Мавзу: 1937-1938 йилларда марказий осиё республикаларида сиёсий репрессия ва унинг оқибатлари


Umuman olganda, «tarixshunoslik» atamasi quyidagi ma’noda muhim masalalami o‘rganishda qo'llanishi mumkin


Download 400.7 Kb.
bet9/10
Sana17.01.2023
Hajmi400.7 Kb.
#1097055
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Курс иши Baxtiyarov Fozilbek

Umuman olganda, «tarixshunoslik» atamasi quyidagi ma’noda muhim masalalami o‘rganishda qo'llanishi mumkin:
1. Mamlakatlar, tarixiy-madaniy viloyatlar, elatlar, xalqlar, sulolalar tarixi tarixshunosligi.
2. M a’lum bir tarixiy davr tarixshunosligi (masalan: tosh davri, bronza va temir asri, o'rta asrlar).
3. Tarixiy-madaniy, ijtimoiy-iqtisodiy va siyosiy jarayonlar tarixshunosligi, alohida ilmiy maummolar, mavzularning o'rganilishi tarixi (tarixiy sivilizatsiyalar va shaharlar, etnogenez masalalari, madaniy aloqalar va qadimgi yo‘llar, diplomatiya va xalqaro munosabatlar, me’morchilik va tasviriy san’at, yozuv madaniyati va boshq.).
O`rta Osiyoning qadimgi hamda o‘rta asrlar tarixi va madaniyatiga oid quyidagi manbalar mavjud:
1. «Avesto», qadimgi fors bitiklari, yunon-rim tarixchilari va geograflaming o`rta Osiyo xalqlari haqidagi ma’lumotlari (Gekatey, Gerodot, Ktesiy, Diodor, Strabon, Kvint Kursiy Ruf, Arrian, Pompey Trog, Pliniy, Tassit va boshq.).
2. Antik davri xorazm yozuv namunalari va hujjatlari, baqtriyayunon, baqtriya-kushon va sug'd yozuvlari hamda tangalardagi yozuvlar.
3. Ilk o'rta asrlar mualliflarining xabarlari (vizantiyalik Prisk Paniyskiy, Prokopiy Kesariyskiy, Menandr Protektor, Stefan Vizantiyskiy, Suriya hujjatlari, arman va xitoy manbalari, xorazm yozuvlari, sug‘d yozuvlari va boshq.).
`. o`rta Osiyo rivojlangan okrta asrlar davri tarixiga doir asarlar (Tabariy, Firdavsiy, Narshaxiy. Beruniv, Ibn Xavqal, Maqdisiy, Istaxriy, Balazuriy, Ibn Fadlon, Bayhaqiy, Ibn Xurdodbeh va boshq.).
5. Movarounnahrda mo`g`ullar hukmronligi davri haqida ma’lumotlar beruvchi manbalar (Shahobiddin Nasaviy, Juvayniy, Rashicliddin, Jalol al-Qarshiy, Hamidulloh Qazviniy va boshq.). Bugungi kunga kelib tarixshunoslik va manbashunoslik maxsus fanlar sifatida to`la shakllandi
2.2 Qadimgi davr bilan shug`ulanuvchi tadqiqotchi olimlar, arxeologlar va tarixchilar tomonidan o`rgnilgan moddiy manbalar
O`tgan asrning 50-yillari tarixshunosligida O`rta Osiyo tarixiga doir «antik», «antik davr» tushunchalari muomalaga kirgan edi. Qadimgi davr bilan shug6ullanuvchi tadqiqotchi olimlar - arxeologlar va tarixchilarning ko‘pchiligi «antik», «qadimgi» atamani O`rta Osiyo tarixiga nisbatan ham ishlatish mumkin, degan nuqtayi nazar tarafdori bo^ishdi. «Antik» atamasi «antiguite», «antigutiy, antigue» qabilida ishlatilib, «uzoq o‘tmish», «o'tmish qadimiyat», «qadimgi» deb tarjima qilinadi. Mil. avv. 323-yilda Aleksandr Bobilda to‘satdan vafot etganidan so‘ng u barpo etgan davlatdagi markaziy hokimiyatiga qarshi kuchlaming harakatlari faollashuvi oqibatida yunon-makedonlar yurishlari natijasida vujudga kelgan davlat parchalanib, uning o‘miga nisbatan barqarorroq bo‘lgan yunon-ellinistik davlat uyushmalari pay do bo‘ladi. Aleksandr davlatining parchalanishi va uning xarobalarida yangi davlatlar tizimining paydo bo‘lishi tinchlik yo‘li bilan emas, balki Makedoniyalik Aleksandming yaqin sarkardalari - diadoxlar o`rtasidagi tinimsiz urushlar tufayli bo‘lib o‘tdi. Ulaming o‘rtasida jang-ujadallar natijasida Aleksandr mulklari bo‘lib olinadi.
Bu paytda yunonlar va makedonlar O`rta Osiyoda hokimiyatni boshqaruvchi qatlamlarini tashkil etishardi. Aleksandr vafotidan keym Baqtriya va Sug`diyona Kipr orolidan bo'lgan yunon Stasanor qo‘l ostiga o`tadi. Bu paytda ikki diadox - Yevmen va Antigon Aleksandr davlatining asosiy yedarini qo‘lga kiritish uchun o`zaro kuras layotgandi. Antigon Aleksandr davlatining katta qismiga hukmronlik о matishga muvaffaq bo`ldi. Ammo uning bu hukmronligi uzoqqa cho`zilmadi. Makedoniyalik Aleksandr mulklariga egalik qilish shu bilan yakunlandiki, mil. avv.
312-yilda sarkardalar Salavk - Bobilni, Ptolomey Lag e s a - Mismi zabt etishadi. Mil. aw . 306-yilda ular o`zlarini podsho deb e Ion qilishadi hamda bu bilan Aleksandr davlati xarobalarida о z davlatlarini barpo etadilar. Shu tariqa tarix sahnasida G‘arb va Sharq an analarini uyg^unlashtirgan ellinistik davlatlar paydo bo ldi- Ana shunday yirik davlatlardan biri - Salavkiylar davlati edi. О zining eng gullab-yashnagan davrida bu davlat ilgari Aleksandr davlatiga kirgan katta hududlarni egallab. g‘arbda Egey dengizidan Sharqda Hind vodiysigacha cho'zilgan hamda Kichik Osiyoning janubiy qismini, Suriya, Mesopotamiya, Eron, 0 ‘rta Osiyoning janubiy viloyatlari va Afgbonistonning katta qismini o`z ichiga olgan edi. Bu ulkan davlatning asoschisi - Aleksandming yirik sarkardasi Salavka edi. Salavkiylar hokimiyati Sharqdagi harbiy istehkomlarda joylashgan yunon-makedonlar va ulaming yarog`- aslahalari bilan qurollangan mahalliy xalqlaming vakillari harbiy kuchlarga tayangan. Antik davri tarixchisi Pompey Trogning yozishicha, «Salavk ba’zi bir о lkalami muzokaralar yo`li bilan egalladi, ammo Baqtriya, Parfiya, Sug d yerlarida u qattiq qarshilikka uchradi va og`ir janglar olib borishiga to g ri keldi». Bu ma’lumotni yunon tarixchisi Arrian ham tasdiqlab, u shunday xabar beradi: «Salavk baqtriyaliklar, sug`diylar, parfiyaliklar va girkamyaliklar bilan ko`p umshlar olib borgach, ular yerlariga hukmronlik qila boshladi». O`rta Osiyo yerlarining Salavk tomomdan bosib olinishi mil. avv. 306-301-yilIarga to`g`ri keladi.
Biroq Hindistondagi harbiy-siyosiy vaziyat tufayli bu hududlardagi yurishlar Salavkiylar foydasiga hal bo‘lmadi. Mil. avv. IV asrning oxirlarida bu yerdagi Chandragupta asos solgan kuchli Mauriya davlati Salavkga qattiq qarshilik ko‘rsatganligi sababli Salavk sulh tuzishga majbur bo‘ldi. Uning Hindistondagi mag‘lubiyati salavkiylaming 0 ‘rta Osiyodagi noiblari ahvoliga sezilarli darajada salbiy ta’sir ko‘rsatdi. Bu holat ushbu yerda salavkiylarga qarshi kurash kuchayishiga sabab bo‘ldi. Mahalliy o‘troq va ko‘chmanchi aholining ko‘p sonli qo‘zg‘olonlari bu kurashlardan dalolat berdi. Ular salavkiylarning tayanch nuqtalari bo‘lgan Marg‘iyonadagi Aleksandriya (Ko‘hna Marv) va Aleksandr Esxata (Uzoqdagi Aleksandriya, Xo‘jand atroflari)ni vayron etishadi. Bu kurashlar natijasida yirik etnik ko‘chishlar bo‘lib o‘tgan bo‘lishi mumkin. Xullas, salavkiylar hokimiyatni egallagan paytdayoq ularning 0 ‘rta Osiyodagi ahvoli tahlikali edi. Aynan shu sababli, 0 ‘rta Osiyo viloyatlari yerlaridan mahrum bo‘lishidan qo‘rqib ketgan Salavk I o‘z vorisi Antiox I boshchiligidagi Sharqiy noiblik (satraplik) lami ta’sis etgan edi. Mil. aw. 293-yilda Salavk o‘g‘li Antioxni Sharqiy satrapliklarga, ya’ni 0 ‘rta Osiyo viloyatlariga o‘zining noibi etib tayinlaydi. Antiox vayron etilgan qal’alami tikladi, quyi Murg‘ob vohasini o‘rab olgan yirik va qalin mudofaa devor (Marg‘iyona devori) bunyod etdi, qo‘zg‘olonlami bostirdi. U salavkiylar qudratini namoyish etish maqsadida atrof o‘troq va ko‘chmanchi aholi ustiga harbiy yurishlar uyushtirdi. Antiox tomonidan o‘tkazilgan bir qancha harbiy-siyosiy va diplomatik tadbirlar tufayli O`rta Osiyodagi salavkiylarga qarshi harakatlar bostirildi. O`rta Osiyo viloyatlari Salavkiylar davlati siyosiy tarixida yetakchi o‘rinlardan birini egallaydi. O`zining uzoq yillik hukmronligi davrida (mil. aw. 293-260-yy.) 1Antiox g‘arbga qilgan ko‘pgina yurishlari bilan shuhrat qozondi. U o‘z davlatining Sharqiga, jumladan 0 ‘rta Osiyo yerlariga kam e’tibor qaratdi. Bu paytda O`rta Osiyoda iqtisodiy o‘zgarishlar yuz berdi. Tinch hayot boshlanib, qishloq xo‘jaligi, hunarmandchilik va savdo-sotiq anchagina rivojlanadi. Salavkiylar davlati markazidan chetda bo'lishiga qaramay, Ocrta Osiyo viloyatlari ular davlatining eng muhim qismi edi. O'rta Osiyo harbiy-strategik va iqtisodiy ahamiyatga ega bo`lib, salavkiylar bu hudud bo‘ylab o`gan savdo yo'llari bo‘yida shaharlar va tayanch harbiy istehkomlar qurdirib, ularda hunarmandchilik, o`zaro almashinuv va savdo-sotiqni rivojlantirganlari bejiz emas edi.
Salavk (mil. avv. 312-280-yillar) va Antiox (mil. avv. 280-261-yillar) mustaqil hukmronligi davrida Salavkiylar davlati siyosatining asosiy yo'nalishlari shakllanadi. Salavkiylar uchta mintaqada - Janubiy Suriya, Kichik Osiyo va Sharqda faol tashqi siyosat olib borishga majbur bo‘lishgandi. Janubiy Suriya va Kichik Osiyo uchun Ptolemeylar (Ptolomey Lag asos solgan Misr va 0 ‘rta Yer dengizining Sharqidagi davlat sulolasi) bilan tinimsiz urushlar bo‘lib turgan. Chunki bu hududlarda muhim savdo yoMlari tugab, gullab-yashnagan port-shaharlar mavjud edi. Kichik Osiyoning yunon shaharlari ham muhim ahamiyatga ega edi. Sharqiy viloyatlarda, xususan, O`rta Osiyodagi ahvol birmuncha murakkabroq vaziyatda bo‘lib, bu hudud boshqaruv markazlaridan ancha uzoqda joylashgan edi. Ikkinchidan, Salavkiylar davlatining chegaralarida joylashgan ko‘chmanchilaming doimiy xavfi mavjud edi.
Mil. avv. Ill asrdan boshlab ko`chmanchilaming ko‘chishlari boshlanislii natijasida chegaralardagi bu xavf yanada kuchayadi. Salavkiylar davlatida ichki siyosiy boshqaruv masalalari ham ancha murakkab edi. Katta hududlami qamrab olgan bu davlatda ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasi va jamiyat siyosiy tashkiloti turlicha bo‘lgan. Ko‘plab viloyatlami yagona davlatga birlashtirish ancha murakkab vazifa edi. Salavkiylar davlatining o‘ziga xos xususiyatlaridan biri u faqat harbiy yurishlar natijasida, kuch ishlatish yo`li bilan paydo bo`lgan edi. Shuning uchun ham davlatning asosiy vazifalaridan biri qaram etilgan xalqlami zo‘ravonlik bilan ushlab turish yoki birlashtirish edi. Sharq xalqlari, mahalliy zodagonlaridan bir qismi yoki ayrimlari boshqaruv tizimiga jalb etilgan bo‘lsa-da, asosiy boshqaruvchilar makedonlar va yunonlardan iborat bo‘lgan. Salavkiylar sulolasida davlat boshlig‘i podsho bo‘lib, uning hokimiyati mutlaq edi. Podsho bir vaqtning o‘zida fuqarolar ma’muriyati oliy boshligci, qo‘shinlarning bosh qo‘mondoni, oliy sudya va hatto, bosh qonun chiqaruvchi vazifalarini bajargan. Manbalaming ma’lumot berishicha, sulola asoschisi Salavk «Podsho tomonidan buyurilgan barcha narsalar doimo adolatlidir», degan tamoyilga qat’iy amal qilgan. Salavkiylar sulolasi podsholari quyidagi ikkita huquqiy asosga ega edilar:
1. Bosib olish huquqi.
2. Hokimiyatni otadan o`g‘liga meros qoldirish huquqi.- Ko‘p hollarda salavkiylar podsholari ilohiylashtirilgan.
Masalan, tangashunoslik ma’lumotlari Soterqutqaruvchi, Dikayos-adolatparvar, Everget-ezgulik homiysi kabi podsholar bo`lganligini tasdiqlaydi. Davlatning nihoyatda katta hududlami qamrab olganligi ayrim hollarda ma’muriy nazoratning susayib ketishiga olib kelgan. Manbalaming guvohlik berishicha, bir nechta mahalliy siyosiy uyushmalar (alohida qabilalar, yunon polislari, ibodatxona jamoalari, mahalliy sulolalar) ichki ishlarda mustaqil siyosat olib borishga harakat qilishgan.
O`z davrida salavkiylar hukmdorlari shaharsozlik bilan faol shugcullanishgan va keyinchalik «Salavkiya» deb atalgan shahar markazlariga asos solishgan. Markaz sulola vakillaridan birining nomi bilan atalgan hollarda unga polis huquqi (to‘liq mustaqil bo‘lmagan) berilgan. Bunday shaharlar ma’muriy nazorat ostiga olingan. Shuningdek, bu shaharlai'da yunon aholisi jamlanishi.lozim edi. Salavkiylaming shaharsozlik faoliyati haqida Pliniy, Strabon, Ammian Marsellin kabi antik davr mualliflari ma’lumot berishadi. Bu ma’lumotlarga ko‘ra, Marg‘iyona Antioxiyasi, Skifiyadagi Antioxiya, Tarmat Antioxiyasi (Termiz bo‘lishi mumkin), Oyxonim kabilar polis huquqiga ega bo‘lgan. Salavkiylar davlatida shaharlarga tobe qishloqlar o‘zining jamoa tuzilishini saqlab qolgan bo‘lib, ularning tobeligi jamoaviy xususiyatga ega boMgan va ular polis - shahar hududiga kiritilmagan.

Manbalaming ma’lumot berishicha, Salavk II Ptolomeylar bilan hokimiyat talashib, Sharqiy hududlar va Kichik Osiyo uchun kurash olib borish jarayonidayoq o`z hokimiyatida boshqaruv tartibini joriy eta boshlagan edi. U Aleksandr an’analariga sodiq qolganligini ко rsatish maqsadida satrapliklami yirik viloyat uyushmalari sifatida saqlab qoldi. Tangashunoslik ma’lumotlariga qaraganda, Salavk II davlati Ahamoniylar va Aleksandr davlatiga nisbatan ancha kichik bo`lib, hokimiyat 27-28 ta satraplikga bo`lingan. 1Har qaysi satraplikni podsho tomonidan tayinlanib qocyilgan satrap yoki strateg — sarkarda mansabidagi shaxs boshqargan. Fors satraplaridan farq qilgan holda ular ham ma’muriy, ham harbiy boshqaruvm qo'lga olishgan. Satrap-strateg ma’muriy boshqaruvda eng yaqin odamlaridan o‘ziga yordamchi tanlagan. Bu yordamchi soliq yig uvchilar faoliyati, ichki va tashqi savdo, xo`jalik hayotini nazorat qilib borgan. Tarixiy manbalarda salavkiylar satrap-strateglari yunoncha nomda (Stratonik, Aleksandr, Giyeraks, Antiox va boshqalar) tilga olinadi.
Demak, salavkiylar hukmdorlari asosan yunoniardan va ayrim hollarda ellinlashgan mahalliy zodagonlardan tayinlangan. O`rta Osiyoda yunon hokimlari va ular atrofida to‘plangan yunon zodagonlari bilan birga mahalliy zodagonlar ham hokimlik qilishardi. Salavkiylar hokimiyati O`rta Osiyodagi harbiy punktlarda (katoykiyalar) joylashgan harbiy kuchlarga tayangan edi. Salavkiylar davri Baqtriya, Marg'iyona, Sug'diyona va Parfiya hududlarida ko`p aholili shaharlar ancha edi. Maroqanda, Baqtra. Niso kabi ko'plab qadimgi shahar xarobalarida olib borilgan arxeologik tadqiqotlar natijasida topilgan manbalar bu hududlarda hunarmandchilik, savdo-sotiq va xo‘jalik ishlari rivojlanganligidan dalolat beradi. Salavkiylar davlati ma’lum bir xalq yoki elatlardan iborat bo lmay, ко pdan ko‘p etnik guruhlami hai'biy yo`l bilan birlashtirishdan tashkil topgan uyushma edi. Davlat boshqaruvining barcha siyosiy, huquqiy va ijtimoiy yo‘nalishlari podsho saroyi bilan bog`liq bo`lib, bu holat davlat boshqaruvida katta ahamiyatga ega bo'lgan.
Ahamoniylar davlati singari salavkiylar davlatida ham ko`pgina davlat ishlarini olib boruvchi devonxona mavjud bo`lgan. Ayrim manbalar salavkiylar saroyidagi xat- hujjat ishlarining boshlig`i lavozimi haqida ma’lumotlar beradi. Salavkiylar davrida anchagina murakkab soliq tartibi joriy qilingan bo`lib, salavkiylar hukmdorlari o`zlarigacha mavjud bo`lgan soliq tartibini o`zlashtirgan holda unga o`zgartirishlar kiritib, mukammallashtirgan. Dehqonlardan yer solig`ini yig`ib olish satrap- strateglarning vazifasi bo'lgan. Bunday soliqlaming miqdori aniq belgilangan bo` lib, viloyatlardan keladigan soliqlaming umumiy miqdori qishloq jamoalaridan tushadigan soliqlarga bog'liq bo'lgan. O`rta Osiyodagi yunonlar bilan aloqalar mahalliy xalqlar madaniyatining ba’zi tomonlarini g'arbga tarqatuvchi muhim omillardan biriga aylandi. Ellin madaniyatida sof yunon madaniy ijodi emas, balki yunon va Sharq mamlakatlarining o`ziga xos qo`shilishi o‘z aksini topgan.
Ellin madaniyatining rivojlanishida O'rta Osiyo xalqlari ham muhim rol o‘ynadi. O`rta Osiyoning katta qismi Salavkiylar davlatiga harbiy уоЧ bilan qo‘shib olinishi ma’lum darajada G`arb va Sharq o`rtasidagi iqtisodiy va madaniy aloqalarning rivojlanishiga turtki berdi. Shu bilan birga mahalliy madaniyat, savdo-sotiq, shahar hayoti, hunarmandchilik va sug`orish ishlari izchil rivojlanib bordi. Shunday qilib, 0 `rta Osiyoning Salavkiylar davlati tarkibiga kirgan davri yunon-makedon istilosi tufayli vayron etilgan iqtisodiy hayotni tiklash, baqtriyaliklar, sug'diylar, parfiyaliklar va boshqa O`rta Osiyo xalqlmining salavkiylarga qarshi kurashda birlashuv davri bo`ldi. Mil. avv. Ilk asming 60-50-yillariga kelib Kichik Osiyo va Bolqon yarim orolida salavkiy hukmdorlari o'rtasida hokimiyat uchun kurashlar avj oldi. Natijada Salavkiylar davlatining Sharqiy viloyatlarida siyosiy vaziyat o`zgarib, markazdan qochuvchi kuchlaming harakatlari faollashadi. Mil. aw. 250-yilda kelib dastlab Parfiya, keyin esa Yunon-Baqtriya davlatlari Salavkiylar davlatidan ajralib chiqib, o`zlarini mustaqil deb e’lon qiladilar.

Xulosa
XXI asr bo‘sag‘asida jonajon Vatanimiz tarixida buyuk voqea - qadiimiy O`zbekistonning eng yangi tarixini boshlab bergan voqea sir bo'ldi. 1991— yil 31-avgust kuni bo‘lgan Respublika Oliy Kingashining navbatdan tashqari oltinchi sessiyasida O`zbekistonning davlat mustaqilligi e’lon qilindi. 1-sentabr O‘zbekiston Respublikasining mustaqillik kuni deb belgilandi.
Xalqimizning asriy orzu-umidlari ushaldi, muqaddas maqsadi ro'yobga chiqdi, mamlakat ahli siyosiy mutelik va asoratdan qutildi. Dunyo xaritasida yana bir mustaqil, ozod, suveren davlat – O`zbekiston Respublikasi paydo bo‘ldi. O`zbekistonning davlat mustaqilligi xalqimizning uzoq yillar davomida olib borgan og‘ir va mashaqqatli kurashining qonuniy natijasidir. Vatanimizning keyingi yuz yillik tarixi mustaqillik xalqimizga nihoyatda qimmatga tushganidan, istiqlol qurbonlar evaziga qo‘lga kiritilgandan guvohlik beradi. Endilikda xalqimizning o`z taqdiri o‘z qo'lida, xalq o'z mamlakatining mustaqilligini mustahkamlash yoMida astoydil mehnat qilmoqda.
O`zbekiston fuqarolari, xususan, yoshlar qalbiga milliy istiqlol g'oyasini singdirish, ularda mafkuraviy immunitetni shakllantirishda « O`zbekiston tarixi» fanining o‘rni, imkoniyatlari katta. Binobarin, Respublika oliy o`quv yurtlarining bakalavriat bosqichida «O`zbekiston tarixi» fani asosiy fanlar qatorida turadi. Qo‘lingizdagi darslik O`zbekiston tarixining eng qadimgi zamonlardan to hozirgi kungacha boMgan davrida sodir bo‘lgan tarixiy voqealarni tahlil qilishga, ularning sabablari va mohiyatini, ichki va tashqi omillarini yoritishga bag‘ishlangan. Darslik m azm unan Prezident Islom Karimovning 1998— yil 26-iyun kuni bir guruh tarixchi olim lar bilan bo‘lgan suhbatida ilgari surgan nazariy, konseptual-metodologik tavsiyalariga asoslangan. Uni tayyorlashda Yurtboshimiz Islom Karimovning «Tarixga murojaat qilar ekanmiz, u xalq xotirasi ekanligini nazarda tutishimiz kerak. Xotirasiz barkamol kishi bo‘lmaganidek, o‘z tarixini bilmagan xalqning kelajagi ham bo‘lmaydi», - degan so‘zlari metodologik asos bo‘lib xizmat qiladi.



Download 400.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling