Mavzu: Boltiqbo`yi mamlakatlari pensiya ta`minoti tizimining aholini ijtimoiy himoya qilishdagi ahamiyati. Bajardi


Download 153.98 Kb.
bet2/10
Sana16.04.2023
Hajmi153.98 Kb.
#1361265
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
EA KI

Kurs ishining obyekti. Boltiqbo`yi mamlakatlar pensiya ta’minoti tizimi kurs ishining obyekti sifatida tanlab olindi.
Kurs ishing maqsadi. Boltiqbo`yi mamlakatlarda pensiya tizmi va aholini ijtimoiy himoya qilishdagi farqli jihatlarini tahlil etish.Ushbu maqsadga erishish uchun quydagi vazifalar qo`yildi.

  • Boltiqbo‘yi mamlakatlarida pensiya ta’minoti tizimi va uni rivojlanish tendensiyalari o`rganish.

  • Boltiqbo‘yi respublikalarida aholini ijtimoiy himoya qilish tizimining umumiy va farqli jihatlari tahlil qilish.

  • Boltiqbo‘yi mamlakatlari pensiya tizimini so‘ngi yillardagi islohotlari tahlil qilish.

Kurs ishini tarkibi: Ushbu kurs ishi kirish, asosiy qisim uchta reja, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ro`yhati.


1.Boltiqbo`yi mamlakatlarida pensiya ta`minoti tizimini rivojlanish tendensiyalari.
Boltiqbo‘yi mamlakatlari pensiya ta’minoti tizimi uch darajali pensiya tizimi bo‘lib, tarkibiy jihatdan davlatning majburiy fondlashtirilmagan davlat pensiya ta’minoti dasturi, davlatning fondlashtirilgan pensiya ta’minoti sxemasi va xususiy-ixtiyoriy pensiya ta’minoti dasturlarini o‘z ichiga oladi. Bunda davlatning majburiy fondlashtirilmagan pensiya dasturi asosida davlatning bazis pensiya to‘lovlari avlodlar birdamligi tamoyili asosida moliyalashtiriladi.
Ikkinchi darajadagi davlatning fondlashtirilgan pensiya dasturi asosida jamg‘ariladigan tamoyilga asoslangan holda pensiya fondida jamg‘arma kapital to‘planib, undan investitsion dasturlarni moliyalashtirish orqali pensiya fondining qo‘shimcha daromadlari shakllantiriladi. Fuqaro ixtiyoriy ravishda uchinchi darajadagi pensiya sug‘urtasi dasturidan foydalanish huquqiga ega bo‘lib, bunda u o‘z keksalik davri turmush farovonligi ko‘rsatkichini sug‘urtalash imkoniga ega bo‘ladi (1-jadval). Estoniyada ish beruvchi ish haqi fondiga nisbatan 20 % yagona ijtimoiy to‘lov to‘lasa, ishlovchi hodim esa ish haqiga nisbatan 2 % pensiya sug‘urtasi badali to‘laydi.
Latviyada ish beruvchi tomonidan ish haqi fondiga nisbatan 10 % yagona ijtimoiy to‘lov va ishlovchi hodimning ish haqiga nisbatan 10% pensiya sug‘urtasi badali soliq sifatida ushlab qolinadi. Bundan 1-darajaga ish beruvchining yagona ijtimoiy to‘lovi va ishlovchi hodimning 5%lik pensiya sug‘urtasi badali yo‘naltirilsa, 2-darajadagi pensiya sxemasiga esa ishlovchi hodimdan ushlab qolingan qolgan 5 % pensiya sug‘urtasi badali o‘tkaziladi.
Litvada ish beruvchinng yagona ijtimoiy to‘lovi ish haqi fondiga nisbatan 23,3 %ni tashkil etib, yagona ijtimoiy to‘lovning 73,4 foizi 1-darajadagi pensiya sxemasini moliyalashtirishga yo‘naltiriladi va qolgan qismi bilan birgalikda

Download 153.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling