Mavzu: Dialog nutqining xususiyatlari


Download 37 Kb.
bet1/8
Sana19.04.2023
Hajmi37 Kb.
#1364687
  1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Zulfizar kurs ishi Ho\'t

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA'LIM VAZIRLIGI


Urganch Davlat Universiteti
Filologiya fakulteti
3-kurs 185-guruh talabasi
Abdullayeva Zulfizarning
“Hozirgi o‘zbek adabiy tili” fanidan yozgan
Kurs ishi

Mavzu: Dialog nutqining xususiyatlari.

Topshirdi: Abdullayeva Zulfizar
Qabul qildi: Nilufar Ro‘zmetova
Urganch – 2021-yil

Dialog nutqining xususiyatlari

Reja:


1. Yozma va og‘zaki nutq haqida ba'zi mulohazalar.
2. Dialog – ko‘chirma gap turi sifatida.

3. Dialog nutqining xususiyatlari.


4. Dialogning monologdan farqi.


5. Dialog va to‘liqsiz gap munosabati.



Xulosa.

Kirish. Til murakkab qurilishga molik bo‘lib, dastlab uning ikki holati – lison va nutq farqlanadi.. Lison - kishi ongidagi til xotirasi qismida mavjud bo‘lgan til birliklari va ulardan foydalanish qoidalaridan iborat boylik. Nutq esa ana shu boylikdan foydalanish jarayoni va shunday jarayonning hosilasidir. Demak, lison hali voqelanmagan, ongimizdagi til birliklarning ba’zasi bo‘lib, bu ba’za ma’lum ijtimoiy omillar tufayli boyib boradi yoki, aksincha, qashshoqlashadi. Ongimizdagi lisoniy ba’zaning qay darajada ekanligi nutqimizda, dialogik muloqotda namoyon bo‘ladi.
Mavzuning dolzarbligi. O‘zbekiston Respublikasining iqtisodiy, ijtimoiy, siyosiy va madaniy-ma’naviy sohalardagi rivoji fan va ta’lim darajasini yanada kuchaytirish, fanlarning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligiga erishishning yangi bosqichlariga ko‘tarishni dolzarb qilib qo‘ymoqda. Ayniqsa, til ta’limining milliy ma’naviyatni yuksaltirishdagi roli haqida so‘z ketar ekan, O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov yozadi: “Ayni vaqtda jamiyatimizda til madaniyatini oshirish borasida hali ko‘p ish qilishimiz lozimligini ham unutmasligimiz kerak. Ayniqsa, rasmiy doiralarda adabiy til qoidalariga rioya qilmaslik, faqat ma’lum bir hudud doirasida 1ishlatiladigan sheva elementlarini qo‘shib gapirish holatlari uchrab turishi bu masalalarning hali-hanuz dolzarb bo‘lib qolayotganini ko‘rsatadi. Bu haqida so‘z yuritganda bobomiz Alisher Navoiyning “Tilga e’tiborsiz – elga e’tiborsiz” degan so‘zlarida naqadar chuqur hayotiy haqiqat mujassam ekanligiga yana bir bor ishonch hosil qilamiz. Darhaqiqat, istiqlol xalqimizning ma’naviy uyg‘onishi uchun to‘la imkoniyat yaratdi”1. O‘zbekiston Prezidenti I.A.Karimov o‘zining bir qator risola va nutqlarida kishilar dunyoqarashi va jamiyat mafkurasining shakllanishida ijtimoiy fanlarning, xususan, adabiyotshunoslik va tilshunoslik fanining o‘rni beqiyosligini ta’kidlab o‘tadi .
Dunyo tilshunosligining hozirgi holati fanimizda yangi yo‘nalishlarning shakllanishini taqozo qilmoqda. Ular diqqat markazida “lison-nutq” masalasini turli daraja va ko‘rinishda namoyon qiluvchi “til va jamiyat”, “til va madaniyat”, “til va shaxs”, “milliy til va milliy tafakkur” kabi substansial asoslarda hal qilinuvchi nutqiy muammolar turadi. Jahon tilshunosligida XX asr so‘nggida shakllanib, jadal rivojlanayotgan fanning yangi tarmoqlari (paradigmalari) bo‘lgan sotsiolingvistika, pragmalingvistika va ularning sintezidan iborat sotsiopragmalingvistika kabi ilg‘or fan yo‘nalishlari aynan shu masalalar tadqiqi bilan shug‘ullanmoqda. O‘zbek tilidagi lisoniy hodisalarning nutqiy voqelanishini ijtimoiy-lisoniy nuqtayi nazardan, ya’ni so‘zlovchi va tinglovchi shaxsi bilan bog‘liq ravishda tadqiq qilish bu boradagi muammolar yechimiga daxldorligi bilan xarakterlanadi.

Download 37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling