Mаvzu: Iqtisodiy siyosat. Tashkilotlar sotsiologiyasi. Iqtisodiy ayirboshlash va qiymat o’lchovining ijtimoiy mohiyati. Reja
Download 169.07 Kb.
|
2-mavzu sitrqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Siyosatning birinchi darsi iqtisodiyotning birinchi darsiga etibor bermaslikdan iborat
2-mаvzu: Iqtisodiy siyosat. Tashkilotlar sotsiologiyasi. Iqtisodiy ayirboshlash va qiymat o’lchovining ijtimoiy mohiyati. Reja: Iqtisodiy siyosat su’ektlari. Iqtisodiy siyosatni amalga oshirish vositalari. Tashkilotlarning ijtimoiy mazmuni. Tashkilot shakllari Ayirboshlash vositalarining ijtimoiy imkoniyatlaari. Siyosatning birinchi darsi iqtisodiyotning birinchi darsiga e'tibor bermaslikdan iborat (Thomas Sowell, Stenford Universitetining iqtisodiyot fanlari professori) Iqtisodiy siyosat - iqtisodiyotni boshqarish, mamlakat maqsaddari, vazifalari, manfaatlariga muvo-fiq holda iqtisodiy jarayonlarga mu-ayyan yoʻnalish berish sohasida davlat, hukumat faoliyatining bosh yoʻnalishi, tadbirlari tizimi; iqtisodiyot fani soxalaridan biri. Tarkibiy, investitsiya, moliya-kredit, ijtimoiy, tashqi iqtisodiy faoliyat, ilmiy-texnika, soliq, byudjet sohalardagi siyosatni qamraydi .Iqtisodiy siyosat tarkibi: 1.Mercantilizm 2.Fiziocretizm 3.Classik 4.Marjinalizm 5.Neoklassik 6.Keynschilik. Iqtisodiy siyosat empirik jihatdan - makroiqtisodiy darajada iqtisodiy qarorlarni tanlash va amalga oshirishga qaratilgan chora-tadbirlar majmui, hukumat harakatlari. Iqtisodiy siyosatni amalga oshirish ijtimoiy ahamiyatga ega maqsadlarga erishishni nazarda tutadi. Iqtisodiy siyosatning maqsadlari mamlakat iqtisodiyotining hozirgi holati bilan belgilanadi 19-asrning oxirida "siyosiy iqtisod" atamasi asta-sekin iqtisodiyot atamasini bilan o’rin almasha boshladi. Hozirgi kunda "iqtisodiyot" atamasi odatda boshqa siyosiy va ijtimoiy fikrlar mavjud bo'lmagan iqtisodiyotni tor doirada o'rganishni anglatadi, "siyosiy iqtisod" atamasi esa o'zgacha va raqobatdosh yondashuvni anglatadi. 1970-yillardan boshlab jadal rivojlanib borayotgan iqtisodiyot fanlari turli siyosiy boshqaruv modellarini afzalliklarini isbotlash asnosida kengayib bordi. Butun bozor tizimi uchun hal qiluvchi saboq 1929-1933 yillardagi jahon iqtisodiy inqirozi bo'ldi. Ushbu saboqning natijasi davlat ishtirokining rolini yangi sifat darajasiga ko'tarish, ikkita ijtimoiy-iqtisodiy hodisa (bozor va davlat) o'rtasidagi munosabatlarning yanada samarali variantini topish kerakligi haqidagi xulosa edi. Bozorning jadal rivojlanishi sharoitida hukumat choralari davlatning aralashmaslik, neytral xatti-harakatlari doirasidan tashqariga chiqishi kerak edi. Iqtisodiyot hukumatning yanada murakkab chora-tadbirlar majmuasiga muhtoj bo'la boshladi. Iqtisodiy siyosat sohasida dastlabki qadamlar 19-asr oxirida qoʻyildi. Bu borada ko‘plab davlatlardan oldinda borayotgan Germaniya bunga misol bo‘la oladi. Otto fon Bismark tashabbusi bilan qonunlar qabul qilindi, ular asosida yangi soha - ijtimoiy sug'urta paydo bo'ldi. Xususan, 1883 yilda qonun kasallikdan sug'urtalashni, 1884 yilda - baxtsiz hodisalardan sug'urtalashni va nihoyat, 1889 yilda - sanoat ishchilarining nogironligi va ularning pensiya xizmatlarini sug'urtalashni joriy qildi. Ikki jahon urushi o'zining siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy muammolari bilan umumiy iqtisodiy siyosatning shakllanishiga sezilarli ta'sir ko'rsatdi. Davlatning iqtisodiy jarayonlarga aralashuvi nafaqat mintaqaviy, balki umumiy iqtisodiy, biroz kechroq xalqaro xarakterga ham ega bo'la boshladi. Download 169.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling