3-mavzu : Etika, estetika va mantiq. Pedagogik amaliyotda axloqiy, estetik va mantiqiy fikrlashning ahamiyati.
Reja:
Mantiq fanining predmeti, mantiq qonunlari. Pedogogik faoliyatda mantiqiy fikrlashning ahamiyati.
Etikaning predmeti. Pedogogik axloq
Pedogogik faoliyatda estetika
1.“logika” –yunon tilidan olingan bo‘lib, “so‘z”, “fikr”, “aql” ma’nolarini ifodalaydi. yaqin va o‘rta sharqda bu fan “mantiq” deb ataladi. u arabcha so‘zdan olingan bo‘lib “so‘z”, “fikr ” ma’nosini ifodalaydi. logika terminini fan tarixida ilk marotaba yunon faylasufi arastu qo‘llagan.
mantiq fanining predmetini inson tafakkuri tashkil qiladi. ya’ni mantiq - tafakkurning shakllari va qonunlari to‘g‘risida baxs yuritadigan fan. mantiq fanini bilish, uning qonunlariga rioya qilish bizga o‘z fikrimizni o‘zgalarga to‘g‘ri aniq yetkazib beri shga va o‘zgalar fikrini ham to‘g‘ri aniq qabul qilishimizga yordam beradi.
logikaning 3 ta turi bor:
matematik logika. simvollik logika ham deyiladi. tafakkurni matematik modellar yordamida tadqiq qiladi. mas. 2 +2 = 4 yoki bugungi mvzuni 90% talaba o‘zlashtirmagan.
dialektik logika. tafakkur taraqqiyotini o‘rganadi. tafakkurni uning mazmuni va shakli birligida o‘rganadi.
formal logika. tafakkur shakli va qonunlarini o‘rganadi.
Mantiq fanining rivojlanish bosqichlari quyidagi davrlarni o‘z ichiga oladi:
mantiqga oid dastlabki bilimlar sharqda xsusan xindistonda v-iv asrlarda vujudga kelgan va shu davrda yunonistonda mantiq mustaqil fan sifatida shakllangan.
to‘g‘ri fikrlash qonunlari tafakkur qonunlari deb yuritiladi. tafakkur qonunlari insonning tarixiy taraqqiyoti va bilish sohasidagi tajribasi asosida shakllanadi. tafakkur qonunlarida insonga xos fikrlash jarayonining eng oddiy, eng umumiy xususiyatlari aks etadi. tafakkur qonunlari muhokama jarayonida fikrlar orasidagi munosabatlarga taaluqli bo‘ladi. fikrlarning to‘g‘ri tuzilganligi va ular orasidagi tashqi aloqadorlik mantiq qonunlarida o‘z ifodasini topadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |