Mavzu: Boltiqbo`yi mamlakatlari pensiya ta`minoti tizimining aholini ijtimoiy himoya qilishdagi ahamiyati. Bajardi


-rasm. Boltiqbo`yi mamlakatlarida aholini ijtimoiy himoya qilishga yo`naltirilgan ijtimoiy nafaqalar


Download 153.98 Kb.
bet7/10
Sana16.04.2023
Hajmi153.98 Kb.
#1361265
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
EA KI

2.3-rasm. Boltiqbo`yi mamlakatlarida aholini ijtimoiy himoya qilishga yo`naltirilgan ijtimoiy nafaqalar.
Universal ijtimoiy nafaqalar aholining barcha ijtimoiy guruhlari uchun ularning turmush farovonligini oshirishga yo‘naltirilgan nafaqalarni o‘z ichiga oladi. Ushbu holat aholining iste’molini yanada yaxshilashga xizmat qilib, mamlakatdagi inflyatsiya darajasining aholi daromadlariga salbiy oqibatlarini yumshatishiga olib keladi.
Maqsadga yo‘naltirilgan ijtimoiy nafaqalar aholining ijtimoiy jihatdan muhtoj qatlamlari uchun tayinlanadigan pul mablag‘lari hisoblanadi. Ushbu nafaqalarni olish uchun fuqarolar tegishli tartibda mamlakatda o‘rnatilgan yashash minimumidan past darajadagi turmush farovonligiga bo‘lishi lozim. Ushbu nafaqalar bevosita aholining ijtimoiy jihatdan muhtoj bo‘lgan aholi qatlamlarini u yoki bu darajada ehtiyojlarini qondirishni nazarda tutadi va mamlakatda kambag‘allikdan himoyalanishning o‘ziga xos usuli sifatida namoyon bo‘ladi.
Aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi Boltiqbo‘yi mamlakatlarida ta’lim va sog‘liqni saqlash kabi ijtimoiy xizmatlarni ham ko‘rsatiladi. Bunga sabab mehnat bozorida ishchi kuchining ma’lumoti va kasbiy malakasi darajasini oshirish va ularni salomatligini ta’minlash hisoblanadi. shu bilan bir qatorda ushbu xizmatlardan foydalanish uchun sarflanadigan aholi xarajatlarini ma’lum darajada tejash imkonini beradi.
Boltiqbo‘yi mamlakatlarida aholini ijtimoiy himoyalash tizimi manzilli yo‘naltirilgan bo‘lib, aholining ijtimoiy jihatdan muhtojligi darajasidan kelib chiqqan holda ularga tegishli nafaqalar tayinlanadi. Shu bilan bir qatorda mamlakatda ijtimoiy adolatlilikni ta’minlash maqsadida universal ijtimoiy nafaqalarning tayinlanishi aholining turmush farovonligini muntazam oshirib borish imkoniyatini vujudga keltiradi.
3. Boltiqbo‘yi mamlakatlari aholini ijtimoiy himoya qilishga qaratilgan chora – tadbirlar.
Jahon amaliyotidan kelib chiqqan holda aytish mumkinki, har bir mamlakat pensiya taʼminoti tizimini isloh etishda avvalo mamlakatdagi demografik vaziyatni inobatga olgan holatda yondashadi. Xalqaro ekspertlar tomonidan ishlab chiqilgan ilmiy prognozlarga ko‘ra, 2050 yilga borib Boltiqbo‘yi mamlakatlari aholisi soni bir muncha kamayib, keksa aholining bog‘liqlik koeffitsiyenti ko‘rsatkichi ortadi.
Ushbu ko‘rsatkich Litvada 43,2ga, Estoniyada 43,0 ga va Latviyada esa 37,8 ga yetishi kutilmoqda (3.1-jadval). Mazkur mamlakatlar guruhida aholining yuqori qatlamdan keksayish jarayoni rivojlanib borishi va tug‘ilish koeffitsentining kamayishi hisobiga mehnatga layoqatli va pensiya yoshidagi aholi o‘rtasidagi nisbatni ortib borishi o‘z navbatida pensiya tizimida moliyaviy beqarorlik muammolarini vujudga keltirishi mumkin. Boltiqbo‘yi mamlakatlarida xalqaro ekspertlar va mamlakatlar hukumatlari tomonidan pensiya taʼminoti tizimini isloh etish chora tadbirlari amalga oshirilmoqda.

Download 153.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling