Global iqtisodiyot, odatda, tovarlar, xizmatlar va ishlab chiqarish omillari oqimiga qarshi mamlakatlar o’z chegaralarida o’rnatadigan ma’lum bir ichki cheklovlarning mavjud emasligi bilan xarakterlanadi. - Global iqtisodiyot, odatda, tovarlar, xizmatlar va ishlab chiqarish omillari oqimiga qarshi mamlakatlar o’z chegaralarida o’rnatadigan ma’lum bir ichki cheklovlarning mavjud emasligi bilan xarakterlanadi.
- Ikkinchidan, har bir milliy iqtisodiyotda mehnat va kapitalning nisbatan erkin ko’chib yurishi kuzatiladi, bunga muvofiq, mamlakatda tegishli bozorlar shakillanadi va faoliyat ko’rsatadi.
- Uchinchidan, iqtisodiyot mamlakat ichida erkin savdo qiladigan va davlat ko’magidan foydalanmaydigan firmalar faoliyatini o’rgansa, xalqaro savdo yo’liga qo’yiladigan turli cheklovlar va ularning savdo oqimiga ko’rsatadigan ta’sirini o’rganadi.
- To’rtinchidan, makroiqtisodiyot fani mamlakatning barcha xududlarida amal qiladigan tadbirkorlik muhitini o’rganadi. Davlat tomonidan qo’llaniladigan fiscal va pul-kredit siyosati milliy chegaralar doirasidagina amal qiladi. Biroq davlat tomonidan amalga oshiriladigan ushbu siyosatning bir-biridan tubdan farq qilishi tovarlar oqimi va xalqaro shartnomalarning amal qilishiga turlicha ta’sir ko’rsatadi.
- Beshinchidan, odatda, har bir mamlakat o’z valyutasiga ega bo’lib, uning taklif qilinish darajasi markaziy bank tomonidan nazorat qilinadi. Global iqtisodiyotda esa jahon xo’jaligi aloqalarida qatnashuvchi mamlakatlar valyutalari o’rtasidagi munosabatlarni yuzaga keltiradigan o’zgarishlar tadqiqot obyekti sifatida qaraladi.
- Globallashuv predmetini globallashuv jarayonini tashkil etuvchi, yonaltiruvchi hamda oldinga harakatlanuvchi taskilotlar va siyosiy tuzilmalar faoliyatida yuzaga keluvchi munosabatlar sifatida tushinish lozim.
- Globallashuv subyektlari davlatlararo iqtisodiy-harbiy bloklar va ittifoqlardan iborat.
- Globallashuv obyekti deganda subyektning nimalar bilan o’zaro aloqada bo’lishi, globallashuv muammolarini bartaraf etishda nimalarga etibor qaratish va qanday choralar ko’rishini tushunishimiz mumkin.
Do'stlaringiz bilan baham: |