Мавзу: 1937-1938 йилларда марказий осиё республикаларида сиёсий репрессия ва унинг оқибатлари


Yozma manbalar tarixiy manbalaming muhim va asosiy bo‘lib


Download 400.7 Kb.
bet7/10
Sana17.01.2023
Hajmi400.7 Kb.
#1097055
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Курс иши Baxtiyarov Fozilbek

2. Yozma manbalar tarixiy manbalaming muhim va asosiy bo‘lib, ular insonning ijtimoiy faoliyati, o‘zaro munosabatlari natijasi oclaroq yaratilgan va o‘sha zamonlarda yuz bergan ijtimoiy-siyosiy voqealarni o‘zida aks ettirgan manba sifatida O`zbekiston tarixini . o'rganishda muhim o‘rin tutadi. Ularga epigrafik yodgorliklar, ya’ni tosh, metall, suyak, yog`och, charm va sopolga bitilgan yozuvlar, «Avesto», mixxat yozuvlar, qadimgi va o‘rta asrlar mualliflarining asarlari pergament va qog‘ozlardagi qo`lyozmalar, o‘rta asrlar binolari va qabr toshlaridagi yozuvlar kiradi.
Yozma manbalar o`z navbatida ikki turga bo‘linadi:
1) Oliy va mahalliy hukmdorlar malikamasidan chiqqan rasmiy hujjatlar (yorliqlar, farmonlar, inoyatnomalar va boshq.), moliyaviy hisobot daftarlari, rasmiy yozishmalar;
2) Tarixiy, geokosmografik hamda bibliografik asarlar. Tarixiy manbalami o‘rganishning o`zi tarix fanining maxsus sohasi bo‘lib, mazkur fanning rivojlanishi va tarix yozilishida katta ahamiyatga ega.
Hozirgi paytda manbashunoslik fani keng rivoj lanmoqda. U yuqorida ko‘rsatilgan metodologik ilmiy-nazariy usullarga tayanadi. Manbashunoslik fani asosan tarixiy manbalami o‘rganish bilan mashg‘ul bo‘lib, manbalaming qimmatini, haqiqiy va haqiqiy emasligini aniqlash bilan birga, ularni turkumlarga ajratadi. Tarixiy manbalami aniqlash va saralash, ulaming ilmiy qimmatini belgilash, tahlil qilish va yaratilish tarixi, shart-sharoitini o‘rganish kabi sohalarga bo‘linadi. Manbalar tarixiy jarayon va voqeliklarni o‘zida aks ettirgan bo` lib, tarixiylikning in’ikosi bo‘lmog‘i kerak. Mana shunda ularning muhim ahamiyati va tarixiy ekanligi yuqori bo`lib, tarixiy haqiqatning yuzaga chiqishiga yaqindan yordam beradi.
3. Etnografik manbalar. «Etnografiya» so‘zi yunon tilidan olingan bo` lib, (etnos - xalq, grapho - yozaman) «xalq haqidagi ma’lumotlar, xalqshunoslik» degan ma’noni bildiradi. Xalqlarning kelib chiqishi bilan bog`liq bo`lgan ma’lumotlar, masalan, xalq, qabila va urug` nomlari, inson qo`li, aql-zakovati bilan yaratilgan qurol va buyumlaming, naqsh va bezaklaming, kishilar ongida, shuningdek, og‘zaki va yozma adabiyotida saqlanib qolgan ma’lumotlar (an’analar, urf-odatlar), kishilaming turmush tarzi etnografik manba hisoblanadi. `.

Download 400.7 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling