Mavzu: Dialog nutqining xususiyatlari


Mavzuning o‘rganilganlik darajasi


Download 37 Kb.
bet2/8
Sana19.04.2023
Hajmi37 Kb.
#1364687
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Zulfizar kurs ishi Ho\'t

Mavzuning o‘rganilganlik darajasi. O‘zbek tilshunosligida dialogik muloqotning o‘ziga xos xususiyati, tiplari va turlari, uning struktural qurilishi hamda vazifalarini aniqlashga oid tadqiqotlar sanoqli. Masalan, dialog hamda uning badiiy asardagi o‘rni to‘g‘risida akademik M.Qo‘shchonov o‘zining “Ijod saboqlari” kitobida qisqa va umumiy ma’lumot bergan. N. Hotamov va B. Sarimsoqovlarning “Adabiyotshunoslik terminlarining ruscha-o‘zbekcha izohli lug‘ati”da dialogning asosan dramatik asarlardagi vazifalariga to‘xtab o‘tilgan. Tadqiqotchi G. Imomova “Tipik milliy xarakterlar yaratishda badiiy nutqning roli” mavzusidagi nomzodlik dissertatsiyasida, garchi birinchi bobning 3-bo‘limi “Dialog, monolog va ichki nutqda milliy xarakterning ifodalanishi” deb nomlangan bo‘lsa-da, dialog va monolog atamalariga ta’rif berishni ortiqcha hisoblab, “asarlarda dialog ikki va undan ortiq kommunikantning o‘zaro muloqoti, tortishuvi, bir-birini inkor etuvchi turli xil e’tiqodi va xarakterini tasvirlash vositasi” ekanligini qayd etish bilan cheklanadi. Tilshunos O‘.Lafasovning “Dialogik nutqda subyektiv modallikning ifodalanishi” mavzusidagi nomzodlik ishida dialogik nutq tarkibida faqat modal so‘zning qo‘llanilishi to‘g‘risida fikr yuritiladi. Professor A.G‘ulomov va M.Asqarovalar “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” (Sintaksis) darsligida dialog savol-javobdan iborat bo‘lganda to‘liqsiz gaplar javob gap tarzida kelishini qayd qilgan bo‘lsa, O‘zbekiston Fanlar Akademiyasi Til va adabiyot instituti tomonidan nashr etilgan “Hozirgi o‘zbek adabiy tili”da dialog to‘liqsiz gapning bir turi sifatida ko‘rsatiladi va dialogik nutq tarkibida keluvchi to‘liqsiz gaplarning tuzilishi ustida fikr yuritiladi.
Umuman olganda, o‘zbek tilshunosligida dialogik nutq masalalarini ilmiy asosda o‘rganish o‘tgan asrning 60-70-yillariga to‘g‘ri keladi. Bu davrda yaratilgan tadqiqotlar sirasiga A.Boboyeva, A.Shomaqsudov ilmiy izlanishlarini alohida e’tirof etish mumkin. Mazkur manbalarda dialogik nutqning xususiyati va uning monologik nutq shaklidan farqli tomonlari, dialogik nutq tarkibidagi to‘liqsiz gaplar, dialogik nutqdagi so‘z tartibi kabi masalalar xususida so‘z yuritiladi. Chunonchi, A.Boboyeva to‘liqsiz gaplarning yuzaga kelishi o‘z tabiatiga ko‘ra dialogik nutq bilan ayniqsa, so‘zlashuv nutqi bilan bog‘liq hodisa ekanligini ta’kidlaydi. So‘zlashuv nutqida uchraydigan savol-javob shaklidagi dialog va uning to‘liqsiz gaplardan farqi, dialog va monolog o‘rtasidagi tafovut kabi masalalar A.Hazratqulovning ishida qayd etilgan. Shuningdek, ayrim ishlarda dialogdagi, dialogik strukturadagi hamma hodisalar adabiy normativ hodisa emasligi, shu bois bu muammoni manbalarda adabiy til asosida o‘rganish, ya’ni tadqiqot obyekti bo‘lgan dialogik nutqni adabiy til tushunchalari bilan birgalikda qo‘llash munozarali ekanligi ta’kidlanadi.

Download 37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling