Мавзу: 1937-1938 йилларда марказий осиё республикаларида сиёсий репрессия ва унинг оқибатлари


Download 400.7 Kb.
bet8/10
Sana17.01.2023
Hajmi400.7 Kb.
#1097055
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Курс иши Baxtiyarov Fozilbek

4. Lingvistik manbalar. Lotincha «lingua» - til so‘zidan olingan. Tilimizdagi, uning leksik tarkibida uzoq o`tmishdan qolgan ijtimoiy-iqtisodiy, ma’muriy va huquqiy atamalar: chokar (ilk o`rta asrlarda katta yer egasining mol-u jonini qo`riqlab, uni ichki va tashqi yovlardan muhofaza qilgan), kashovarz (qishloq jamoalarining oddiy mehnatkash a’zosi), kadivar (katta yer egalariga qaram bo` lib qolgan qishloqning ziroatkor aholisi); vag'nze (ibodatxona tasarrufidagi yerlar) va boshq.; joy, xalq, qabila va urug` nomlari: do ‘rmon, q o ‘ng‘irot, mang'it, jaloir, qatag‘on, ming, chig'atoy va boshqalar ko`p uchraydi. Shu va shunga o`xshash terminlar, shubhasiz, qimmatli tarixiy material bo`lib, uzoq o`tmishdagi ajdodlarimizning ijtimoiy-siyosiy hayotini o`rganishda yordam beradi. Ulaming kelib chiqishi va etimologiyasini lingvistika fani o`rganadi.
5. Xalq og‘zaki adabiyoti. Og`zaki adabiyot madaniyatning eng qadimgi sohalaridan bo` lib, uning ildizi qadim zamonlarga borib taqaladi. Og`zaki adabiyotning ayrim namunalari qadimgi yunon tarixchilari, shuningdek, Sharq olimlarining asarlari orqali bizgacha yetib kelgan. Kaykovus, Jamshid va Siyovush, To`maris va Shiroq haqidagi qissalar shular jumlasidandir. «Alpomish», «Go`ro`g`li» kabi dostonlar, shuningdek, xalq ertaklari, marosim qo`shiqlari, matal va topishmoqlaming o`z davri ijtimoiy munosabatlari tarixini o`rganishdagi o`mi beqiyosdir.
Yozma adabiyotdan avval paydo bo`lgan bu xalq durdonalari turli ijtimoiy tabaqaga mansub kishilarning turmushi, ma’naviy qiyofasi, urf-odati, shu davrda hukm surgan ijtimoiy munosabatlar haqida qiziqarli ma’lumotlar beradi. Minglab yillar davomida yaratilgan ushbu tarixni o`qitish va o‘rganishda yordamchi fanlaming ahamiyati beqiyosdir. Chunonchi, O'zbekiston tarixini o`rganishda tarix fanining paleografiya, epigrafika, numizmatika, geraldika, sfragistika, diplomatika, xronologiya, metrologiya kabi yordamchi fanlar qo`lga kiritgan yutuqlarga tayaniladi. Paleografiya (yunon. palaios - qadimgi, grapho - yozaman; qadimiy yozuv) qadimiy qo`lyozma asarlarning qog‘ozi, muqovasi, siyohi, yozuvi va yozish usullarini tekshiradi. Epigrafika (yunon. epi - ustida, tepasida, grapho - yozaman; biron narsa, buyum ustidagi yozuv) tosh, metal 1 buyumlar, yog‘och va boshqa qattiq buyumlar ustiga ochib yozilgan qadimgi bitiklami o`rganadi. Numizmatika (yunon. numisma - pul) qadimiy pullami, ashyosi, shakli, vazni, yozuvlari, zarb etilgan joyi va vaqtini tekshiradi.
Geraldika (lotin. herald - gerb, belgi, nishon) qadimiy gerblar, turli-tuman nishon va belgilami o‘rganadi. Sfragistika (yunon. sphragis - muhr) qadimiy muhrlar va ularning yozuvlari hamda tasvirlarini o`rganadi. Diplomatika (yunon. diploma - ikki buklangan qog‘oz; hujjat) rasmiy hujjatlami o‘rganadi va tahlil qiladi. Xronologiya (yunon. xronos - vaqt, logos - tushuncha, bilim; vaqt haqida tushuncha) qadimgi xalqlar orasidagi va mamlakatlarda amalda bo‘lgan yil hisobi va taqvimini o‘rganuvchi fan. Metrologiya (yunon. metron - o6lchov, logos - tushuncha, bilim; o‘lchovlar baqida tushuncha) o`tmishda turli mamlakatlar va xalqlar orasida amalda bo`lgan masofa, og`irlik va sath o`lchov birlikiarini o`rganadi. Mavjud o`quv qoMlanmalari va darsliklarning aksariyatida yoritilayotgan mavzuning tarixshunosligi berilmaydi. Mutaxassis talabalar uchun yaratilayotgan darsliklarda qisqacha, ekskurs tarzida ma’lum davr, mavzu va muammo bo‘yicha tarixshunoslik yoritib berilsa, kelajakda tadqiqot ishlarini olib borishi mumkin bog`lgan iqtidorli yoshlarimiz uchun foydadan xoli bo‘lmaydi. Shuningdek, tarixshunoslikdan boxabar bo`lish - yosh olimlarning istiqbolli va dolzarb mavzulami tanlashlari uchun katta ahamiyat kasb etadi. Madaniyatining jahon sivilizatsiyasida tutgan о`mini anglab yetishlarida muhim ahamiyat kasb etadi.
O`zbekiston hududlarida sodir boMgan tarixiy-madaniy, ijtimoiyiqtisodiy va siyosiy jarayonlar, turli davrlarda yuz bergan madaniy yuksalish va inqiroz holatlari, bosqinchilarga qarshi ozodlik kurashlari, ezgulik va bunyodkorlikka intilishi, bu yurtda buyuk allomalar faoliyati O`zbekistonning o'ziga xos serqirra va rang-barang tarixidan dalolat beradi. Aynan shuning uchun ham bu tarix eng qadimgi davrlardan boshlab minglab yillar davomida ajdodlarimiz va xalqimiz tarixi sifatida o'rganilib, o'ziga xos tarixshunoslik yo'nalishiga ega.

Download 400.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling