Mavzu: Ichki nazorat tizimining elementlari. Reja
Ichki nazorat tizimining tasniflari va elementlari
Download 37.28 Kb.
|
Ichki audit elementlari
- Bu sahifa navigatsiya:
- Nazorat muhiti
2. Ichki nazorat tizimining tasniflari va elementlari.
Xalqaro amaliyotda ichki nazorat tizimi quyidagi ikki turga bo‘linadi: Ichki buxgalteriya nazorati tizimi. Ichki boshqaruv nazorati tizimi. Ichki buxgalteriya nazorati tizimi buxgalteriya tizimi va moliyaviy hisobotlar ma'lumotlarining ishonchli bo‘lishini ta’minlashi lozim bo‘lgan tizimdir. Misol uchun, korxona buxgalteriyasi tomonidan tayyorlangan pul mablag'lari bo‘yicha ma’lumotning shu korxonaning bank hisob raqami bo‘yicha bank tomonidan tayyorlangan hisoboti bilan shu korxonada bevosita pul mablag'lari bilan ishlamaydigan xodim tomonidan solishtirilishini keltirib o'tishimiz mumkin. Buning natijasida buxgalteriya tizimi va moliyaviy hisobotlardagi pul mablag'lari bo‘yicha ma’lumotlarning ishonchli bo‘lish ehtimoli ortadi. Bevosita buxgalteriya tizimi va moliyaviy hisobotlar m a’lumotlari bilan bog‘liq bo'lmagan boshqa bare ha tur nazorat tizimlari ichki boshqaruv nazorati tizimi deyiladi. Ammo hozirgi kunda xalqaro standartlarda ichki buxgalteriya nazorati tizimi va ichki boshqaruv nazorati tizimi alohida ko'rsatilmaydi. Ularda faqatgina auditor buxgalteriya tizimi va moliyaviy hisobotlarda ishonchsiz ma’lumotlami aniqlash va bartaraf etishga qaratilgan ichki nazorat tizimini o‘rganishlari lozimligi ko‘rsatiladi. Ichki nazorat tizimining murakkabligi yoki soddaligi korxonaning tuzilishi, hajmi va faoliyat turiga bog‘liq. Lekin har qanday turdagi korxonada ichki nazorat tizimi quyida keltirilgan uch asosiy elementdan tashkil topgan: Nazorat muhiti. 2. Buxgalteriya tizimi. 3. Nazorat amaliyotlari. Nazorat muhiti korxona o‘z oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalarga erishishi uchun amalga oshirishi lozim bo‘lgan chora-tadbirlar majmuyidir. Bu chora-tadbirlar majmuyi quyidagilardan iborat: 1. Korxonani boshqaruv uslubi. 2. Korxonaning mantiqiy to‘g‘ri ishlangan tashkiliy tuziimasi. 3. Xodimlami boshqarishning samarali uslubiyati. 4. Prognozlash va budjet tizimi. 5. Ichki audit xizmati. 6. Samarali faoliyat yurituvchi audit qo'mitasi. Download 37.28 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling