Mavzu №9. Jahon dinlari. Buddaviylik va Nasroniylik. Reja: Buddaviylik va lamaviylik


Bu dinda 10 og’ir gunoh alohida ta’kidlanadi, jumladan


Download 140 Kb.
bet5/12
Sana02.01.2022
Hajmi140 Kb.
#187046
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
kl-maruza-9jahondinlaribuddaviylikvanasroniylik

Bu dinda 10 og’ir gunoh alohida ta’kidlanadi, jumladan:

  1. Odam o’ldirish.

  2. O’g’rilik.

  3. Zino.

  4. Yolg’onchilik.

  5. Tuhmat.

  6. /iybat.

  7. Vaysaqilik.

  8. Ochko’zlik.

  9. Kek saqlash.

  10. Soxta dunyoqarash.

Lamaviylikda bosh ruhoniyga «lama» unvoni beriladi. Ular g’ayritabiiy fazilatlarga ega va ilohiy olam bilan gaplasha oladigan shaxslardir.

2.Nasroniylik. Bu din yahudiylikdan mustaqil din sifatida ajralib chiqqan va jahon dinlaridan biriga aylangan. Hozirgi kunda bu dinga 254 mamlakatning 2 mlrd. aholisi e’tiqod qiladi.



Xristianlikning nomi, uning asoschisi Xristos (Iisus Xristos) nomidan olingan bo’lib, unining aqidalari, diniy ta’limotlari Bibliya tarkibiga kiruvchi «Yangi ahd» qismidagi Injil (Evangelie)da aks ettirilgan.

Hazrati Iyso alayhissalomga 30 yoshida Xudo tomonidan Injil vahiy qilingan. Bu kitobni Iyso alayhissalomning 12 shogirdlari-havoriylar payg’ambar vafotidan keyin milodiy I-II asrlarda yozib kitob holiga keltirganlar. Xristianlikning aqidalari, e’tiqod talablari, huquqiy va axloq me’yorlari, cheklov va ta’qiqlari ana shu kitobda yozilgan.

Xristianlik milodiy I asrning ikkinchi yarmida Rim imperiyasining sharqiy qismi-Falastinda yashovchi yahudiylar o’rtasida paydo bo’lgan va birinchi o’n yillikdayoq atrofdagi xalqlarga tarqala boshlangan.

Xristianlikning tez yoyilishiga sabab, barcha alamdiydalar, jafokashlarga murojaat qilib, ularning ko’ngillariga samoviy kuchlar yordami bilan tez vaqt ichida zolimlar ustidan g’alaba qozonish ishonchini, yaqin fursatda Er yuzida «ilohiy saltanat» o’rnatilishidan umidvor bo’lish hissining jo etilganligidir. Xristianlik shakllanishida yahudiylikning ko’p g’oyalari, qadimgi Sharq dinlariga xos tasavvurlar, xususan, sadaqa berib gunohdan xalos bo’lish, ilohiy haloskorlar haqidagi tasavvurlar asos bo’lgan.

Bu din dastlab yuksak insonparvarlik g’oyalari bilan to’lib-toshgan, o’ta yuksak insoniylik bilan sug’orilgan axloqiy me’yorlarni va sahovat, rahmdillik, o’z yaqin kishilarini sevish, hamdardlik, hamma narsani kechirish va bular asosida jamiyatning axloqiy va madaniy kamoloti xristianlik qoidalariga asoslanishi lozimligini talab etgan.

Xristianlikning asosiy g’oyalaridan biri muqaddas uchlikka e’tiqod qilishdir, ya’ni mohiyatan bir xudo, ammo u Ota-xudo, O’g’il-xudo, Xudo-Muqaddas ruh ko’rinishida namoyon bo’ladi. Bu aqida milodiy I-asrda paydo bo’lib III-asrda takomillashdi. Bust shubhali, yanglish aqida xristianlar orasida ham o’tkir munozaralarga sabab bo’ldi. Ana shu yanglish, xato, botil aqidalar tufayli ular musulmonlar tomonidan “Kofir” (kufrga ketgan) deb ataldilar.

Alloh o’ziga bunday shirk keltirgan nasroniylarning da’volarini Qur’oni Karimda keltirilgan oyatlar bilan qat’iyan rad qiladi va ularni oxiratda qattiq jazoga tortajagi haqida ogohlantiradi.

Bu aqida xristianlarning 325 yildagi birinchi jahon Nikeya sobori va 381 yildagi ikkinchi jahon Konstantinopol soborida uzul-kesil tasdiqlangan bo’lsada, xristianlikning boshqa bir necha mazhablari bu fikrni rad etishgan. Bu soborlarda asosiy xristian e’tiqodiy aqidalari ham to’la ishlab chiqildi va tasdiqlandi.

Xristianlik shundan keyin Rim imperiyasining davlat diniga aylandi. Badavlat xristianlar din nazorati bilan shug’ullanuvchi tashkilotlar-cherkovlar tuzdilar va bu jamoalarda pop, dyakon, episkop, kardinal, papa kabi quyi va oliy mansablarni egalladilar. Ular bu dinning saqlanishi, uning talablarini bekamu-ko’st bajarilishini qattiq nazoratlariga olib, keng yoyilishida targ’ibot-tashviqot ishlari bilan shug’ullanib, katta imtiyozlarga ega bo’ldilar. Din ishlari markazlashtirilib, unga yakka hokim: dastlab episkop, keyinroq esa papa lavozimlari ta’sis etildi. Xristianlik hukmron mafkuraga aylandi, har qanday falsafa, ta’lim-tarbiya ruhoniylarning qattiq nazoratiga olindi. Episkop, papalar mavjud xristian davlatlari ustidan mutlaq diniy hokimiyatni o’z qo’llariga olib, bu ishda cheklanmagan huquqqa ega bo’ldilar. Din, diniy mafkura, diniy siyosat ishlari bo’yicha hatto monarxlar ham ularga bo’ysunar edilar.

XIII-asrda din va cherkov hokimiyati dushmanlari va din talablarini bajarmayotgan xristianlar bilan kurashuvchi maxsus tergov va jazolash organi-invizistiya tashkil qildilar. Inkvizitor-katolik cherkovining maxsus tribunali bo’lib, Oliy inkvizitor-Xudo, uning noibi esa Rim papasi hisoblangan.

Xristianlikda zohidlik, tarkidunyochilik kuchayib monastirlar paydo bo’ldi. Rim episkoplari, V-asrdan papalar xristian olamiga tanho hukmronlik qila boshladilar. Xristianlik borgan sari keng yoyildi. XIII-asrlarga kelib butun Evropa xristianlashtirildi. Bu din Rossiyada X-asrlarda keng tarqalgan edi.

Xristianlikning asosiy marosimlari: cho’qintirish, non va vino totish marosimlari, pasxa, rojdestvo va boshqa bayramlar, muhim aqidalari cherkov tarkib topgan davrlarda ya’ni II-III-asrlarda shakllandi.

Xristianlikning muhim aqidalaridan biri: Iyso payg’ambarning dunyoga kelishi, uning xalqqa, Xudo saltanatining yaqinlashib qolganligini e’lon qilishi, uning odamlarni gunohdan halos etish uchun qiynoqlarga solinishi va dahshatli tarzda o’ldirilishi, keyin yana tirilib osmonga ko’tarilib ketganligi, zamona oxirida yana qaytib kelishi va adolatli podshohlik o’rnatishi va boshqalar Injilda yoritib berilgan.

Shunday qilib, xristianlik dini tayyor holda yahudiylik dini zaminida paydo bo’ldi va Falastindan chiqib, o’zining qaror topgan aqidasi, mafkurasi va etikasi bilan dunyoni va insonlar ko’nglini zabt etdi, jahon dinlaridan biriga aylandi.

Xristianlik o’z taraqqiyoti davomida katoliylik, provaslavie, prostestantizm yo’nalishlariga, shuningdek baptistalan, adventistlar, iegovistlar kabi oqimlarga hamda molokanlik, staroverlik (eski udumchilik), duxoborlar, mormonlar va h.k. mazhab va firqalarga bo’linib ketgan.

Katoliylik. Xristianlikning yo’nalishlaridan birinchisi katoliylik (yunoncha-umumjahon, umumiy, asosiy) xristianlikda pravoslavie va protestantizm kabi keng tarqalgan asosiy yo’nalishlardan biri bo’lib, diniy ta’limot va cherkov tashkiloti sifatida asosan 1054 yilda xristanlikni ikki asosiy cherkovga –katolik va provoslavie mazhablariga bo’linib ketganidan keyin vujudga keldi.



Katolik cherkovi qat’iy markazlashtirilgan, yagona jahon markazi-Vatikan davlatida joylashgan. Uning bosh ruhoniysi, episkopi, birdan-bir boshlig’i-Rim papasidir. Katolik cherkovini amalda papa va uning joylardagi kardinallari boshqaradilar. Katolik cherkovida kardinal Rim papasidan keyingi oliy ruhoniy bo’lib, kardinallar majlisining roziligi bilan papa tomonidan tayinlanadi va u papaning eng yaqin maslahatchisi hisoblanadi. O’z navbatida kardinallar yig’ilishi Rim papasini saylaydi. Kardinallarning umumiy soni asrlar davomida 70 nafardan oshmagan, ularning ko’pchiligi italyanlar bo’lganlar. Ikkinchi jahon urushidan keyin ularning soni ko’payib, hozirgi vaqtga kelib 140 nafardan oshib ketdi.


Download 140 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling