Mavzu: Boltiqbo`yi mamlakatlari pensiya ta`minoti tizimining aholini ijtimoiy himoya qilishdagi ahamiyati. Bajardi


-rasm. Boltiqbo`yi mamlakatlarda aholini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini umumiy va farqli jihatlari.9


Download 153.98 Kb.
bet6/10
Sana16.04.2023
Hajmi153.98 Kb.
#1361265
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
EA KI

2.1-rasm. Boltiqbo`yi mamlakatlarda aholini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini umumiy va farqli jihatlari.9
2.1-rasm ma’lumotlari shuni ko‘rsatadiki, har bir mamlakatda aholini ijtimoiy himoya qilish tizimi manzillilikka yo‘naltirilgan. Latviya va Litva mamlakatlarida kam daromadli aholi qatlamlarini aniqlash va ularga moddiy yordam ko‘rsatish o‘z navbatida maqsadga yo‘naltirilgan ijtimoiy nafaqalar orqali amalga oshiriladi. Ushbu aniqlash usuli mamlakatlarda tekshirilgan ijtimoiy muhtojlik nafaqasi deb ataladi. Shu bilan bir qatorda universal ijtimoiy nafaqalar mavjud bo‘lib, ular tekshirilmagan ijtimoiy muhtojlik nafaqalari deb ataladi. Umuman olganda har ikkala turdagi nafaqalar bevosita mamlakat aholisi turmush farovonligini oshirishga yo‘naltirilgan hisoblanadi..
Estoniyada ishlab chiqilgan aholini ijtimoiy himoya qilish mexanizmida nazarda tutilgan ijtimoiy guruhlar tarkibiga farzandi bor bo‘lgan yosh oilalar, ishsizlar (jumladan, ish qidirayotganlar va uzoq muddatdan beri ishsiz bo‘lgan aholi qatlamlari), ayrim turdagi band aholi guruhlari (norasmiy sektorda ixtiyoriy band bo‘lganlar, to‘liq bo‘lmagan ish kunida bandlar, ma’lumoti qyuori bo‘lmagan va kasbi bo‘yicha quyi malakaga ega bo‘lgan band aholi qatlamlari), maxsus ehtiyojga ega bo‘lgan fuqarolar (nogironlar va inson hayoti uchun xavfli hisoblangan surunkali kasallik aniqlangan shaxslar), keksa aholi qatlamlari (60 va undan yuqori yoshdagilar), jamiyatning marginal guruhlari (jamiyat hayotiga yetarli darajada moslasha olmagan jismoniy shaxslar.

2.2-rasm. Estoniyada aholini ijtimoiy himoya qilish strategiyasini qamrab olgan aholini ijtimoiy guruhlari.10
Rasmiy ma’lumotlarga ko‘ra, mamlakatda mazkur guruhga mansub aholi soni 50-70 ming kishi atrofida ekanligi aniqlangan). (2.1-rasm)
Boltiqbo‘yi mamlakatlarida aholini ijtimoiy himoya qilish chora tadbirlari davlat budjeti va turli maqsadli fondlar (majburiy tibbiy sug‘urta fondlari, bandlik fondi, davlat ijtimoiy sug‘urta fondi va boshqalar) tomonidan moliyalashtirilib, aholini ijtimoiy jihatdan qo‘llab quvvatlash uchun ushbu mamlakatlar guruhida universal va maqsadga yo‘naltirilgan ijtimoiy nafaqalar tayinlanadi. Ushbu holat iste’mol bozoridagi talabni rag‘batlantirishga xizmat ko‘rsatadi va aholining ma’lum bir darajadagi ehtiyojlarini qondirilishida muhim ahamiyat kasb etadi.


Download 153.98 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling