Mavzu №9. Jahon dinlari. Buddaviylik va Nasroniylik. Reja: Buddaviylik va lamaviylik


Hozirgi vaqtda dindorlar bayramlarning diniy mazmunini mushohada qilmay, asosan turmush an’anasi sifatida nishonlaydilar


Download 140 Kb.
bet12/12
Sana02.01.2022
Hajmi140 Kb.
#187046
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
kl-maruza-9jahondinlaribuddaviylikvanasroniylik

Hozirgi vaqtda dindorlar bayramlarning diniy mazmunini mushohada qilmay, asosan turmush an’anasi sifatida nishonlaydilar.

Ibodatxonalarda o’qiladigan kitoblar jumlasiga “Havoriylarning faoliyatlari” sobor maktublari va havoriy Petr maktublari, Zaburni (Psaltir) o’z ichiga olgan Injil va “Havoriylar tarixi” kiradi. Bulardan tashqari, yana ko’p kitoblar va to’plamlar ibodat qilish qonun-qoidalari kitoblari majmuasiga kiradi.

Prostestantizm. Bu so’z lotinchada “norozilik”, “kelishmaslik” ma’nolarini anglatadi. U xristianlikdagi uch asosiy mazhablardan biridir.



Protestantizmning asoschisi Martin Lyuter (1483-1546 yillar) hisoblanadi. U reformastiyaning taniqli arbobi. Bibliyaning Lyuter tomonidan qilingan tarjimasi umummilliy nemis tilining shakllanishida muhim rol o’ynagan.

U cherkovning va ruhoniylarning inson bilan Xudo o’rtasida vositachilik rolini inkor etgan. Insonning xalos bo’lishi xayrli ishlarni, sir-asrorlarni, diniy marosimlarni ado etishiga emas, balki e’tiqodning samimiyligiga bog’liqdir deb hisoblagan. Diniy haqiqat manbai “Muqaddas rivoyat”, cherkov yig’inlarining qarorlari, papalarning muhokamalari emas, balki Injilning o’zidir deb ta’lim bergan.

1526 yilda Shpeyer reyxtagi nemis lyuteranchi knyazlari talabi bilan har bir nemis knyazi o’zi va fuqarosi uchun hoxlagan dinni tanlash huquqiga ega ekanligi to’g’risida qaror qabul qildi. Ammo, 1529 yilda II-Shpeyer reyxstagi bu qarorni bekor qiladi. Bunga qarshi imperiyaning bir qancha shaharlari va besh nafar knyaz “protest”-norozilik bildiradilar. Protestantizm atamasi shu so’zdan kelib chiqqan.
Download 140 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling