Mavzu: Ichki nazorat tizimining elementlari. Reja


Moliyaviy prognozlash va budjet tizimi


Download 37.28 Kb.
bet5/10
Sana24.12.2022
Hajmi37.28 Kb.
#1059453
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ichki audit elementlari

Moliyaviy prognozlash va budjet tizimi. Korxonada moliyaviy prognozlash - korxonaning kelgusi ma’lum bir davrdagi moliyaviy holati, operatsiyalarining natijasi va pul oqimlarining son ko‘rinishida oldindan ifodalangan taxminidir. Ushbu tizim korxona rahbariyati uchun xodimlar va bo‘limlaming amaldagi faoliyatini ularning reja bo‘yicha
amalga oshirishlari lozim bo‘lgan ko‘rsatkichlar bilan taqqoslash imkonini beradi va shunday qilib nazorat vositasi hisoblanadi.
Moliyaviy prognozlashning oddiy bir namunasi sifatida korxona moliya bo‘limi tomonidan, kelgusi oy yoki chorak uchun pul kirim va chiqimini, ularning manbalarini ko‘rsatgan holda tuzilgan rejasini keltirishimiz mumkin. Pul mablag‘larini prognozlashning asosiy maqsadi, korxonaning qisqa muddatli majburiyatlari yuzasidan hisoblashishini ta’minlash uchun yelarli miqdordagi pul mablag'larining doimiy ravishda
korxonada mavjud bo‘lishini ta’minlashdir. Shuningdek, pul mablag‘lari kirim-chiqimini prognozlash korxona uchun biror muddat davomida kelib tushishi lozim bo‘lgan pul mablag‘larining miqdori va manbalarini aniq ko'rsatib o'tishi sabab, bu manbalardan mablag‘lar haqiqatda kelib tushgan davrda ularning korxona xodimlari tomonidan suiiste’mol qilinishining oldini olishi mumkin. Pul chiqimlarining batafcil prognozi ham xodimning o‘zi suiiste’mol qilgan mablag'ni korxona xarajatlariga kiritib yuborishiga yo‘l qo'ymaydi.
Samarali ichki nazorat tizimiga ega bo‘lgan korxonalarda odatda quyidagi porgnozlar tuziladi:
1. Sotuv faoliyati bo‘yicha prognoz. Unda sotilishi lozim bo'lgan har bir mahsulotning sotilish hajmi va hududi bo‘yicha ma’lumot keltiriladi.
2. Ishlab chiqarish faoliyati bo‘yicha prognoz. Unda sotuv faoliyati reja ko‘rsatkichlarini bajarishi uchun ishlab chiqarilishi lozim bo‘lgan mahsulot miqdori, shunga mos ravishda ishlatilishi lozim bo‘lgan materiallar va ishchi kuchi hajmi bo‘yicha ma’lumotlar keltiriladi.
3. Sotish va ma’muriy boshqaruv xarajatlari bo‘yicha prognoz.
4. Uzoq muddatli aktivlar xaridi, harakati va hisobdan chiqarilishi bilan bog‘liq prognoz.
5. Pul kirimi va chiqimi bo‘yicha prognoz.
6. Yuqoridagi prognozlarda ko‘rsatilgan davr yakuni bo‘yicha taxminiy balans hisoboti, moliyaviy natijalar to‘g‘risidagi hisobot va pul oqimlari to‘g‘risidagi hisobot.
Operatsion davr mobaynida oylik hisobotlar tayyorlanishi va korxona prognoz ko‘rsatkichlari bilan taqqoslab borilishi lozim. Bu ko'rsatkichlarda ahamiyatli farq yuzaga kelgan taqdirda, buning sababi va mas’ul shaxs ko‘rsatilgan qo‘shimcha hisobot tayyorlanishi kerak. Umuman olganda, prognozlash tizimi korxona rahbariyati uchun samarali boshqarishning muhim quroli hisoblanadi va korxona faoliyatida muammoli holatlar yuzaga kelgan taqdirda, rahbariyat e’tiborini zudlik bilan shu nuqtalarga qaratadi.

Download 37.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling