Globallashuv jarayonining iqtisodiy munosabatlardagi o’ziga xos ko’rinishi quyidagilarda nomoyon bo’ladi: - Ishlab chiqarishning baynalminallashuvi (bunda dunyoning ko’plab mamlakatlardan ishlab chiqaruvchilarning yakuniy mahsulotni yaratishda turli shakl va bosqichlarida ishtirok etishlari kuzatiladi);
- Mamlakatlar ortasida, birinchi navbatda, tog’ridan tog’ri investsiyalar hajmi bilan) xalqaro kapital oqimlarining o’sishi hisobiga kapitalning baynalminalallashuvini chuqurlashtirish va shu asosda dunyo fond bozorining baynalmilallashuvi;
- Integral ishlab chiqarish va iste’mol tizimlarida iqtisodiy birliklarni bog’lovchi ishlab chiqarish vositalari va ilmiy-texnik, texnologik bilimlar almashinuvi, shuningdek, xalqaro ixtisoslashuv va hamkorlik shaklida ishlab chiqarish kuchlarning globallashuvi hamda ishlab chiqarish hamkorligi, ishlab chiqarish resurslarining xalqaro xarakati;

- Xalqaro hamkorlikni ta’minlovchi global material, axborot, tashkiliy va iqtisodiy infratulmani shakllantirish;
- Xalqaro mehnat taqsimotining chuqurlashuvi asosida birjalarning baynalmilallashuvini mustahkamlash, mujassamlashgan tovarlar bo’yicha xalqaro savdo miqyosini kengaytirish va sifatini oshirish;
- Ishlab chiqarish va iste’molning atrof-muhitga ta’sirida baynalmilallashuvining ortishi.
Globallashuv jarayonlari kelajakda quyidagi ko’rinishlarda yuzaga kelishi bashorat qilinmoqda: - Mintaqaviy integratsiya jarayonlarining intensivlashuvi;
- O’z iqtisodiy faoliyatini hali to’liq erkinlashtirmagan davlatlar iqtisodiy tizimlarining yanada ochiqligi;
- Har qanday bozorga barcha ishtirokchilarning hech qanday cheklovlarsiz kirishi;
- Savdo va moliyaviy operatsiyalar uchun qoidalarni universallashtirish;
- Bozorni tartibga solish va nazorat qilishni unifikatsiyalash;
- Kapital harakati, investitsiya jarayoni va global to’lov va hisob-kitob tizimiga bo’lgan talablarni standartlashtirish.
Do'stlaringiz bilan baham: |