Mavzu: Ahillik – ulug’ baxt (qirg’iz xalq ertagi) Maqsad ta`limiy: o`quvchilarning „Ahillik – ulug’ baxt


Download 127.2 Kb.
bet8/20
Sana28.12.2022
Hajmi127.2 Kb.
#1020699
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20
Bog'liq
2-6

Dars borishi:
Tashkiliiy qism: o`quvchilarningfanga oid darslik va o`quv qurollarini nazoratdan o`tkazish, kun haqida, maktab ichki tartib intizom yuzasidan, sinfni toza tutish, darsliklarni tartibli va ozoda tutish yuzasidan suhbat o`tkazish.
Asosiy qism:Uy vazifasini bajarilishini nazoratdan o`tkazish: O`quvchilar bilan „Ahillik – ulug’ baxt“ matni yuzasian avol-javob o`tkazaman. Matnni o`quvchilarga o`qitib, oqish malakalaini tahlil qilgan holda baholab boraman.
Yangi mavzu bayoni:
Yusuf Shomansur “Bayramingiz muborak” she’rini yod olish
Darsning maqsadi: O`quvchilarning she’rni ifodali o`qish malakasini va kompetensiyalarini aniqlash.
Nazorat shakli: She’rni yoddan aytish
Nazorat qilinishi lozim bo‘lgan BKM elementlari nomi va soni:
1. She’rni to‘liq yoddan bilish
2. Urg‘uni to‘g‘ri qo‘ya bilish
3. Sherning ritmiga rioya qilish.
4. His-hayajon va ohangni to‘g‘ri qo‘llash
O'quvchilar birgalikda bo'limda o'tilgan she'rlami takrorlaydilar.
Mustahkamlash: O`quvchilar bilan bo`limda o`tilga barcha mavzulani birma bir esga olinadi va tahlil qilinadi. Bo`limda o`tilga she`rlarni eng kim ko`p ayta olishi yuzasidan musobaqa o`tkaziladi.
Darslikda berilgan savollarga o`quvchilar bilan birgalikda javob topiladi:
1. Bo‘limda qanday she’r va hikoyalarni o‘rgandingiz?
Darsni yakunlash va o`quvchilarni baholash: Barcha fikrlarni umumlashtirib ushbu bo`lim bizga qanday bilimlarni berganligi yuzasidan xulosalaymian. Darsda faol qatnashgan o`quvchilarni baholayman.
Tabiatshunoslik
Mavzu : Tut daraxti . Ipak qurti .
Maqsad ta’limiy : Daraxtlar va ipak qurti haqida tushuncha berish
Tarbiyaviy : Daraxtlarning hasharatlar hayotidagi o’rni haqida tushuncha berish. Hasharatlarning sanoatdagi o’rni haqida tushuncha berish .
Rivojlantiruvchi : Tabiatni sevish va asrashga o’rgatish .
Uslubi : yangi bilim beruvchi.
Jihozi : Rasmlar , tarqatmalar , ko’rgazmalar.
Tashkiliy davr : Tozalik , tezkor savol va javoblar, navbatchi hisoboti .
O’tilgan mavzuni so’rash :
1 Dorivor o’simliklarning damlamasidan ichganmisiz ?
2 Ariq bo’yida qanday dorivor o’simliklar o’sadi ?
3 Dorivor o’simliklardan qaysilari tog’da o’sadi ? Ular qanday shifobaxsh xususiyatlarga ega ?
4 Yana qanday dorivor o’simliklarni bilasiz ?
Yangi mavzu : Tut daraxti . Ipak qurti .
Ilgari tut daraxti deyarli har bir xonadonda o’sgan .
Odamlar ularning soyasida dam olishgan .
Tut daraxti dalalarda va ko’cha bo’ylarida o’sadi . bargi yirik, tiniq , yashil rangda bo’ladi .
Tut daraxtining mevasi boshqa mevalarga nisbatan erta pishadi.
“Balxi tut” deb ataladigan navining mevasi yirik va mazali bo’ladi.
Viloyatlarda tut daraxti alohida maydonlarga ekilib, tutzorlar barpo qilingan .
Mart oyi oxirlarida tut daraxtlarining kurtaklari ochilib , barg yoza boshlaydi .
O’zbekistonda bu daraxtning barglari bilan ipak qurti boqiladi .
Aprel oyi boshidan yosh barglari terib olinib, ipak qurti boqiladi. Oyning o’rtalaridan esa tut novdalari esilib, barglari ipak qurtlariga beriladi .
Novdalari kesib olingan tut daraxtidan may oyidan boshlab yangi novdalar chiqa boshlaydi .
Bu novdalar kuzda pishib yetiladi. Kuz oxirlarida barglari sarg’ayib to’kiladi.
Ipak qurti .
Ipak qurti asosan xonadonlarda boqiladi . aprel oyi boshlarida ipak qurti tuxumlari ochilib qurtlar chiqadi . tuxumidan chiqqan qurtlar xonadonlarga tarqatiladi .
Qurt boqilayotgan xona harorati muntazam + 28 va +30 gradusda bo’ladi. Xona harorati bir maromda saqlanishi va havosi almashtirib turiladi .
Dastlabki kunlarda qurtlarga tut daraxtining yangi chiqqan bargi beriladi. 5-6 kundan keyin esa bargalr butunligicha beriladi . Qurtlar kun sayin o’sib, 23 – 25 kunda pilla o’raay boshlaydi .
Pilla ichidagi qurt g’umbakka aylanadi . So’ngra pilla o’ray boshlaydi. Keyin pilla terib olinadi va davlatga topshiriladi . Pillalardan olingan ipak tolasidan atlas va shoyi matolar to’qiladi .
Kelgusi yil uchun ipak qurti tuxumini olishi maqsadida eng sifatli pillalar saralanib, laboratoriyalarga yuboriladi .
Pilla ichidagi qurt g’umbagi kapalakka aylanadi va pillani yorib chiqadi . ipak qurti kapalaklari qo’ygan tuxumlar labaratoriyalarda yig’iladi va saqlanadi .
Uyga vazifa : O’rganib , qayta hikoya qilishga o’rgatish .
Tasdiqlandi : Raxmonova Sh, Q,

4 . 03 . 2020 – yil Matematika



Download 127.2 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   20




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling