Mavzu №9. Jahon dinlari. Buddaviylik va Nasroniylik. Reja: Buddaviylik va lamaviylik


Bu mazhabda xristianlarning 7 sirli marosimi (tainstva) asosiy o’rin egallaydi. Pasxa va postlarga (nasroniylar ro’zasi) katta ahamiyat beriladi


Download 140 Kb.
bet10/12
Sana02.01.2022
Hajmi140 Kb.
#187046
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
kl-maruza-9jahondinlaribuddaviylikvanasroniylik

Bu mazhabda xristianlarning 7 sirli marosimi (tainstva) asosiy o’rin egallaydi. Pasxa va postlarga (nasroniylar ro’zasi) katta ahamiyat beriladi.

Pravoslaviening katoliylikdan farqi shuik, budda Muqaddas ruhning faqat Ota-xudodan kelib chiqishi, cherkovning boshliqlarini emas, cherkovning o’zi gunohdan pokligini, aqidalarning o’zgarmasligini ta’kidlaydi, poklanish makoni-a’rof (chitilishe)ni inkor etadi. Bibi Maryamning Annadan ilohiy homilador holda tug’ilganligi e’tirof etilmaydi. Ayrim sirli marosimlar boshqacha o’tkaziladi.

Diniy marosimlari-butga sajda qilish, ruhoniylarning uylanishlari va nikohdan o’tishlarining majburiyligi, qo’shiq, qiroatlarni maxsus vizantiychasiga qo’llash va h.k. rasm-rusumlari bilan katoliylikdan farq qiladi.

Pravoslavie ibodatlari tartibi tarixan Vizantiyada rasmiylashgan. Pravoslaviega e’tiqod qilish asosan cherkovning marosimlar haqidagi farmoyishlarini bajarishdan iborat. Marosimlar o’tkaziladigan ibodatxonalar ikonalar, butlarva boshqa o’ziga xos tasvirlar bilan bezatiladi. Ibodatxonalarda qilinadigan ibodatlar, diniy ahamiyatiga ko’ra-kundalik va yakshanba kuni, bayram kunlari o’tkaziladigan ibodatga, ertalabki, peshingi va kechki ibodatga bo’linadi. Asosiy ibodat peshingi ibodat bo’lib, uni bajarish vaqtida qavmlar non va vino totish marosimlarini bajo keltiradilar. Ibodat qilishning asosiy ko’rinishi-duo o’qish hisoblanadi, u ko’pincha qo’shiq kuylashdan iborat bo’ladi. Ibodatxonalarda amalga oshiriladigan asosiy marosimlar 7 sirli marosimdir (tainstva), ularning mazmuni diniy ta’limotda belgilab berilgan. Pravoslavieda aziz-avliyolarga ham sig’inib turiladi.


Download 140 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling