- Globallashuv jarayonining tarafdorlarining fikricha, globallashuv iqtisodiy o’sishni rag’batlantiradi, aholi farovonligini oshiradi, yangi ish o’rinlari yaratilishiga imkon beradi.
- Bu jarayonga qarshi bo’lganlar esa, globallashuv rivojlanayotgan mamlakatlarda savdo ekspansiyasining kuchayishi, iqtisodiy jamiyatlarning ortishi (qalbaki mahsulotlar ishlab chiqarish, noqonuniy reeksport, narkotik moddalar savdosining ortishi va x.k.), atrof-muhit ifloslanishi, texnika xavfsizligiga amal qilmaslik, bolalar mehnatidan foydalanish va boshqa noxush hodisalar bilan bog’liq muammolar kuchayishiga olib keladi, deb xisoblaydilar. Biroq qanchalar xavotirli bo’lgani bilan globallashuv jarayonini baribir to’xtatib bo’lmaydi. Tahlilchilar globallashuv jahon iqtisodiy rivojlanishining u yoki bu ijtimoiy-iqtisodiy, texnologik va ekologik tendensiyalarga qanday ta’sir ko’rsatishini chuqur o’rganishlari lozim bo’ladi.
Xalqaro iqtisodiy munosabatlarning zamonaviy tuzilmasining xususiyatlari: - A) samarali, yuqori texnologik hamda resurslarni tejovchi ijtimoiy ishlab chiqarish bilan tavsiflanuvchi axborotlar iqtisodiyotini shakllantirish;
- B) konveyer, keng xalq ommasi iste’moliga asoslangan industrial tizimni davlat, aralash va ayniqsa, xususiy sektorning kreativ (ijodiy) alohida yonaltirilgan xo’jalik faoliyatiga oo’zgartirish;
- V) milliy iqtisodiyotlarni ochiqlashtirish tamoyillarining hududiy miqyosdagi yopiq iqtisodiy bloklarni shakllantirish tamoyili bilan qo’shilib ketishi;
- G) xalqaro korporatsiyalar ahamiyatining ortib borishi sharoitida davlatning tartibga solish rolining kuchayishi;
- D) hal etilishi jihatidan jahondagi barcha mamlakatlarning jamoaviy harakatlarini talab qiluvchi, sivilizatsiyalashgan global muammolari deb atalmish ekologik, xomashyo, demoqrafik muammolar yechimining dolzarblashuvi.
Zamonaviy jahon iqtisodiyotining globallashuvi quyidagi jarayonlarda nomoyon bo’ladi: - Ishlab chiqarish baynalminallashuvining chuqurlashuvi, yani iste’mol uchun yaratiladigan mahsulotni tayorlashda jahonning turli davlatlari ishlab chiqaruvchilari qatnashishi;
- Kapital baynalminallashuvi chuqurlashuvi, yani davlatlararo xalqaro kapital harakatining o’sishi, ayniqsa, tog’ridan-to’g’ri investitsiyalar ko’rinishidagi fond bozorlarining baynalminallashuvi;
- Ishlab chiqarish va ilmiy-texnikaviy, texnologik bilimlar vositalari almashinuvi, shuningdek, xalqaro ixtisoslashuv va kooperatsiyalashuv, xalqaro miqiqyosda ishlab chiqarish resurslarining joylashuvi natijasida ishlab chiqarish kuchlarining globallashuvi;
- Xalqaro xamkorlikni amalga oshirishni ta’minlovchi global miqyosdagi material, axborot, tashkiliy-iqtisodiy infratuzilmaning shakillanishi;
- -xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi natijasida ayirboshlash baynalminallashuvining kuchayishi, bunda xalqaro xizmatlar sohasi hamkorlikning ishlab chiqarish sohasiga nisbatan asosiy yonalishlardan biriga aylanadi;
- Xalqaro ishchi kuchi migratsiyasining o’sishi, bunda rivojlangan davlatlarda kambag’al davlatlardan kelgan ishchi kuchlarning malaka talab qilmaydigan yoki past malaka talab qiladigan ishga jalb etilishi;
- Ishlab chiqarish va iste’molning baynalminallashuvini atrof-muhitga ta’sirini ortishi, bu esa zamonaviy global muammolarni hal qilishga yonaltirilgan xalqaro hamkorlikka bo’lgan ehtiyojning ortishi.
Do'stlaringiz bilan baham: |