Mavzu №9. Jahon dinlari. Buddaviylik va Nasroniylik. Reja: Buddaviylik va lamaviylik


Pravoslavie mazhabining o’ziga xos xususiyati-ikonalarga sig’inishdir


Download 140 Kb.
bet11/12
Sana02.01.2022
Hajmi140 Kb.
#187046
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
Bog'liq
kl-maruza-9jahondinlaribuddaviylikvanasroniylik

Pravoslavie mazhabining o’ziga xos xususiyati-ikonalarga sig’inishdir. Ibodat qilish vaqtida xoch (krest), shamlar, turli idishlar, anjomlar va boshqalar ishlatiladi. Ibodatxonada ham, undan tashqarida ham, dindorlarning xulq-atvorini tartibga solib turuvchi marosim qoidalari haddan tashqari ko’p. Hozirgi davrda cherkov qavmlarining dinga e’tiqod qilishlarini rag’batlantirish maqsadida ibodat qilish zamon ruhiga moslab ancha ixchamlashtirilgan. Ibodat muddati ancha qisqargan, ayrim duolar tushirib qoldirilgan, postlarga rioya qilish talablari kamaymoqda, hamma joyda sirtdan janoza o’qish (otpevanie) joriy etilgan, umumiy tavba-tazarru marosimlari qo’llanilmoqda. Pravoslavie bayramlari, xristianlikkacha bo’lgan marosimlar va urf-odatlardan shakllangan bo’lib, cherkov ularni xristianlik ruhida qayta ko’rib chiqib pravoslaviega moslab to’ldirgan. Pravoslaviedagi bayramlar soni bir yildagi kunlar sonidan ancha ortiq bo’lganligi uchun amalda har bir kunga bir necha bayram to’g’ri keladi. Ulug’ bayramlar pasxadan boshlanadi, undan keyin 12 ta bayram turadi. Cherkov, Iysoni xatna qilish, homiylik bayrami (pokrov), Ioann Krestitelning (Yahyo alayhissamloning) tug’ilishi, uning boshi kesilishi, havoriylar Petr va Pavel kuni bayramlarini ham ulug’ bayramlar qatoriga qo’shgan. Bu bayramlar o’tkazilayotganda tantanali ibodat vaqtida nishonlanayotgan voqe va ulug’lanayotgan shaxslar sharaflanadi, ular orqali Xudovandga hamdu-sanolar o’qiladi.


Download 140 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling