Mavzu: Ichki nazorat tizimining elementlari. Reja


Korxonani boshqaruv uslubi


Download 37.28 Kb.
bet3/10
Sana24.12.2022
Hajmi37.28 Kb.
#1059453
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ichki audit elementlari

Korxonani boshqaruv uslubi. Korxonalarda rahbariyat bir-biridan moliyaviy hisobot tizimi va biznes riskka munosabatiga ko'ra farqlanadi. Ba’zi rahbarlar moliyaviy hisobot tizimiga nisbatan o‘zgaruvchan munosabatda bo‘ladilar va kelgusi daromadni ko'zlagan holda bugun katta biznes riskka borishlari mumkin. Boshqa tur rahbarlar esa moliyaviy hisobot tizimiga nisbatan o‘ta konservativ bo‘ladilar va har qanday riskka juda ehtiyotkorlik bilan yondoshadilar. Moliyaviy hisobot va biznes riskka bu ikki xil ko'rinishdagi munosabat moliyaviy hisobotlarning ishonchliligiga ham ta’sir etadi.
Korxonaning tashkiliy tuzilmasi. Korxona bo‘limlarining bir-biriga nisbatan mustaqil tuzilgauligi va faqat yuqori rahbariyatga liisobot berishi korxona rahbariyatiga boMimlar faoliyathii samarali rejalashtirish, to‘g‘ri yo‘naltirish va nazorat qilish irnkonini beradi. Tashkiliy tuzilma-korxonaning xodimlari o‘rtasida huquq va majburiyatlaming taqsimlanishidir. Korxona tashkiliy tuzilmasini to‘g‘ri tuzish korxonada sodir bo‘layotgan operatsiyalarning korxona siyosatiga mos ravishda olib borilishini, samaradorlikning oshishini, aktivlarning suiiste’mollik va isrofgarchiliklardan himoyalanishini va ishonchli buxgalteriya ma’lumotlarining ishlab chiqilishini ta’minlaydi. Bu maqsadlarga erishish uchun esa korxona tashkiliy tuziimasi quyidagilarni ta’minlashi lozim:
1) operatsiyalami amalga oshirishga ruxsat bemvchi va shu operatsiyalami amalga shiruvchi shaxslarning boshqa bo‘lishi;
2) operatsiyalami amalga oshiruvchi va shu operatsiyalami buxgalteriyada hisobga oluvchi shaxslarrmig boshqa bo'lishi;
3) korxona aktivlarini saqlovchi va shu aktivlar hisobini yurituvchi shaxslarning boshqa bo‘lishi.
Ma’lumki moliya va buxgalteriya bo'limlari korxonaning moliyaviy faoliyati bilan bevosita bog‘liq bo‘lgan bo'limlar hisoblanadi. Ammo moliya va buxgalteriya bo’limlari vazifalari bir-biridan ajratilgan. Bunga sabab samarali ichki nazorat tizimi korxona aktivlarini saqlovchi va shu aktivlar hisobini yurituvchi shaxs bir xodim bo‘lmasligini ta’minlashi lozim. Moliya bo‘yicha rais o‘rinbosari boshchiligida moliya bo'limi korxona moliyaviy faoliyatini amalga oshirish va likvid aktivlarni saqlash bilan shug‘ullanadi. Bu bo‘lim vazifalari qatoriga korxonaning kelgusi pul tushumlari va chiqimlarini prognozlash, korxona kredit tizimini ishlab chiqish va korxonaning qisqa va uzoq muddatli moliyaviy ehtiyojlarini qondirish kabilar kiradi.
Bosh buxgalter boshchiligidagi buxgalteriya bo‘limi esa korxonada buxgalteriya hisobini yuritish va ichki nazorat tizimini ishlab chiqib o‘rnalish vazifasini amalga oshiradi. Buxgalteriya bo‘limi korxona moliyaviy faoliyati hisobini yuritadi ammo moliyaviy aktivlarni bevosita o‘z qo‘l ostida saqlamaydi, Moliya bo‘limi esa korxona moliyaviy aktivlarini bevosita saqlaydi ammo ularning hisobini yurita olmaydi. Buxgalteriya hisobining yuritilishi esa shu moliyaviy aktivlarga nisbatan moliya bo'limida javobgarlikning yuzaga kelishini ta’minlaydi. Ya’ni garchi moliya bo'limi aktivlarni saqlasada ularning suiiste’moliga yo‘l qo‘ya olmaydi. Chunki moliya bo‘limida aslida qancha miqdordagi moliyaviy aktiv bo'lishi lozimligini buxgalteriya bo‘limi hisobga olib boradi. Bu ikki bo‘limning bir-biriga nisbatan mustaqilligi esa moliya bo‘limi moliyaviy aktivlaming suiiste’moliga yo‘l qo'yib turib, bu holatni buxgalteriya bo‘limi bilan kelishgan holda yashirishiga imkon bermaydi.
Mantiqiy to‘g‘ri bo'lgan tashkiliy tuzilma korxona faoliyati samaradorligining oshishiga ham xizmat qiladi. Korxonada amalga oshirilayotgan har bir operatsiyada kamida ikki bo’lim ishtirok elgan holda, bu bo‘lim ishi o‘z-o'zidan boshqa bo'lim tomonidan tekshirib boriladi. Shuningdek, bir bo‘lim ikkinchisidan samarali ishlashini talab etishi mumkin. Misol uchun, ishlab chiqaruvchi bo‘lim korxona xarid bo‘limidan o‘z vaqtida zaruriy ishlab chiqarish materiallarini sotib olishni talab etadi. Chunki, buyurtmachilar talabini qondirish maqsadida ishlab chiqaruvchi bo‘limdan zaruriy miqdordagi mahsulot ishlab chiqarilishini sotish bo‘limi talab qiladi. Natijada bir bo'lim o‘z vazifasini bajarishi uchun boshqa bir bo'lim ishini tabiiy ravishda nazorat qilib boradi.

Download 37.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling