Mavzu: Ichki nazorat tizimining elementlari. Reja


Xodimlarni boshqarishning samarali uslubiyati


Download 37.28 Kb.
bet4/10
Sana24.12.2022
Hajmi37.28 Kb.
#1059453
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ichki audit elementlari

Xodimlarni boshqarishning samarali uslubiyati. Korxona ichki nazorat muhitining samaradorligi shu korxona xodimlarining shaxsiy xususiyatiga ham bog‘liq. Shunday qilib, korxonaning o‘z xodimlarini boshqarish uslubiyati va yangi xodimlarni ishga qabul qilish, qayta tayyorlash, qo'llab-quvvatlash tizimi korxona nazorat muhitiga o'zining katta ta’sirini o'tkazadi.
Afsuski, xodimlarni boshqarishning samarali uslubiyati korxona xodimlari tomonidan hech qanday suiisle’mollikning amalga oshirilmasligiga kafolat bera olmaydi. Ba’zan korxonaning eng ishonchli xodimlari ham korxonaga nisbatan katta suiiste’mollikka yo‘l qo‘yishlari mumkin. Bunga sabab, ularning korxona rahbariyati oldida katta ishonchga ega ekanliklari bo'lib, ular korxonaning likvid aktivlari, buxgalteriya malumotlariga oson kira oladilar. Bu holat esa ular tomonidan korxona aktivlarini suiiste’mol qilib, keyin bu holatni buxgalteriya ma’lumotlarini o'zgartirish orqali yopib yuborishlariga yo‘l ochib beradi.
Rivojlangan davlatlarda korxona o‘ziga nisbatan bunday turdagi zarar yetishining oldini olish maqsadida shu korxonada likvid aktivlarni saqlovchi shaxslardan korxonaga yetishi mimkin bo‘lgan moddiy zararni sug'urtalab qo‘yadi. Sug'urta muddati davomida agar korxona shu xodimlarning noqonuniy faoliyatidan zarar ko'rsa, sug‘urta kompaniyasi bu zararni qoplab beradi. Bu tur sug'urtaning korxonaga afzalligi shundaki, korxona bir tarafdan kelajakda yetishi mumkin bo’lgan zararning oldini oladi, ikkinchi tarafdan o‘z xodimlari qatoriga o‘tmishda firibgarlik, suiiste’mollik bilan shug'ullanmagan xodimni ishga oladi. Sabab, sug‘urta kompaniyasi xodimlardan yetishi mumkin bo‘lgan zarari sug'urtalash uchun shu xodimlarning o‘tmishini batafsil o‘rganib chiqadi. Agar xodim ilgari firibgarlikni amalga oshirgan bo‘lsa, sug‘uruta kompaniyasi shu xodimdan yetishi mumkin bo‘lgan zararni sug‘urtalashdan bosh tortadi. Natijada korxona o‘z xodimlari tarkibiga bunday xodimni ishga olmaydi.
O‘zbekistonda bu masala korxona aktivlariga nisbatan moddiy javobgar shaxsning tayinlanishi bilan hal etiladi. Bizning fikrimizcha, respublikamiz sug‘urta kompaniyalari ham yuqorida keltirilgan sug'urta turini taklif etsalar maqsadga muvofiq bo‘lar edi. Chunki, moddiy javobgar shaxs tayinlangani bilan, korxonada suiiste'mollikka yo‘l qo‘yilganda
moddiy javobgar shaxs bu zararni qoplash uchun yetarli mablag'ga ega bo'lmasligi va natijada korxona zarar ko‘rishi mumkin.

Download 37.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling