Mavzu №9. Jahon dinlari. Buddaviylik va Nasroniylik. Reja: Buddaviylik va lamaviylik


Download 140 Kb.
bet2/12
Sana02.01.2022
Hajmi140 Kb.
#187046
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
kl-maruza-9jahondinlaribuddaviylikvanasroniylik

Budda ta’limoti–Xudoning mavjudligini va vedalar dinini inkor etadi. U ko’pxudolikka, ularga har xil qurbonliklar qilish kabi ortiqcha serdahmaza marosimlarga ham qarshi bo’lgan.

Buddaviylik qadimiy hind diniy-falsafiy ta’limotlari asosida vujudga kelgan amaliyot va nazariyotdan iborat diniy tizimdir. Budda ta’limoti, dunyoqarashi «To’rt oliy haqiqat»da ifodalangan:

1)Turmush azob-uqubatlardan iborat. Har bir tirik jon uni boshidan kechiradi, shuning uchun har qanday hayot qiynoq, azob-uqubatdir. Tug’ilish-qiynoq, kasallik-qiynoq, o’lim-qiynoq, yomon narsaga duch kelish-qiynoq, yaxshi ko’rgan narsasidan ayrilish-qiynoq, o’zi hohlagan narsasiga ega bo’lmaslik-qiynoq. Dunyo tuzilishining asosiy qonuni bir-biriga bog’liq. Lekin har bir hodisa yoki harakatning birlamchi sababini aniqlash mumkin emas. Shuning uchun buddaviylik dunyoni shu holicha qabul qilishga chaqiradi. Buddaviylik ta’limotiga ko’fra, har qanday narsa yoki hodisa hoh u moddiy yoki ma’naviy bo’lsin Dxarma (element)lardan tuzilgan. Bu elementlar o’z xususiyatiga ko’ra harakatsiz bo’lib, ularni harakatlantiruvchi kuch insonning hayollari va so’zlaridir. Ob’ektiv haqiqat bu doimiy ravishda o’zgarib turuvchi Dxarmalar oqimidir. Harakatdagi Draxmalar mavjudlikning 5 shaklini yaratadi: tana, sezgi, his-tuyg’u, harakat, anglash. Bu besh shakl insonni tashkil qiladi. Inson ular yordamida yashaydi va borliq bilan aloqada bo’ladi, yaxshi yoki yomon ishlarni bajaradi. Bu narsa insonning o’limi bilan tug’allanadi. Insonni tashkil qiluvchi besh shakl (skandx) o’z navbatida qayta tug’iladi. Yangi tananing xususiyatlari asos bo’luvchi besh natijani beradi: faoliyat, gumrohlik, xohish, istak va me’yor. Bu jarayon «hayot g’ildiragi»ni tashkil qiladi. Hayot g’ildiragi doimiy ravishda aylanib, inson abadiy qiynoqqa duchor bo’ladi.

2) Azob-uqubatlarning sababi kishilarning istaklari va nafsidir. Inson moddiy narsalar yoki ma’naviy qadriyatlardan foydalanib, ularni haqiqiy va doimiy deb hisoblaydi va ularga ega bo’lishga intiladi. Bu intilish hayot davomiyligiga olib boradi. Yaxshi yoki yomon niyatlardan tug’ilgan hayot daryosi, orzular va intilishlar sababli kelajak hayot uchun karma hozirlaydi. Demak, qayta tug’ilish, yangitdan qiynoqlarga duchor bo’lish davom etadi. Buddaviylar fikricha Buddadan keyin hech kim Nirvana holatiga erisha olmagan.



3)Azob-uqubatlardan qutilish uchun kishilar o’zlarining istak va nafslarini jilovlab olishlari kerak. Yaxshi yoki yomon niyatlar, intilishlardan butunlay uzilish Nirvana holatiga to’g’ri keladi. Bu holatda inson qayta tug’ilishdan to’xtaydi. Nirvana holati, buddaviylar fikricha «hayot g’ildiragi»dan tashqarigcha chiqishdir. «Men» degan fikrdan ajralib, insonning hissiy tuyg’ularini to’la tugatilishidir.


Download 140 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling