Mavzu: Bİnar algebraiK


Download 252.6 Kb.
bet3/9
Sana24.12.2022
Hajmi252.6 Kb.
#1059816
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
Rahmatova Malika

Moslik turlari.


    1. ta’rif. Agar ikkita X va Y to‘plamlar orasidagi mosliklarning Gf grafigi X-Y dekart ko‘paytmasi bilan ustma-ust tushsa, bu moslik to‘la moslik deyiladi.

    2. ta’rif. Agar moslik grafigi Gf bo‘sh bo‘lsa (GJØ) moslik

bo‘sh moslik deyiladi.

Ixtiyoriy ikkita X va Y to‘plamlar orasida bo‘sh va to‘la


mosliklar mavjud bo‘lishi mumkin.
X va Y dekart ko‘paytma to‘plam ostilari ustida turli xil amallarni bajarish mumkin.

Masalan, X va Y to‘plamlar orasida berilgan xRy va xKy mosliklar birlashmasi deb, ularning grafiklari birlashmasidan


iborat xsy moslikka aytiladiki, xsy moslik faqat va faqat xRy
yoki xKy mavjud bo‘lsa bo‘ladi.
Nihoyat, f: A—+A moslik o‘rin almashtirish deyiladi, agar u biyeksiya bo‘lsa. Bundan ko‘rinib turibdiki, agar |A|=n bo‘lsa, A da n! biyeksiyalar mavjud.

    1. ta’rif: Agar f moslikning aniqlanish sohasi birinchi to‘plam bilan ustma-ust tushsa, f moslik hamma yerda aniqlangan deyiladi.



1.20-rasm



    1. ta’rif: Agar f-moslikning qiymatlar to‘plami ikkinchi to‘plam bilan ustma-ust tushsa, f moslik syur’ektiv deyiladi.

’ X

1.21-rasm


    1. ta’rif: Agar f moslikda birinchi to‘plamning har bir elementiga ikkinchi to‘plamning bittadan ortiq bo‘lmagan elementi mos kelsa, f moslik funksional deyiladi.


1.22-rasm



    1. ta’rif: Agar f moslikda ikkinchi to‘plamning har bir elementiga birinchi to‘plamning 1 tadan ortiq bo‘lmagan elementi mos qo‘yilgan bo‘lsa, f moslik in’ektiv deyiladi.

1.23-rasm



    1. ta’rif: Syur’ektiv va in’ektiv moslik bir so‘z bilan biektiv deyiladi.

1.24-rasm

    1. ta’rif: Hamma yerda aniqlangan funksional moslik akslantirish deyiladi.

1.25-rasm

    1. ta’rif: X va Y to‘plamlar orasidagi f moslik biektiv akslantirish bo‘lsa, X va Y to‘plamlar orasida o‘zaro bir qiymatli moslik o‘rnatilgan deyiladi.

1.26-rasm

Moslik turlariga misollar keltiramiz.


Misol: Aytaylik, X - kiyim iladigan garderobdagi paltolar to‘plami, Y esa shu garderobdagi ilgaklar to‘plami bo‘lsin.
Agar har bir palto ilgakga ilinib turgan bo‘lsa (polda yotmasdan) u holda X to‘plam Y to‘plamga akslantirish bo‘ladi.
Agar bu akslantirishda har bir ilgakka bittadan ortiq palto ilinmagan bo‘lsa (bo‘sh ilgaklar ham bo‘lishi mumkin), bu akslantirish in’ektiv bo‘ladi.
Agar hamma ilgaklar band bo‘lsa (bunda ayrim ilgaklarda bittadan ortiq paltolar ilingan bo‘lishi mumkin), bu akslantirish syur’ektiv bo‘ladi.
Agar har bir ilgakda bittadan palto ilingan bo‘lsa (o‘zaro bir qiymatli), bu akslantirish biektiv bo‘ladi.

    1. ta’rif: X va Y to‘plamlar orasida o‘zaro bir qiymatli moslik o‘rnatilgan bo‘lsa, bu to‘plamlar teng quvvatli deyiladi va qisqaeha X Y ko‘rinishda yoziladi.


Download 252.6 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling