Jahon iqtisodiyotining globallashuvi so’nggi davrlarda ko’rinishlarda namoyon bo’lmoqda. Ular turli mamlakatlarning huquqiy, iqtisodiy, ijtimoiy va madaniy hayotida o’z aksini topgan. Quyidagi omillar globallashuvni harakatga keltiruvchi moliyaviy tizimlarning o’zgarishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi va bu ta’sir butun global tizimlarning u yoki bu darajada o’zgarishiga olib keladi: - Iqtisodiy munosabatlarni trasmilliylashtirish va milliy moliya bozorlarida integratsiyalash jarayonini jadal rivojlantirish;
- Global moliyaviy bozorlarni tartibga solishning nisbiy yengillashuvi (ularning hajmlari va aylanmalarning ortishi bilan raqobatning ortishi);
- Rivojlanayotgan mamlakatlarning jahon iqtisodiyotiga kirib borishi bilan global moliya tizimining kengayishi;
- Kapital hajmning doimiy o’sishi va o’rta harakatchanligi keskin vaziyatni yuzaga keltiradi; makroiqtisodiy va global (davlatlararo iqtisodiy integratsiya, shu jumladan, moliyaviy va pulning tarkibiy qismlari) darajada moliyaviy resurslarning yuqori konsentrasiyasi;
- Kapital konsentratsiyasiga moyillik, global tijorat va moliyaviy tuzilmalar mustaqilligining ortib borishi;
- Moliyaviy operatsiyalarning intensivligi, harakatchanligi va moliyaviy bozorlar o’zaro bog’liqligining ortib borishi;
- Moliyaviy vositalarning xilma-xilligi va ularning yuqori darajadagi harakatchanligi.
5. Jahon iqtisodiyoti rivojlanishining ko’rsatkichlari va ustuvor yonalishlari - Jahon iqtisodiyotining globallashuvi – siyosiy, iqtisodiy, ijtimoiy qarorlar qabul qilishda sezilarli ta’sir ko’rsatish salohiyatiga ega bo’lgan alohida shaxslar xulq-atvorga (nano darajada), alohida korxonalar (mikro darajada), davlatlar ichidagi mintaqalarning Tovar, moliyaviy, valyuta va mehnat bozorlari (mezzo darajada), milliy iqtisodiyot (makro darajada) va xalqaro, shu jumladan, mamlakatlararo mintaqaviy daraja (mega darajasi)da ta’sir qiluvchi iqtisodiy munosabatlarga ta’sir qiluvchi ko’p darajali hodisadir.
Do'stlaringiz bilan baham: |