Mavzu: Ichki nazorat tizimining elementlari. Reja


Download 37.28 Kb.
bet7/10
Sana24.12.2022
Hajmi37.28 Kb.
#1059453
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
Bog'liq
Ichki audit elementlari

Audit qo‘mitasi. Rivojlangan davlatlardagi yirik korporatsiyalar o‘z direktorlar kengashi tarkibida audit qo‘mitasiga egalar. Bu qo‘mita korxona direktorlari kengashiga nisbatan mustaqil hisoblanadi va bevosita aksiyadorlar kengashiga hisobot beradi. Shu sabab, direktorlar kengashi tomonidan aksiyadorlardan yashirgan holda biror noqonuniy faoliyatning amalga oshirilishiga yo‘l qo‘ymaydi. Aks holda birinchi navbatda audit qo‘mitasi vakillarining o'zlari javobgarlikka tortiladi.
Buxgalteriya tizimi korxona ichki nazorat tizimi o‘z oldiga qo'ygan maqsadlarga erishishini ta’minlasliga xizmat qiluvchi muhim element hisoblanadi va uning vazifasi korxonada sodir etilayotgan operatsiyalami o‘z vaqtida va to‘g‘ri hisobga olish, qayta ishlash, umumlashtirish va foydalanuvchilarga yetkazib berishdan iborat. Korxona buxgalteriya tizimi jurnal order, memorial order kabi hujjatlar qatorida quyidagilarni ham
qamrab olishi lozim:
1. Xodimlarda javobgarlikni shakllantirish uchim ichki hujjatlashtirish tizimi.
2. Korxonada ishlatiladigan schyotlar rejasi.
3. Operatsiyalarni hisobga olishni va korxona ichki hisob siyosatini tushuntiruvchi yo'riqnomalar.
Samarali ichki hujjatlashtirish tizimini tashkil etish bo'limlar faoliyatini hisobga olish uchun zarurdir. Misol uchun, tovar kreditga sotilganini buxgalteriya bo‘limi sotuv bo'limidan tegishli hujjatni olgach hisobga olishi mumkin. Shundan so'ng to‘lov talabnomasi tayyorlanishi mumkin. Aks holda, tovar sotilgani haqidagi ma’lumot buxgalteriya bo‘limiga yetib kelmaydi, natijada korxona bo'limlari faoliyatini hisobga olish va nazorat qilish imkonsiz bo‘lib qoladi. Shuningdek, ichki hujjatlashtirish korxona aktivlarining bir bo‘limdan ikkinchi bir bo‘limga o‘tganda javobgarlikning bo‘lishini ta’minlaydi. Hujjatlar asosida bo‘limlar o'rtasida yurgan aktivlarning haqiqiy miqdori va qiymatini aniqlash va ularning haqiqatdagi miqdori va qiymati bilan solishtirish asosida
kamomadni aniqlab, ma’sul bo‘limni javobgarlikka tortish mumkin bo‘ladi.
Ichki hujjatlarning ishonchliligi ular ikki o‘zaro qarama-qarshi manfaatga ega bo‘lgan shaxslar tomonidan tuzilganda yanada ortadi. Misol uchun, ishlab chiqarish bo'limi ombordan ishlab chiqaruvchi bo‘limdan material so‘rab talabnoma tayyorlaydi. Ombor esa aynan talabnomada ko‘rsatilgan miqdordagi materiallarni chiqaradi. Talabnomada ko'rsatilgandan ko‘p miqdordagi materiallarning chiqarilishi ombor zaxirasining kamayishiga olib keladi. Natijada materiallar yetishmovchiligi ro‘y bergan
taqdirda ombor javobgar bo‘ladi.
O‘z navbatida, yuqoridagi talabnoma va shu kabi boshqa hujjatlarning o‘ziga nisbatan ham ichki nazoratni tashkil etish lozim. Bu avvalo hujjatlarning raqamlangan bo'lishini nazarda tutadi. Raqamlangan hujjatlarning chiqimi va buxgalteriya bo‘limiga hisobga olish uchun o‘z vaqtida yetib borishini ham ichki nazorat tizimi ta’minlashi lozim.

Download 37.28 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling