Mavzu: Dialog nutqining xususiyatlari
Download 37 Kb.
|
Zulfizar kurs ishi Ho\'t
- Bu sahifa navigatsiya:
- Yozma va og‘zaki nutq haqida ba’zi mulohazalar.
Kurs ishining maqsadi. Ushbu kurs ishining maqsadi og‘zaki va yozma nutq, dialog hamda monolog xususida ma’lumotlarga ega bo‘lish, va asosiysi, dialogning umumiy xususiyatlarini kengroq tahlil etishdan iborat.
Kurs ishining tuzilishi va hajmi. Kurs ishi kirish, asosiy qism,xulosa hamda foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxatidan tashkil topgan. Ishning umumiy hajmi 22 sahifadan iborat. Yozma va og‘zaki nutq haqida ba’zi mulohazalar. Ma’lumki, nutq og‘zaki va yozma ko‘rinishlarga ega. Og‘zaki nutq so‘zlovchi gapirib turgan vaqt birligidagina mavjud bo‘lib, bu jarayon tugashi bilan nutq ham tugaydi. Ammo nutq ta’sirida uyg‘ongan hayajon, berilgan axborot ma’lum vaqtgacha tinglovchi ongida saqlanishi, uning xulqiga ta’sir etishi mumkin. Og‘zaki nutq xususiyatlari sifatida quyidagilarni ko‘rsatsa bo‘ladi: Og‘zaki nutq tezkorlik bilan (avtomatik tarzda) amalga oshadi. Tushunchalar bilan “uning libosi” bo‘lgan so‘z birgalikda “yashin tezligida” tilga kela boshlaydi. Ba’zan tushunchani ifodalovchi so‘zni o‘sha tezlikda so‘zlovchi topa olmay qoladi. Unga yaqin yoki o‘ylangan tushunchani ifodalay olmaydigan so‘zlarni ishlatib yuboradi. Natijada, aytilgan nutq (gap, gaplar) ko‘zlangan maqsadni, fikrni to‘liq ro‘yobga chiqarmaydi. Bundan tinglovchi ham, so‘zlovchi ham zarar ko‘radi. Og‘zaki nutqda so‘z birikmalari va gaplarning modellari aytilmoqchi bo‘lgan fikrga monand holda tezkorlik bilan tanlanadi. Gap qurilishini, modellarini aql nazorat qilib boradi. Fikrni aytilganlarni xotirada ushlab turgan holda rivojlantirishga to‘g‘ri keladi. Agar xotira ozgina “dangasalik” qilsa gap tuzilishi, so‘z birikmalari o‘zaro mantiqan va grammatik bog‘lanmay qoladi. Chunki yangi qism avvalgi qism unutilgani uchun u bilan moslashmay olmaydi. Og‘zaki nutq tahrir imkoniyatidan mahrum. U qanday shaklda borliqa kelgan bo‘lsa, shundayligicha tinglovchiga havola qilinadi. Og‘zaki nutqda, odatda, muloqot uchun eng zarur narsalargina zuhur etiladi. Bu bir tomomdan vaqt iqtisodi bilan, ikkinchidan, nutq kuchini tejash bilan bog‘liq. Shunga ko‘ra, unda uzundan- uzoq kirish, keng izohlar kam uchraydi. Aksincha, hodisalarning, narsalarning o‘zaro bog‘liqlik darajalari, ularning tinglovchi va so‘zlovchiga ravshanligi darajasi hisobga olinadi. Faqat zarurat his etilgandagina avvaldan ma’lum narsalarga izoh beriladi. Og‘zaki nutq so‘z boyligi jihatidan yozma nutqqa nisbatan ancha kambag‘al bo‘ladi. Unda bir xil so‘zlar, bir xil shakllar bir qadar ko‘proq takrorlanadi. Bu hol til vositalarini tanlash qiyinchiliklari bilan bog‘liqdir. Fikrni ifodalash usuliga ko‘ra nutq ikki xildir: Og‘zaki nutq. Yozma nutq Og‘zaki nutq bilan yozma nutq o‘zaro ma’lum darajada farqlanadi. Bular tubandagicha: og‘zaki nutq yozma nutqqa qaraganda, juda qadimiydir. Og‘zaki nutqni eshitamiz, yozma nutqni esa ko‘ramiz, o‘qiymiz, Og‘zaki nutq formal ko‘rsatkichga ega emas, yozma nutqning formal belgilari juda ko‘p va rang-barangdir. Og‘zaki nutqda intonatsiya xizmat qilsa, yozma nutqda tinish belgilaridan foydalaniladi. Dialoglarni o‘zlashtirma gaplarga aylantirib yozish, badiiy asarlardagi dialoglarni ko‘chirish va ularni o‘zlashtirma gaplarga aylantirib yozish yozma nutqni o‘stirishga katta yordam beradi. Bunday mashq ijodiy fikrlashga, savodli va ixcham jumlalar tuzishga yordam beradi. Yozma nutq og‘zaki nutqdan quyidagi xususiyatlari bilan ajralib turadi: nutqni yozayotganda muallif vaqt jihatdan bemalol fikrlash imkoniyatiga ega bo‘lishi, o‘z nutqi qismlarini va butun nutqni qayta-qayta tahrir qilishi, o‘zi uchun eng mos imkoniyatlarni tanlashi, gap tuzilishini qulaylashtirishi mumkin. Shuning uchun ham yozma nutq og‘zaki nutqdan ravondir. Nutqiy faoliyat inson faoliyatining asosiy qismi bo‘lib, nutqiy jarayonda uning bir necha turlaridan foydalanamiz. Odamning nutqiy faoliyati nutqning kimlarga, qay tarzda bayon etilishi va suhbat ishtirokchilarining soniga ko‘ra turlarga bo‘linadi. Bular quyidagilardir: 1. Monologik nutq. (Bir kishilik nutq). 2. Dialogik nutq. (Ikki kishlik nutq). 3. Polilogik nutq. (Ko‘pchilik nutqi). Nutqiy faoliyatning yuqoridagi turlari orasida nutqiy jarayonda ko‘p qo‘llaniladigani dialogik nutq bo‘lib, u ikki kishining o‘zaro suhbatidan tashkil topadi. Dialog so‘zi yunoncha so‘z bo‘lib, “dia”–ikki, “logos”– suhbat degan ma’noni bildiradi. Demak, ikki kishining o‘zaro suhbati dialog deyiladi. Kundalik hayotimizda nutqiy faoliyatnng bu turidan turli vaziyatlarda foydalanamiz. Badiiy adabiyotda ham dialoglardan ko‘p foydalaniladi. Masalan. A.Navoiyning “Farhod va Shirin” dostonida Farhod va Xusrav o‘rtasidagi dialogda Farhodning o‘z maqsadi yo‘lida o‘limdan ham qaytmaydigan, sadoqatli, komil inson ekanligi, Xusravning esa razil, pastkash kishiligi ochib beriladi. Shu dostonning boshqa qismida Farhod va Shirin o‘rtasidagi muloqot, “O‘tkan kunlar” romanida Otabek bilan Kumushning, “Mehrobdan chayon” asarining bosh qahramonlari Anvar bilan Ra’noning suhbati dialogning badiiy adabiyotdagi eng go‘zal namunalaridan hisoblanadi2. Dialogga ta'rifni taniqli rus tilshunosi bergan: Dialog nafaqat nutqning bir shakli, balki u "odamlarning o‘ziga xos xatti-harakatlaridir". Download 37 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling