Bu ravishdosh shaxsli fe’l ifodalagan ish-harakatning bajarilishidagi maqsadni bildiradi. Misollar: Ul hanaqahg‘a oynag‘alы kirdilәr. -g‘ach/-gәch/-qach/-kәch bilan yasalgan ravishdosh qadimgi yodnomalarda uchramaydi. Eski o‘zbek tilida, asosan, XVasrlardan boshlab kuzatiladi.
-g‘ach/-gәch/-qach/-kәch bilan yasalgan ravishdosh qadimgi yodnomalarda uchramaydi. Eski o‘zbek tilida, asosan, XVasrlardan boshlab kuzatiladi.
Bu ravishdosh payt ma’nosini bildiradi, ya’ni bu ravishdosh ifodalagan ish-harakat tugashi bilan shaxsli fe’l ifodalagan ish-harakat boshlanadi. Misollar: Yana sham olg‘ach, oldыlar barы mast (Nav. SS). Achыlg‘ach kelib ertәsi hujrasы//qыlur jan-u janjal har ertәsi (Muq.). -g‘uncha/-gүnchә//-quncha/-kүnchә affiksi bilan yasalgan ravishdosh eski o‘zbek tilida ancha keng iste’molda bo‘lib, qadimgi yodgorliklarda kam qo‘llangan. Bu ravishdosh ham payt ma’nosini bildiradi, ya’ni ravishdosh ifodalagan ish-harakat boshlangunga qadar shaxsli fe’l ifodalagan ish-harakat yuzaga chiqqan bo‘ladi yoki davom etgan bo‘ladi. Misollar: Lutfiy miskindin өlgүnchә dua bolsun seңә (Lutfiy).
E’tiboringiz uchun rahmat
http://fayllar.org
Do'stlaringiz bilan baham: |