Mavzu №9. Jahon dinlari. Buddaviylik va Nasroniylik. Reja: Buddaviylik va lamaviylik


Katoliylikka o’rta asr faylasufi Foma Akvinskiyning (1225-1274 yy.) diniy qarashlari asos qilib olingan va u hozirgi zamonga moslashtirilgan


Download 140 Kb.
bet7/12
Sana02.01.2022
Hajmi140 Kb.
#187046
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
Bog'liq
kl-maruza-9jahondinlaribuddaviylikvanasroniylik

Katoliylikka o’rta asr faylasufi Foma Akvinskiyning (1225-1274 yy.) diniy qarashlari asos qilib olingan va u hozirgi zamonga moslashtirilgan.

Katoliylikda asrlar davomida ibodat lotin tilida olib borilgan. Ikkinchi Vatikan sobori 1962-1965 yillarda ibodat va marosimlarni milliy tillarda o’tkazishga ruxsat bergan edi.

Katolik cherkovi bid’atga va Papa hokimiyati dushmanlariga qarshi kurashish uchun XIII-asrdan inkvizitorlar yordamida mahalliy episkoplar bilan kelishib ish olib bordi, episkopning ruxsati va ishtirokida tergov o’tkazilib, hukm chiqarildi. Inkvizistiya katolik mamlakatlarining deyarli hammasida yuz yillar davomida amal qilgan. Inkvizitorlar aybdorlarni maxfiy tergov qilar, kezi kelganda ayg’oqchi va yolg’on guvohlik beruvchilardan ham foydalanar, ayblanganlarni mol-mulkini musodara qilar, ularning qavm-qarindoshlari va avlod-ajdodlarini ayblar, sud qilinuvchilarga nisbatan o’ta shafqatsiz ravishda qiynoq usullarini qo’llar edilar. Aybdorlarga nisbatan jamoa oldida aytganlaridan voz kechish, jarima solish, qamash, o’tda kuydirish kabi jazo choralari qo’llanilgan. Yuz minglab odamlar inkvizistiya qurboni bo’lganlar, million-million kishilar esa mudhish tergov azoblarini tortganlar.

Inkvizistiya birinchi navbatda iudaizmga tarafdorlikda ayblangan cho’qingan yahudiylarni, shuningdek xristianlikni qabul qilgan, lekin Islom diniga yashirincha e’tiqod qilishda shubha ostiga olingan musulmonlarni qattiq ta’qib ostiga olgan. Bu ta’qiblar faqat diniygina emas, balki siyosiy va iqtisodiy xarakterga ham ega bo’lgan. Papa inkvizistiyasining yuz minglab qurbonlari orasida jahonning taniqli olimlari Jordano Bruno, Galileo Galiley, franstuzlarning milliy qahramoni Janna D’Ark va boshqalar bor edi. Ular o’tda kuydirilib o’ldirildilar.

Cherkov statistikasiga ko’ra hozirgi kunda Er yuzida katoliklar soni 900 milliondan ortiq. Italiya, Ispaniya, Portugaliya, Franstiya, Belgiya, Avstraliya va Lotin Amerikasi mamlakatlarida katoliylik hukmron diniy ta’limot hisoblanadi. Polsha, Vengriya, Chexoslovakiya va Kubada katolik yo’nalishiga e’tiqod qiluvchilar aholining ko’pchiligini tashkil etadi. Katoliylik tarafdorlari Boltiqbo’yi mamlakatlari, Belorussiya va Ukrainada ham bor.

Pravoslavie. Xristianlikning ikkinchi katta yo’nalishi bo’lib, /arbiy Rim imperiyasi qulagandan so’ng, 1054 yilda xristianlik ikki asosiy cherkovga ajralib ketdi. Pravoslavie dastlab Vizantiya imperiyasining davlat dini bo’lgan.



Konstantinopol patriarxi Rim papasidan o’rnak olib, butun pravoslavie cherkovi rahbari bo’lish uchun kurashgan. Pravoslavie cherkovidan biri bo’lgan Rus cherkovi dastlabki vaqtlarda Konstantinopol patriarxiga bo’ysungan va Rus cherkovining boshlig’i-mitropolit Konstantinopol patriarxi tomonidan tayinlangan. Shundan keyin rus mitropoliti 1598 yilda Rus patriarxligiga aylantirilgan. Moskva va Butun rus patriarxi degan unvon berilib, Rus cherkovi Konstantinopol cherkovi bilan tenglashtirilgan. XVII asrning ikkinchi yarmida patriarx Nikon pravoslavie cherkovi islohotini o’tkazgan va cherkov hokimiyatini podshoh hokimiyatidan yuqoriroq qo’yishga uringan, lekin podshoh Aleksey Mixaylovich Romanov (1645-1676 yy.) uni patriarxlikdan chetlatgan. 1721 yilda podshoh Petr I patriarxlik boshqaruvini tugatib, pravoslavie cherkovini diniy hay’at (kollegiya)-Sinod qo’liga topshiradi, cherkovni esa davlatga itoat ettirdi.


Download 140 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling