Mavzu: Boltiqbo`yi mamlakatlari pensiya ta`minoti tizimining aholini ijtimoiy himoya qilishdagi ahamiyati. Bajardi


-rasm. Latviyada aholini yosh va jins bo`yicha taqsimlash. 2021-yil.(ming kishi).5


Download 153.98 Kb.
bet4/10
Sana16.04.2023
Hajmi153.98 Kb.
#1361265
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
EA KI

1.3-rasm. Latviyada aholini yosh va jins bo`yicha taqsimlash. 2021-yil.(ming kishi).5
Mamlakatlarda aholi salomatligi, ta’lim va kasbiy malakaviy darajasini oshirishga alohida e’tibor qaratiladi. Ushbu chora-tadbirlar tizimi aholini ijtimoiy himoya qilish dasturining tarkibiy qismi hisoblanadi. 2021 yilda aholi salomatligini yaxshilash uchun Estoniyada YAIMga nisbatan 7,2 foiz, Litvada 8,2 foiz, Latviyada esa 9,8 foiz mablag‘lar yo‘naltirildi.6 Sog‘liqni saqlash sohasida amalga oshirilgan chora tadbirlar bugungi kunda mamlakatlardagi aholining umr davomiyligi ko‘rsatkichini ortishiga olib kelmoqda. Mazkur ko‘rsatkich 2021 yilga kelib Estoniyada 76,7 yil, Litvada 74,9 yil, Latviyada esa 74,5 yilni tashkil etdi.

1.4-rasm. Boltiqbo`yi mamlakatlarda aholini o`rtacha umr davomiyligi.7
Boltiqbo‘yi mamlakatlarida amal qilayotgan qonunchilikka asosan ularda o‘rnatilgan pensiya yoshini qayta ko‘rib chiqish maqsadga muvofiq. Latviyada 2022 yildan boshlab erkaklar va ayollar uchun pensiya yoshi 62 yosh etib belgilanib, pensiya olish huquqiga ega bo‘lish uchun fuqaro 10 yillik mehnat sug‘urtasi stajiga ega bo‘lishi kerak. Litvada esa ushbu ko‘rsatkich mosi ravishda 62,5-60 yosh bo‘lib, mehnat sug‘urtasi staji 30 yildan kam bo‘lmasligi lozim. Estoniyada bo‘lsa mehnat sug‘urtasi staji 15 yilni tashkil etib, erkaklar uchun pensiya yoshi 63 yosh bo‘lsa, ayollar uchun pensiya yoshi ularning tug‘ilgan yilidan kelib chiqqan holda 60-63 yosh o‘rtasida 6 oylik tafovut bilan belgilangan (1.2-jadval).
Amalga oshirilayotgan tadqiqotlarimiz natijalariga yanada aniqlik kiritish maqsadida, ushbu mamlakatlar guruhidagi mehnat bozori holatini tahlil qilish maqsadga muvofiq. Boltiqbo‘yi mamlakatlarida aholining kasbiy malaka darajasini oshirish maqsadida ta’lim xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida muntazam tarzda chora-tadbirlar amalga oshirilib kelinadi. Birgina 2016 yilning o‘zida Estoniya 4,8 foiz, Litva 4,6 foiz Latviya esa 4,9 foiz YAIMga nisbatan ta’lim tizimiga mablag‘ ajratdi. Ushbu sohada amalga oshirilgan islohotlarning samaradorligi tufayli mamlakatlarda aholi bandligi ta’minlandi. 2022 yilda ishsizlik ko‘rsatkichi Estoniyada 6,5 foizni, Litvada 8,2 foiz, Latviyada esa 9,6 foizni tashkil etdi

Download 153.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling