Mavzu: Fe’l so’z turkumi. Fe’l shakllari


Download 19.97 Kb.
bet6/8
Sana14.03.2023
Hajmi19.97 Kb.
#1267306
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Mavzu Fe’l so’z turkumi. Fe’l shakllari-fayllar.org

-g‘lы/-gli affiksli sifatdosh ham eski o‘zbek tilining ilk davrlarida keng qo‘llangan bo‘lib, ma’no va funksiyalari bo‘yicha -dachы/-dechi affiksli sifatdoshlarga o‘xshaydi: Kimәrsә maңa rahm qыlmag‘lы yoq (QR). Tushindә kөrdi kim, keligli keldi (NF).


  • -adurg‘an/-әdүrgәn affiksli sifatdosh. Bunday sifatdoshlar XV asrdan keyin qo‘llangan: Meni shaydā qыladurg‘an bu kөңүldүr, bu kөңүl, xār-u rasvā qыladurg‘an bu kөңүldүr, bu kөңүl (Lutfiy). Kābuldыn kүch kelәdүrgәn jыhatыdыn sultāng‘a qoshula almaydurlar (Boburnoma).

    Ravishdosh formalari

    Eski o‘zbek tilida quyidagi affikslar bilan ravishdosh hosil qilingan:

    -b(-ыb/-ib,-ub/-үb) affiksli ravishdosh. Qo‘llanishi, ma’no va funksiyalari quyidagicha:

    1. SHaxsli fe’ldan anglashilgan ish-harakatning bajarilish holatini ko‘rsatib, ravish holini ifodalaydi. Bunda ravishdosh ifodalagan ish-harakat bilan shaxsli fe’l ifodalagan ish-harakat o‘rtasidagi vaqt munosabati quyidagicha ikki xil bo‘ladi:

    a) ravishdosh ifodalagan ish-harakat shaxsli fe’l ifodala-gan ish-harakatdan oldin bajariladi. Bunday hollarda ravish-dosh asosan harakat ma’nosini ifodalovchi fe’llardan iborat bo‘ladi: Buyurdыlar kim, hujrasыn buzub, tufrāg‘ыn xānaqāhdыn tashqaru tashlasunlar (Navoiy MN). Buxārādыn qavun keltүrүb, bir majlisda kestүrdүm (BN).

    b) ravishdosh ifodalagan ish-harakat shaxsli fe’l ifodala-gan ish-harakat bilan bir vaqtda bajariladi. Bunda har ikkala ish-harakat ham odatda takrorlanuvchi, davomli bo‘ladi: CHыqtыlar qorg‘anыg‘a chapqыllashыb (SHN). Qayda kөrsәm na’l naqshыnы өpәr-men yuz sүrүb (Furqat).

    -a/-ә(-y) affiksi bilan yasalgan ravishdosh quyidagi xususiyatlarga ega:

    -a/-ә(-y) affiksi bilan yasalgan ravishdosh quyidagi xususiyatlarga ega:

    1. Yakka holda qo‘llanadi. Bunda shaxsli fe’l ifodalagan ish-harakatning bajarilish holatini bildiradi: Bir kun Ismail avqa barmыsh erdi, Ibrāhimnы kөrә keldi (QR). Yүzүңdin emdi aңa ashna tilәy keldim (Lutfiy).


    Download 19.97 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling