Mavzu №9. Jahon dinlari. Buddaviylik va Nasroniylik. Reja: Buddaviylik va lamaviylik


)Azob-uqubatlardan halos bo’lish uchun Buddaning yangi aqidalariga amal qilish kerak


Download 140 Kb.
bet3/12
Sana02.01.2022
Hajmi140 Kb.
#187046
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
kl-maruza-9jahondinlaribuddaviylikvanasroniylik

4)Azob-uqubatlardan halos bo’lish uchun Buddaning yangi aqidalariga amal qilish kerak. Bu yo’l-quyidagi uch narsaga amal qilishdir. Bu yo’ldan borgan inson Budda yo’lini tutadi. Buddaviylik ta’limoti asosan uch amaliy qismdan iborat:

1.Meditastiya.

2.Axloq.

3.Donolik.

1.Meditastiya:

  1. To’g’ri tushunish.

  2. To’g’ri niyat qilish.

  3. To’g’ri o’zini tutish.

  4. To’g’ri anglash.

  5. To’g’ri harakat qilish.

  6. To’g’ri muomalada bo’lish.

  7. To’g’ri fikr yuritish.

  8. To’g’ri gapirish.

2.Axloq me’yorlari.

  1. Qotillikdan saqlanish.

  2. O’g’rilikdan saqlanish.

  3. Gumrohlikdan saqlanish.

  4. Yolg’on, qalbaki narsalardan saqlanish.

  5. Mast qiluvchi narsalardan saqlanish.

  6. Tushdan keyin ovqatlanishdan saqlanish.

  7. O’yin-kulgudan saqlanish.

  8. Zebu-ziynat, atir-upalardan saqlanish.

  9. 3.Donishmandlik-buddaviylikning asosiy maqsadi bo’lib, narsalar tabiatini tushunish.

Budda azob-uqubatlar mutlaqo tugamaydigan narsa, borliqning barcha ko’rinishlarini, mohiyatini, har qanday hayotni turgan-bitgan azob-uqubat deb hisoblaydi. Uning fikricha, jonli mavjudotning o’lishi uni tashkil etgan moddiy elementlar zarrachalarining ajralib ketishidir. Bu jismlarni tashkil etgan tananing yangidan birikishi ilgari qilingan «savob va gunohlar»ga bog’liq. Bu moddiy jism ruh darajasiga etganda qayta tug’ilish to’xtaydi, azob-uqubatdan butunlay xalos bo’ladi. Buning eng ma’qul yo’li doim savob, ezgu ishlarni qilish, undan ham qulayrog’i monaxlik jamiyati-sanghaga o’tishdir.

Buddaning ta’limoticha, har bir kishini hulq-atvor qonuni-karma qonuni ta’qib etadi, ya’ni kishi o’zining qilgan savob va gunoh, yaxshi va yomon ishlarining ajrini albatta oladi. Agar ajrni bu dunyoda ololmay qolsa, keyingi dunyoga kelishida oladi va bu ajr uning kelgusi to’rt avlodidan birining zimmasiga yuklanadi (bu ta’limot Tavrotda ham mavjud).

Jamiyatning tabaqalarga bo’linishi haqidagi braxmanlik ta’limotiga qarshi o’laroq Budda barcha kishilar teng huquqli, barobar deb e’tirof etadi. Biroq kishilar «azob-uqubat chekish»dan va bundan «xalos bo’lish»da ham barobardirlar deydi. Hamma narsaning asosi, ibtidosida bilib bo’lmaydigan ruh-Nirvana yotadi, bu dunyo real mavjud emas, u faqat kishilarning hayoli, bilib bo’lmaydigan ruhning ko’rinishi deb ta’lim beradi. Buddaning fikricha, bizni qurshab olgan dunyodan boshqa, ko’rinmaydigan tag’in ikki dunyo bor. Bunday dunyolarning eng yomoni-Erdagi dunyodir. Ruh doimo qayta tug’iladi, odam, hayvon, parranda, o’simlik va boshqa jonzotlar shakliga kiradi. Bu dunyoda ruhni uning moddiy qobig’idan ozod qilish uchun doimo kurash olib boradi. Yomonlik va azob-uqubatlarning sababi insonning va barcha tirik mavjudotlarning bu dunyoga-qayta tug’ilish dunyosi-Sansaraga bog’langanligi, ko’ngil qo’yganligidir. Bu dunyo sezgilar orqali his qilinsada, aslida hayoliy dunyodir. Har qanday insoniy tuyg’u, hissiyot, ehtiros va istak azob-uqubatni chuqurlashtiradi, yanada dahshatliroq tarzda qayta tug’ilishga olib keladi. «Borliq girdobi»dan chiqib olish uchun g’aflatdan uyg’onish, dunyo mohiyatini anglash, hayotga chanqoqlikdan, turmush ko’ngilxushliklariga, lazzatlariga, hokimiyatga, katta mansablarga, boylikka intilishdan voz kechish lozim. Erdagi barcha hodisalarning beqaror va o’tkinchi ekanligini fahmlamoq darkor. Faqat shundagina «najot topish yo’li»ga kirish mumkin. Bu najotning mohiyati shundan iboratki, kishi o’zidagi har qanday hayotiy intilishda har narsaga qattiq ko’ngil qo’ymasdan, batamom zohidlik yo’liga o’tishi, hatto yaqinlashib qolgan najotdan ham quvonmasligi lozim. Najotning o’zi esa «sansar»dan ya’ni bu dunyoda qayta tug’ilish dunyosidan-«Nirvana»ga-yo’qlikka, ruhlar olamiga o’tishdan iborat. Oddiy odamlar faqat yaxshiroq bo’lib qayta tug’ilishga umid qilishlari mumkin. Buning uchun axloqiy talablar bajarilishi lozim. Azob-uqubatdagi har bir kishi ilgari tug’ilgan xeshlari, ota-onalarining gunohlari uchun shunday karmaga duchor bo’lgan bo’lishi ham mumkin (bu ta’limot Tavrotda ham mavjud). Buddaning ta’limotiga ko’ra, bir umr tugaganda ikkinchi umr boshlanadi. Inson o’lar ekan, yolg’iz tanasi, vujudi o’ladi, lekin hayoti yangi-yangi vujudlarda davom etaveradi. Kishi umri davomida birovlarga yomonlik qilsa, ziyon etkazsa, kelajak umrida albatta jazosini oladi.

Ilk buddaviylikni elementlar (draxmalar) haqidagi metafizik asoslari buddaviylikda ikki oqim «Xinayana» (kichik g’ildirak) va «Maxayana» larning (katta g’ildirak) yuzaga kelishiga olib keldi. Xinayanada ta’kidlanishicha elementlar tabiatini o’rganish va nirvanaga erishish ma’naviy yo’l bilan bo’ladi. Bu yo’l juda og’ir va faqat monaxlargina nirvana holatiga etishi mumkin. Maxayanada esa Budda jonzotlarni azobdan qutqarish uchun turli jonzot shakliga kirishi mumkin va hayot zanjirida barcha uni o’rganishi, anglashi mumkin deyiladi. Bu narsalar ko’pgina Budda xudolarini kelib chiqishiga sabab bo’ldi.

Buddaning izdoshlari Er yuzida birinchi monaxlik jamoasi bo’lmish «sangha»ni tashkil qilganlar. Ular yilning ob-havosi yaxshi bo’lgan 9 oyida shaharma-shahar, qishloqma-qishloq yurib, aholini buddaviylikka da’vat qilib, ularga Buddat ta’limotini o’rgatib yurishgan. Faqatgina Musson yomg’irlari tinmay quygan 3 oydagina o’z ibodatxonalarida muqim bo’lib ibodat bilan shug’ullanganlar. Buddaviylik miloddan avvalgi 273-232 yy.da podshoh Ashoka davrida Hindistonning rasmiy diniga aylandi. Ashoka o’zining ilk hukmronlik davrlaridanoq buddaviylikka e’tiqod qila boshladi. U buddaviylikka, uning monaxlariga, ularning Hindiston bilan chegaradosh davlatlariga qilgan missionerlik harakatlariga hayrihoxlik bildirdi. Ular o’z da’vatlari asosida biron-bir erlik aholi yoki ruhoniylar tomonidan qarshilikka uchrasalar, ularga qarshi hech qanday harakat qilmay, yo’llarida davom etganlar. Agar mahalliy aholi tomonidan o’zlariga nisbatan xayrihoxlik sezsalar, o’sha erga ko’proq ahamiyat berib, ularni ko’proq da’vat qilishgan.

Buddaviylik jamoalari har qanday boshqa din, madaniyat yoki urf-odatlar qamrovida yoki aralashuvida bir necha yuzlab yillab o’zlarini saqlab qolishi hamda fursat kelganda ularga o’z ta’sirini o’tkazish qobiliyatiga egadirlar. Ularni bu xususiyatlari Hindistonda musulmon hukmdorlar davrida, Shri-Lankada portugallar, gollandlar va inglizlar mustamlakasi davrida, Xitoy va Yaponiya konfustiychilari davrida, Janubiy-Sharqiy Osiyoda buddaviylikning yoyilishida yaqqaol namoyon bo’lgan. Buddaviylik eramizdan avvalgi 1-ming yillik oxirlarida Shri-Lankaga va O’rta Osiyo hamda Old Osiyoni o’z ichiga olgan Kushon imperiyasiga kirib keldi. Diyorimizda olib borilgan arxeologik qazish ishlari davomida O’ratepa, Dalvarzintepa, Quva, Zartepa, Qorovultepa, Ayritom hududlaridan topilgan Shakyamuni sanamlari, hayvon haykalchalari, ramziy g’ildiraklar va stupa qoldiqlarining guvohlik berishicha Kushon imperiyasida buddaviylikka katta ahamiyat berilgan. Buddaviylik eramizning I asrida Xitoyga, IV asrda Koreyaga, VI asrda Yaponiyaga, VII asrda Tibetga, XIII asrdan XVI asrgacha Mongoliyaga, XVII asrdan XVIII asrgacha Buryatiya va Tuvaga, XIX-XX asrlarda Amerika va Evropa qit’alariga kirib borgan. Xitoy manbalarining guvohlik berishicha buddaviylik Xitoy hududiga kirib borishida diyorimizdan borgan budda olimlarining hissasi katta bo’lgan. Taxminan 30 ga yaqin da’vatchi olimlar Xitoyning turli shaharlarida budda ta’limotini yoyganlar. Hanuzgacha Samarqand, Buxoro va Shoshdan borgan budda olimlarining maqbaralari muqaddas joy sanaladi. Buddaviylik o’z ta’limotida hech qachon boshqa xudolarga sig’inishni ta’qiqlamagan. Balki ularga ibodat qilish insonga vaqtinchalik tasalli berishi mumkin, biroq nirvana holatiga olib bormaydi deb aytgan. Shu sababli buddaviylik ta’limoti turli joylarda yoyilishi bilan ular ibodat qilib kelgan xudolari yoki ulug’langan shaxslarning timsollari ibodatxonalarni egallagan. Masalan, Hindistonning buddaviylikka mansub xudolari «dunyoni yaratuvchi Braxma», «chaqmoq va momaqaldiroq xudosi Indra», «hunarmandlik ishlari xudosi Xatimanu»; Tibetda: «Tibet eposi qahramoni Baser» timsoli, Mongoliyada Chingizxon kabi milliy panteon buddaviylik ilohlari sifatiga aylandi. Biroq bu panteonlar Nirvana holatiga olib bormaydi. Faqatgina Budda nirvanaga olib boradi va insonni qiynoqdan qutqaradi.

Buddaviylik ta’limoti bir qator devon shakliga keltirilgan to’plamlarda bayon qilingan. Ularning eng asosiysi Tripitakadir («Uch savat»). U uch qismdan iborat bo’lganligi uchun shunday nomlangan. Bular:


Download 140 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling