Mavzu: Dialog nutqining xususiyatlari


Dialog va to‘liqsiz gap munosabati


Download 37 Kb.
bet7/8
Sana19.04.2023
Hajmi37 Kb.
#1364687
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Zulfizar kurs ishi Ho\'t

Dialog va to‘liqsiz gap munosabati
To‘liqsiz gaplarda ma’lum fikmi ifoda qilish uchun zarur bo‘lgan bo‘laklaming ma'lum qismi tushirilgan bo‘ladi, lekin fikr to‘liq ifodalangan bo‘ladi:
Yaxshi topib gapiradi, yomon – qopib.
-Teatrga bilet oldingmi?
-Oldim.
To‘liqsiz gaplarda tushirilgan bo‘laklar gapning mazmunidan, ko‘pincha, oldingi gapdan anglashilib turadi. To‘liqsiz gaplarga uning tushirilgan bo‘lagi yoki bo‘laklari qo‘shilsa, grammatik jihatdan mukammal gap hosil bo‘ladi-yu, biroq fikming ixcham, ta’sirli bayon qilinishga erishilmaydi. To‘liqsiz gap biron bo‘lagi yetishmagan gap emas, u sodda gapning alohida bir turi, ma’lum mazmunni ifodalashda qo‘llaniluvchi stilistik vositadir.
To‘liqsiz gaplar, ko‘pincha, o‘zaro suhbatlashuvda, dialoglarda qo‘llanadi. Shuningdek, monologlarda ham to‘liqsiz gaplar qo‘llanadi. Masalan: Tikansiz gui bo‘lmas, mashaqqatsiz hunar. Oltin o‘tda bilinadi, odam – mehnatda. Suvsiz hayot bo‘lmas, mehnatsiz rohat…
Nutq vaziyatidan ma’lum bo‘lgan ayrim bo‘laklari tushirilgan gap to‘liqsiz gap deyiladi.
- Familiyangiz nima?
-A ’zamxonov.
- Ulardan xat keladimi?
- Keladi, keladi.
To‘liqsiz gaplar suhbatda, so‘zlashuv nutqida va badiiy asarlarda ko‘proq qo‘llaniladi.
- Shu voqeadan so‘ng kuyovingiz aniq kelganmi edi?
- Kelgan edi, qizim.
- Ertaga teatrga borasanmi?
-Yo‘q, borolmayman.
- Avlod uchun otadan ham ulug‘roq kishi bormi?
-Bor.

Xulosa

Nutq o‘z navbatida ikkiga bo‘lib o‘rganiladi: 1. Monologik nutq. 2.Dialogik nutq. Til dialogik muloqotda jonlanadi. Aynan dialogik muloqot jonli til doirasini belgilovchi muhim omil hisoblanadi. Til qaysi sohada qo‘llanilmasin, unga ma’lum ma’noda dialogik munosabat singdiriladi. Bu munosabat esa so‘zda namoyon bo‘ladi. Dialoglarning tuzilishi ko‘p jihatdan muallif bayonining uslubiy qurilishini belgilab beradi. Dialog orqali qahramonning xarakteri, dunyoqarashi, fikrlash doirasi tabiati to‘laroq ochib beriladi. Badiiy asarda muhim o‘rin tutgan dialog muammosini turli yo‘llar va usullar yordamida bir qancha olimlar tadqiq qilganlar. Ana shunday olimlar qatorida adabiyotshunos Yo‘ldosh Solijonov qarashlari o‘z o‘rniga ega. Dialogni tuzilish sistemasi nuqtayi nazaridan tekshirish ko‘p jihatdan ma’qul va foydaliroqdir. Bunda tadqiqotchi dialogning ham ichki, ham tashqi organizmi a'zolarini chuqurroq va batafsilroq o‘rganish imkoniga ega bo‘ladi. Aslida dialog strukturasi degan tushunchaning o‘zi turlicha yondashishni talab qiladi. Agar tilshunoslar dialogda ishtirok etayotgan qahramonning xalq jonli so‘zlashuv tilidan foydalanish darajasi, ularning grammatik, sintaktik, fonetik talablarga javob bera olishi, sheva hamda lahja elementlarining ishlatilish me'yori, dialogning stilistik qurilishi masalalari bilan ko‘proq shug‘ullansalar, adabiyotshunoslar yuqoridagilar bilan birgalikda yozuvchining shaxsiy uslubini, uning asar kom pozisiyasini tashkil etish, syujetini rivojlantirish va obraz yaratish, qahramonlar nutqini individuallashtirish mahoratini, dialoglarning struktural elementlarini aniqlash va tadqiq qilish yo‘lidan boradilar. Hozirgi adabiy jarayonda mavjud dialoglar tizimini tadqiq etishga kirishar ekanmiz, avvalo, uning asosiy tiplari, turlari va shaklla rini aniqlab olishimiz zarur. Chunki hozirgi paytda bu masalani o‘zimizga avvaldan tanish bo‘lgan yo‘nalishlar tilshunoslik nuqtai nazaridan dialogni adabiy tilning elementi sifatida gap qurilishi va grammatik - stilistik yechimlari asosida va adabiyotshunoslik fanining ob'ekti sifatida birgina funksional mundari javiy vazifalari nuqtai nazaridan yondashib tahlil etish kamlik qiladi. Zero, bu yo‘nalishlar vaqt o‘tishi bilan biroz eskirdi ham, buning ustiga dialoglarning so‘nggi yillarda paydo bo‘lgan yangi xususiyatlarini o‘z doirasiga qamrab ololmaydi ham. Adabiyotshunos Yo‘ldosh Solijonov hozirgi o‘zbek nasridagi dialoglarning eng ko‘p tarqalgan ikki xil tipini ajratib ko‘rsatadi. Bular: 1. Tavsifiy dialoglar. 2. Dramatik dialoglar.


Biz bilamizki, og‘zaki nutqni oshiruvchi omillardan biri dialogik nutqdir. Dialogda ikki va undan ortiq kishi, tinglovchi hamda gapiruvchi sifatida navbatma-navbat axborot almashadilar.
Dialog quyidagi asosiy xususiyatlarga ega:
- ajralmas dialogik birlikning nutqiy vaziyatga mos kelishi;
- dialog faqat munosabatgina emas balki gapirishga undovchiva javob jumlalarini almashish natijasi hamdir;
- dialogik birlikdagi qisqartmalarning o‘z o‘rnida qo‘llanishi;
- suhbatning mazmunan bog‘liq bo‘lishi.
Dialog til o‘rganishda katta ahamiyatga ega. Kollej o‘quvchisi dialogning quyidagi mazmundagi ko‘rinishlarida ishtirok etishlari maqsadga muvofiq:
- uchrashuv va salomlashish;
- o‘zini tanishtirish;
- iltimos bilan murojaat etish
- ma’lumotlarni olish va berish;
- muammolarni hal etish;
- norasmiymuhokamalarda ishtirok etish;
- taklif etish va taklifni qabul qilish/rad etish;
- turli mavzularni muhokama etishda o‘zining shaxsiy qarashlari va fikrlarini bildirish;
- ishonch, fikr, rozilik va rad qilishni xushmuomalalik bilan ifodalash;
- o‘zgalar fikrini qisqacha sharhlash;
- his-tuyg‘ularni ifodalash va ularga javob qaytarish.
Dialog nutq shakllaridan biri bo‘lib, unda har bir fikr to‘g‘ridan to‘g‘ri suhbatdoshga qaratilgan bo‘ladi. Dialogik nutqning sintaktik qurilishi monologik nutqqa qaraganda sodda tuziladi. Dialog deganda ikki va undan ortiq kishilarning o‘zaro suhbati tushuniladi. Dialogda har bir shaxsning gapi xat boshidan tire qo‘yib yoziladi.
Juftnutqning asosini turli replikalar tashkil etadi. Replikalar gapirishga undovchi va javob jumlalaridan iborat bo‘ladi. Replikalar birikuvidan dialogik birlik hosil qilinadi. Ulardan savol - javob, savol - savol, xabar - savol, xabar - xabar, xabar - qo‘shimcha xabar, gapga undash - xabar, gapga undash – savol singarilar juftnutqda keng tarqalgan.
Juftnutqning asosiy xususiyatlari quyidagilar: a) ajralmas ikki replika(dialogik birlik) ning nutqiy vaziyatga mos kelishi; b) juftnutq faqat savol – javob emas, balki turli replikalarning almashishi natijasidir; c) dialogik birlikdagi ellips va qisqartmalarning o‘z o‘rnida qo‘llanishi; d) suhbatdoshning replikasi sheriginiki bilan mazmunan bog‘lanishi. Undovchi (stimul) replikani avvalo tushunib, so‘ngra javob (reaksiya) replikasi aytiladi. Dialogik nutqda ikki va undan ortiq sheriklar tinglovchi/gapiruvchi sifatida navbatma-navbat axborot almashinadilar. Dialogik nutqni oldindan to‘liq tayyorlab turish imkoniyati yo‘q. Nutq oqimida turli-tuman fikrlar almashinadi6.
Biz bilamizki, monologik va dialogik nutq ustida ko‘pgina tilchi va adabiyotshunos olimlar ish olib borishgan. Shulardan O‘.Hoshimov va I.Yoqubov ingliz tilida gapirishni o‘rgatishni o‘ziga xos qiyinchiliklari va xususiyatlarini aniqlashgan.
Xulosa qilib shuni aytish mumkinki, dialogik nutq jarayoni juda murakkab, serqirra jarayon bo‘lib, suhbatdoshga suhbat vaziyati, muhiti va mazmunidan kelib chiqib munosatda bo‘lish maqsadga muvofiq bo‘ladi hamda uning asosiy xususiyatlari yuqorida keltirilganlardan iborat.


Download 37 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling