Mavzu: Dialog nutqining xususiyatlari
Dialog – ko‘chirma gap turi sifatida
Download 37 Kb.
|
Zulfizar kurs ishi Ho\'t
Dialog – ko‘chirma gap turi sifatida.
Dialog nutq shakllaridan biri bo‘lib, unda har bir fikr to‘g‘ridan-to‘g‘ri suhbatdoshga qaratilgan bo‘ladi. Dialogik nutqning sintaktik qurilishi monologik nutqqa qaraganda sodda tuziladi. Dialog fikrlarning qisqaligi bilan ajralib turadi. Unda suhbatni davom ettirish uchun eng zarur narsalargina ifodalanadi. Voqealar keng izohlanmaydi. Shu jihatdan ham dialog monologga o‘xshamaydi. Dialog so‘roq, buyruq va darak gaplardan tashkil topadi. Qozi (kirib). Ha, keldimi? Mullado‘st. Ha taqsir, ichkaridalar. Qozi ( kira turib). Eshikdan boxabar bo‘lib turing. Mullado‘st. Хo‘p, eshik bizning haramimiz bo‘lib qoldi-ya... (chiqar) Qozi. Ha, Maysara opa, keling, o‘tiring, o‘tiring! Maysara (ta’zim bilan). Тaqsirim, keldim. (O‘tirib) Ammo bir xizmatnibajo keltirolmadim. Lekin erta oqshom mahbuba bilan suhbatlari muborak bo‘lsin... (Hamza, «Maysaraning ishi») Ko‘chiriladigan gap bittadan ortiq shaxsning o‘zaro so‘zlashuvidan iborat bo‘lsa, bunday ko‘chirma gaplar avtor gapisiz-dialog shaklida beriladi. Dialog shaklidag gaplarning kimga qarashli ekanlig nutq jarayonida malum bo‘ladi. -Rais, og‘ochamiz ko‘p zararlanibdimi? -Ha ko‘p zararlanibdi. Uni tezda davolash zarur. Dialogik nutq kishining kim bilandir muloqotga kirishish ehtiyojidan kelib chiqadi. Dialogik vaziyatni hosil qilish uchun nutqiy motiv, ya’ni suhbatning asosiy mazmuni, g‘oyasi yoki maqsadi bo‘lishi lozim. Agar motiv bo‘lmasa, dialog ham hosil bo‘lmaydi. Motiv dialogning shakli, ko‘rinisni, mazmuni va unda foydalanish mumkin bo‘lgan til birliklarini belgilab beradi. Masalan, shogird ustozidan o‘zi tushunmagan amaliy ko‘nikmani so‘ramoqchi. (Ana shu so‘rash ehtiyoji dialogning motivi hisoblanadi.) Bu jarayonda shogird o‘zini anchayin bosiq tutadi, so‘roq gapdan foydalanadi, ustozining har bir so‘zini diqqat bilan eshitadi. Ustoz esa shoshmasdan gapiradi, iloji boricha sodda gaplardan foydalanadi, darak gaplarni ishlatadi, grammatik shakl va adabiy til me’yorlariga amal qiladi. Fikrimiz isboti uchun quyidagi misolni olib ko‘ramiz: Shogird ustozining oldiga ohista yaqinlashdi. Bu paytda Mavlono Fazliy mutolaa bilan band edi. – Xo‘sh – dedi kitobdan boshini ko‘tarib. –Aytingchi, ustoz,–dedi bola.– Qanday qilib tib ilmida insonlarni yorish mumkin? Axir jonzodlarga, jumladan insonga ozor berish gunohi azim degandingiz. –Ha, to‘g‘ri, Olloh taolo yaratgan jamiki jonzodlarga, jumladan insonlarga xoh tildan, xoh amaldan bo‘lsin ozor berish gunohi azim hisoblanadi. Lekin, bemorning dardini yengillashtirish, hayotini saqlab qolish maqsadida a’zosiga tig‘ tekkizib davolash joizdir. Bu ishni dastlab shayx ur-rais Ibn Sino hazratlari boshlab berishgan. Bugun ham turli shifoxonalarda bemorlarning hayotini saqlab qolish va dardlariga shifo berish uchun ularning biror yerlarini tig‘ bilan yorilmoqda. – Marg‘ilon jangida oyog‘iga dushman o‘qi tekkan jangchini shuning uchun yorishganmi?–so‘radi shogird. – Uni sen ham ko‘rganmiding? – ustoz ajablandi. –Ha, uning baqirganidan cho‘chib nima bo‘ldiykan, deb chodirdan boshimni chiqargan edim, – tushuntirdi bola. – Bechora o‘shanda ko‘p azob tortgandi, lekin tuzaldi. – Uztoz u kim?–qiziqsinib so‘radi. – Mana shu o‘zimizning jiyanimiz Tohirda. –Tohir akamidi?–bolaning zavqi keldi. –Qoyil, men bo‘lsam jarrohlikdan qo‘rqib yuribman. – Odamlarga yaxshilik qilishdan qo‘rqilmaydi, bolam. Ushbu dialogda so‘roq olmoshlaridan, sodda gaplardan, hissiy-ekspressiv so‘zlar (Tohir akamidi? Qoyil, bolam )dan foydalanilgan. U savol-javob va mulohaza tarzida bo‘lib o‘tgan. Unda ustozning shogirdiga iliq munosabati, ikki o‘rtadagi o‘zaro hurmat sezilib turadi. Demak, diаlogik nutqning shakllari suhbat jarayonida yuzaga keladi. Dialogik nutq ham insonning muloqot shakli hisoblanadi. Inson nutqi sifatida dialogik nutq ham amalda bo‘lgan muomala etikasi va tamoyillariga bo‘ysunadi. Ikki kishi o‘rtasidagi har qanday suhbatni dialog sifatida e’tirof etish mumkin. Ammo bu nutqning o‘ziga xos xususiyatlari ana shu ikki kishi o‘rtasida yuzaga kelgan suhbat jarayonida ochiladi. Suhbatning maqsadi va mavzusi, suhbatdoshlarning o‘zaro munosabati, yoshi, jinsi, dunyoqarashi, bilimi, jamiyatda tutgan o‘rni, mavqei dialogik nutqning mazmunini belgilaydi. Shundan kelib chiqib, undagi tildan foydalanish xususiyatlarini ham aniqlaydi. Dialogik nutqda odatda tilning so‘zlashuv uslubining xusuisyatlaridan ko‘plab foydalaniladi. Masalan, majoziy ifodalar, iboralar, hikmatli so`zlar, maqollar, matallar, metafora, metonimiya, sinekdoxa, vazifadoshlik, kinoya, piching, kesatiq, ohang, sodda gap, so‘z-gap, so‘roq olmoshlari, to‘liqsiz gap, undov, taqlid, sheva, ijtimoiy tarmoq leksikasi va boshqalar. Misol uchun, yozuvchi Tohir Malikning “Shaytanat” qissasidan olingan quyidagi parchalarni olib ko‘raylik: “Giyohvand yigitlardan birining pastki labi osilgan, ko‘zlari chaqchaygan, ikkinchisining qarashlari sovuq, o‘ng yuzida uzun tirtiq bor edi. – Bilagingni ko‘rsat, – dedi Zohid tirtiqqa. U “shu ham ishmi deganday” erinibgina kurtkasini yechib, ko‘ylagining yengini shimardi. Labi osilgan yigitning ham bilagida igna izlari bor edi. Ularning giyohvandligiga Zohidda shubha qolmadi. – Kukunni qayerdan olardilaring?–deb so‘radi Zohid. – Bratanga aytganmiza, qayoqdan oganuvzani,–dedi labi osilgan yigit. – Menga ham ayt. – Lola ko‘chasida o‘n yettinchi uyda turadigan Sharif aka degan kishi. – Ikkoving birga borganmisan? – Bir xil paytda men borardim, bir xil paytda u borardi, bir xil paytda ikkalavuza borardik”. Nutq parchasida til birliklaridan foydalanishga e’tibor bersak, suhbat asosan savol-javoblardan iborat. Ya’ni gaplarning ma’lum qismini so‘roq gaplar tashkil etadi. Ular tuzilishiga ko‘ra sodda va to‘liqsiz gaplardan iborat. To‘liqsiz bo‘lishiga sabab, undagi ma’no avvalgi gapdan yoki umuman suhbat mazmunidan anglashilyapti. Shuning uchun ega yoki boshqa bo‘laklar bo‘lmasa ham gap tushunarli bo‘lyapti. Ayrim gaplarda uzulishlar ro‘y bergan. (–Lola ko‘chasida o‘n yettinchi uyda turadigan Sharif aka degan kishi.) va uzilishlar ham aniq bir maqsadni ko‘zda tutadi. Gapdagi mazmundan yigitlar Sharifni tanimasligi sezilib turibdi. “Brattan”, “soqqa” kabi til birliklari bu toifa odamlarga xos. Yigitlar Toshkent shevasi vakillari ekanligiga ishoradir. Shuningdek, suhbatdan savol beruvchi va tobelarning munosabati yaxshi emasligi ham bilinib turibdi. Demak, ushbu dialogda to‘liqsiz gap (Bilagingni ko‘rsat), so‘roq gap (Kukunni qayerdan olardilaring?), shevaga xos birliklardan (Bratanga, oganuvzani), sodda gaplardan foydalanilgan. Uslubiy jihatdan so‘zlashuv uslibiga xos. Chunki unda til birliklaridan erkin foydalanish va grammatik talablarga amal qilmaslik ko‘rinadi(Lola ko‘chasida o‘n yettinchi uyda turadigan Sharif aka degan kishi). Download 37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling