi. Oddiyroq qilib aytganda, ma’lum manbalar va ularni umumlashtirmasdan turib haqqoniy tarixni yaratish mumkin emas.
Tarixiy manbalami umumiy tabiati, o‘tmishni o‘zida aks ettirishiga qarab quyidagi besh asosiy turkumga bo'lish mumkin:
1. Moddiy yoki arxeologik manbalar. Ma’lumki, eng qadimgi davr tarixining o'ziga xos xususiyati shundan iboratki, u yozma manbalar orqali yoritilmagan. Odamzodning uzoq octmishidan darak beruvchi asosiy ma’lumotlar - moddiy (ashyoviy) manbalar bo`lib, ulaming barchasini odamlar yaratgan va ular inson hayoti hamda faoliyatida muhim o‘rin topgan. Moddiy manbalaming ko‘pi yer ostida arxeologik yodgorliklaming madaniy qatlamlarida saqlanadi va ular arxeologik qazuv ishlari orqali topib tekshiriladi. Moddiy ashyoviy manbalarga insonning turmush tarzi, moddiy madaniyati va ishlab chiqarish bilan bog‘langan topilmalar, ya’ni tosh, suyak, metal 1 dan ishlangan mehnat hamda jang qurollari, qo‘lda va charxda yasalgan sopol idishlar, kulolchilik buyumlari – urchuq boshi, sopol chiroq hamda qadimiy zeb-ziynatlar, san’at buyumlari, tanga pullar va boshqa topilmalar kiradi.



Moddiy manbalar yozuvsiz zamonlardagi tariximizni tiklash uchun ulkan ahamiyat kasb etadi. Ular arxeologik yodgorliklar - odamlar yashagan joylar, eng qadimgi g‘or-makonlari, qadimiy manzilgohlar, qishloq va shahar xarobalari, qoyatosh suratlari, hunarmandchilik ustaxonalari, istehkomlar, ibodatxonalar, qadimgi sug‘orish inshootlari, ishlab chiqarish uchun xomashyo qazib olingan konlar o‘rganilishi natijasida topiladi.



Download 400.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling