Mavzu: Ichki nazorat tizimining elementlari. Reja


Download 37.28 Kb.
bet8/10
Sana24.12.2022
Hajmi37.28 Kb.
#1059453
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ichki audit elementlari

Ichki schyotlar rejasi - korxonada qo'llaniladigan barcha schyotlami, ularning har birini o‘zi aks ettirishi lozim bo'lgan ma’lumot ta’rifini keltirgan holda guruhlashtirgan hujjatdir. Ichki schyotlar rejasini qo‘llash korxonada sodir etilayotgan operatsiyalarni tartibli va to‘g‘ri hisobga olish imkonini beradi.
Operatsiyalarni hisobga olishni va korxona ichki hisob siyosatini tushuntiruvchi yo‘riqnomalar. Korxona sifatli buxgalteriya tizimini tashkil etishi uchun avvalo operatsiyalarni hisobga ohsh, umumlashtirish va qaror qabul qiluvchilarga yetkazib berish bo‘yicha maxsus yo‘riqnoma ishlab chiqishi lozim. Bu yo‘riqnomalar yozma ko‘rinishga ega bo‘lishi va barcha mas’ul shaxslarga yetkazib berilishi lozim. Yo‘riqnomalarga ko‘ra har bir takrorlanuvchi operatsiya bir xil, ya’ni avval sodir etilgan shu kabi operatsiya bilan bir xilda hisobga olinishi lozim. Buning uchun esa mas’ul shaxslarga bir xil yo‘riqnomalar berilishi zarur.
Nazorat amaliyotlari. Korxonalar samarali ichki nazorat tizimini joriy etish uchun nazorat muhiti va buxgalteriya tizimi bilan bir qatorda ma’him turdagi operatsiyalar va aktivlar ustidan boshqa turdagi nazoratni ham tashkil etishlari lozim. Bu nazorat quyidagilarni ta’minlashi kerak:
1) vazifalarning to‘g‘ri taqsimlanishi;
2) aktivlarga nisbatan javobgarlik.
Vazifalarning to‘g‘ri taqsimlanishi. Ichki nazorat tizimining eng muhim qoidalaridan biri shuki, korxonada sodir etilayotgan operatsiyaning barcha qirralarini faqat bir shaxs yoki bo'lim o‘zi boshqarmasligi lozim. Rahbariyat korxona faoliyatini rejaga asosan yuritishi uchun har bir operatsiya quyidagi bosqichlardan o'tishi zarur:
1) sodir etilishi lozim bo'lgan operatsiya haqiqatdan ham ro‘y berishi uchun rahbariyat ruxsati bo'lishi lozim;
2) har bir operatsiyaning sodir etilishi uchun asos, sabab bo'lishi kerak;
3) har bir operatsiya tegishli bo'limlar tasdig‘idan o'tishi zarur;
4) operatsiya sodir etilishi lozim;
5) sodir etilgan operatsiya natijalari hisobga olinishi kerak.
Bu vazifalarning bir-biriga nisbatan mustaqil bo'limlar yoki xodimlar tomonidan sodir etilishi ichki nazorat tizimining sifatini yanada oshiradi. Buning natijasida bir xodim firibgarlik qilib, keyin uni berkitib yuborishiga yo‘l qo‘yilmaydi.
Korxonada kreditga tovar sotilishini vazifalarning to‘g‘ri taqsimlanishiga misol qilib keltirishimiz mumkin. Sotuv bo'limi tomonidan kreditga tovar sotilishi uchun avvalo bu tur operatsiyani sodir etish uchun rahbariyat ruxsati bo'lishi lozim. Kreditga tovar sotish uchun haridorlardan buyurtma kelib tushishi, ya’ni operatsiyani sodir etish uchun sabab bo'lishi zarur. Kreditga tovar sotilishidan oldin bu operatsiya sotuv yoki kredit bo'limi rahbariyati yoki u tomonidan tayinlangan mas’ul shaxs tomonidan tasdiqlanishi kerak. Xaridor tomonidan ma’lum talablarga javob berilgan taqdirda kreditga tovar sotishga ruxsat etiladi. Faqatgma shundan so'ng sotuv bo'hmi kreditga tovar sotadi, ya’ni

Download 37.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling