Mavzu: Ichki nazorat tizimining elementlari. Reja


operatsiyani amalga oshiradi


Download 37.28 Kb.
bet9/10
Sana24.12.2022
Hajmi37.28 Kb.
#1059453
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ichki audit elementlari

operatsiyani amalga oshiradi. Operatsiya natijalarini esa buxgalteriya bo'limi tegishli hujjatlar asosida hisobga oladi.
Operatsiya sodir etilishidan oldin unga ruxsat olinishi lozimligi, bu operatsiyaning ro'y berishi uchun sabab bo'lishi kerakligi, operatsiya sodir etilishidan oldin tasdiqlanishi lozimligi, operatsiya sodir etilgach uning natijasi buxgalteriyada hisobga olinishi kerak bo'lgani, ya’ni har bir operatsiya bir necha bo'lim va shaxslar nazoratida bo'lgani sabab
noqonuniy, fribgarlikni ko'zlab hech qanday operatsiya sodir etilmaydi. Shu bilan birga, vazifalarning bu turda taqsimlanishi har bir bo'limning ish sifatini oshirishga xizmat qiladi.
Aktivlarga nisbatan javobgarlik. Samarali ichki nazorat tizimini tashkil etishning yana bir muhim talablaridan biri aktivlarni saqlash vazifasini ularning hisobini yuritish vazifasidan ajratish lozim, ya’ni bir shaxs yoki bo‘lim ham aktivlarni saqlash ham ularning hisobini yuritish bilan shug‘ullanmasligi zarur. Buning natijasida bir bo‘lim ishining qonuniyligi ikkinchi bo‘lim tomonidan doimiy tekshirib boriladi. Aktivlarning haqiqiy miqdori va buxgalteriya ma'lumotlari ma’lum davr oralig'ida taqqoslanib borilishi kerak. Yuzaga kelgan farq esa aktivlarni saqlash yoki ularning hisobini yuritishdagi kamchiliklarni ochib beradi. Shuningdek, ro‘y bergan firibgarlik holatini ham aniqlash mumkin bo‘ladi. Aktivlarni saqlash va ularning hisobini yuritish faqatgina bir shaxs yoki bo‘lim qo'lida bo‘lganda, ro‘y bergan firibgarlikni osonlik bilan berkitib yuborish mumkin bo'lardi.
Audit tekshiruvini rejalashtirish va tekshiniv ko‘lami va hajmini baholash uchun auditor albatta mijoz ichki nazorat tizimini o‘rganib chiqishi va baholashi lozim. Mijoz ichki nazorat tizimini o‘rganish asosida auditor tekshiruvni rejalashtirish bilan bir qatorda nazorat riskini baholashi mumkin bo‘ladi.



  1. Auditor tomonidan ichki nazorat tizimini o‘rganish va baholashning asoslari.

Audit tekshiruvini rejalashtirsh davrida mijozning nazorat muhiti, buxgalteriya tizimi va nazorat amaliyotlari yuzasidan tasavvurga ega bo‘lishi lozim. Buning natijasida auditor (1) moliyaviy hisobotlarda ro‘y bergan bo‘lishi mumkin bo‘lgan xatoliklarni oldindan bilishi mumkin bo‘ladi; (2) xatolik ro‘y bergan bo‘lishi mumkin bo‘lgan schyotlarga nisbatan yanada chuqur asoslovchi testlarni o‘tkazadi. Mijoz ichki nazorat tizimi to‘g‘risida tasavvur hosil qilmay turib moliyaviy hisobotlarga nisbatan sifatli test o'tkazish qiyin. Misol uchun, mijozning kreditga tovar sotish siyosati va unga nisbatan tashkil etilgan ichki nazorat tizimi haqida aniq tasavvurga ega bo‘lmay turib mijozning «Debitorlik qarzlari» va «Mahsulot sotishdan tushum» schyotlarini tekshirish murakkab kechadi.
Auditor tomonidan ichki nazorat tizimini o‘rganish auditorga mijozning nazorat riskini baholasli imkonini beradi. Auditor tomonidan ichki nazorat tizimi sifatli deb topilsa, nazorat riski past deb baholanadi. Ichki nazorat tizimining sifati audit tekshiruvi ko'lamini belgilaydi. Ya’ni, ichki nazorat yetarli darajada sifatli bo‘lsa, audit tekshiruvi kam hajmda
o‘tkazilishi va tekshiruv tez yakunlanishi mumkin. Aks holda, ya’ni ichki nazorat tizimi sifatsiz hisoblansa, tekshiruv ko'proq davr mobaynida, kengroq hajmda o‘tkazilishi lozim.
Auditor tomonidan mijoz ichki nazorat tizimini o‘rganishning eng samarali usuli shu tizimni uning asosiy operatsion sikllarga ajratib tekshirish hisoblanadi. Operatsion sikl korxonada sodir etilayotgan operatsiyalami ma’lum ketma-ketlikda, bosqichlarga bo‘üb qayta ishlash hisoblanadi. Misol uchun, ishlab chiqarish sohasida ixtisoslashgan
korxonada ichki nazorat tizimini quyidagi asosiy operatsion sikllarga ajratish mumkin:
1. Sotish va debitorlik qarzlarini qoplash sikh -bu siklda xaridorlardan buyurtmani olish va uni qayta ishlash, kreditga tovar sotishni amalga oshirish, tovami xaridorlarga ortib jo‘natish, to'lov talabnomasini tayyorlash, sotilgan tovarlarni va ular bo‘yicha daromad va pul tushumlarini hisobga olish, sotilgan tovarlar bo‘yicha pulning kelib tushishi bo‘yicha
operatsiyalar.
2. Xarid sikli — materiallar va tovarlarning xarid qilinishi, xarid va kreditorlik qarzlarining hisobga olinishi, majburiyatlar yuzasidan to'lovni amalga oshirish va uni hisobda aks ettirish operatsiyalari.
3. Ishlab chiqarish sikli — material va ehtiyot qismlarni saqlash, ularni ishlab chiqarish jarayoniga jalb etish, materiallar xarid bahosini ishlab chiqarilgan mahsulotlar tannarxiga o‘tkazish va sotilgan tayyor mahsulot tannarxini hisoblash operatsiyalari.
4. Ish haqi yuzasidan hisob-kitob sikli — xodimlarni ishga qabul qilish, ishlangan vaqtni hisobga olish, ushlanmalami hisoblash va ish haqini berish operatsiyalari.
Sifatü ichki nazorat tizimi korxona tomonidan bu operatsiyalarning har biriga nisbatan o'rnatilishi kerak. Auditor esa shu operatsiyalar bo‘yicha ichki nazorat tizimining qanchalik sifatli ishlayotganini tekshiradi. Ichki nazorat tizimini yuqoridagi kabi operatsion sikllarga bo‘lib o'rganish auditor uchun moliyaviy hisobotlarda keltirilgan har bir elementga nisbatan ichki nazorat tizimi holatini o'rganish va baholash imkonini beradi.
Mijoz ichki nazorat tizimini o‘rganishning asosiy manbasi avvalgi yillarda o‘tkazilgan audit tekshiruvi natijasida tayyorlangan audit ishchi qog‘ozlaridagi ma’lumotlar hisoblanadi. Buning natijasida auditor mijoz ichki nazorat tizimining avvalgi yillarda sifatsiz deb topilgan nuqtalarini aniqlashi va ularni yanada batafasil tekshirishi mumkin bo‘lndi. Ammo, bu jarayonda auditor shuni ham yodda tutishi lozimki, so‘nggi audit tekshiruvidan to hozirgacha mijoz ichki nazorat tizimida sezilarli o‘zgarislilar yuz bergan bo‘lishi, avval sifatli ichki nazorat tizimi hozir sifatsiz bo‘lib qolgan bo‘lishi mumkin.
Auditor tomonidan mijoz ichki nazorat tizimining tuzilishi o‘rganilgach. bu tizim haqiqatda ham amalda qo‘llanilayotganligi tekshirilishi lozim. Bu jarayonda auditor ichki nazorat tizimi faqatgina amalda qo‘llanilayotganligini emas, balki bu tizimning operatsion samaradorligini ham tekshirishi lozim. Operatsion samaradorlik — amalda qo‘llanilayotgan ichki nazorat tizimining qanchalik sa ma rali ishlayotganligini ko‘rsatuvchi omildir.
Auditor tekshiruvni rejalashtirish maqsadida mijoz ichki nazorat tizimi haqida tushuncha hosil qilgach, uni audit ishchi qog'ozlarida hujjatlashtirishi lozim. Ichki nazorat tizimi to‘g‘risidagi ma’lumotni kiritishga mo‘ljallangan hujjatlar shakli mijoz korxonaning tuzilishi va operatsiyalarining murakkab yoki soddaligiga bog‘liq. Ammo, bu tur
hujjatlar odatda:
1. Ichki nazorat tizimi bo‘yicha savolnoma.
2. Ichki nazorat tizimi bo'yicha ma’lumotnoma.
3. Ichki nazorat tizimi bo‘yicha blok sxema ko‘mishida bo‘ladi.

Download 37.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling