Mаvzu: Iqtisodiy siyosat. Tashkilotlar sotsiologiyasi. Iqtisodiy ayirboshlash va qiymat o’lchovining ijtimoiy mohiyati. Reja
Download 169.07 Kb.
|
2-mavzu sitrqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Qatiylik
Ajralish va integratsiyalashuv. Ular ayirboshlash xususiyatiga ega bo'lishi, shuningdek, birlashganda qiymatini o'zgartirmasligi kerak.
Sifat bir xilligi. Xuddi shu nomdagi alohida nusxalar qimmatroq bo'lmasligi kerak. Portativlik. Kichik vazn va hajm va ayni paytda ularning yuqori narxi. Ya'ni, ular o'rtada teshikli uch metrli toshlar bo'lmasligi kerak. Dunyo barcha afzalliklari va kamchiliklari bilan kredit kartalari va elektron pullarga intilmoqda. Qat'iylik. Uzoq vaqt davomida saqlansa, pul jismonan buzilmasligi yoki kimyoviy xususiyatlarini o'zgartirmasligi kerak. Taniqlilik. Pulni denominatsiyada osongina aniqlash va tushunish mumkin edi. Xavfsizlik. Soxta va o'g'irlikdan himoya qilish kerak. Ayirboshlash – kishilarning mehnat faoliyati yoki mahsulotlarini oʻzaro almashtirishlari. Ayirboshlash iqtisodiy faoliyatning bir turi, ish-lab chiqarish bilan iste’molni bir-biriga bogʻlab turuvchi vosita hisoblanadi. Ayirboshlash oʻziga xos maxsus faoliyat turi boʻlib, amaliyotda savdo-sotiqdan iboratdir. Bu faoliyat bilan maxsus kishilar guruhlari shugʻullanadilar. Ayirboshlashning iqtisodiy aso-sini ijtimoiy mehnat taqsimoti tash-kil etadi, harakteri va shaklini ishlab chiqarish belgilaydi. Oʻz navbatida Ayirboshlash ham ishlab chiqarishning rivojlanishiga ta’sir koʻrsatadi. Ayirboshlash kishilik jamiyati tarixida ij-timoiy mehnat taqsimoti, dehqonchilik va chorvachilik bilan shugʻullanadigan qabilalarning bir-biridan ajralishi tufayli kelib chiqdi. Ishlab chiqaruvchi kuchlar oʻsib, chorvachilik va dehqonchilik bilan shugʻullanadigan qabilalarda tay-yorlangan mahsulotlar ularning oʻz ehtiyojlaridan ortib qoladigan boʻldi, bu qabilalarda oʻzlari ishlab chiqara olmaydigan buyumlarga ehtiyoj oʻsa bosh-ladi. Shu davrda dehqonchilik va chorvachilik mahsulotini Ayirboshlash vujudga keldi. Bu Ayirboshlash tasodifiy harakterga ega edi. Mehnat taqsimoti chuqurlashib, hunarmandchilik qishloq xoʻjaligidan ajralib chiqqach, qishloq xoʻjaligi va hunar-mandchilik ixtisoslashgan bir necha tarmoqqa ajralib ketdi. Natijada ishlab chiqaruvchilar ma’lum turdagi mahsulot tayyorlashga oʻtdilar va ularni boshqa mahsulotlarga almashtirish bilan oʻz ehtiyojlarini qondira boshladilar. Keyinchalik ular Ayirboshlash uchun mahsulot tayyorlab, tovar ishlab chiqaruvchilarga aylandilar. Ayirboshlash ilgari tasodifan, oʻqtin-oʻqtin boʻlsa, keyinchalik, u muhim ishga, muntazam faoliyatga aylandi.Tovar ishlab chiqarishning oʻsishi va Ayirboshlashning ken-gayishining paydo boʻlishiga olib keldi. Bir tovar ikkinchisi bilan pul yordamida bilvosita ayirboshlandi. Har xil to-varlarni miqdor jihatdan almashti-rishda ularning tabiiy xususiyatlari (shakli, rangi, ogirligi, hajmi) emas, balki ayirboshlash qiymati asos boʻladi. Ayirboshlash ma’lum nisbat va mutanosiblikda yuz beradi, ya’ni bir tovar boshqasiga ma’lum miqdoriy nisbatda ayirboshlanadi. Tarixan Ayirboshlashning ikki turi mavjud: a) barter yoki natural Ayirboshlash Bunda bir tovar boshqasiga toʻgʻridan toʻgʻri, lekin ma’lum miqdoriy nisbatda ayirboshlanadi. Mas, bir qop bugʻdoy – 2 kg metall; b) tovar ayirboshlash yoki savdo-sotiq. Bunda bir tovar boshqasiga pul vositasida almashiladi. Tovar pulga almashganda sotish yuz bersa, shu pulga boshqa tovar harid etilganda sotib olish yuz beradi. Har ikki amalning yaxlitligidan oldi-sotdi paydo boʻladi. Barter an’anaviy iqtisodiy tizimga xos, lekin xoʻjalik aloqalari izdan chiqqan, pul qadrsizlanib, oʻz obroʻsini yoʻqotgan kezlarda qaytadan paydo boʻladi.Tovar Ayirboshlash bozor iqtisodiyotiga xos, u Ayirboshlash ning ilgʻor hammabop usuli boʻlib, nafaqat milliy, balki xalqaro miqyosda ham amal qiladi. Daromadlar ko‘pgina ijtimoiy hodisalarning omili hisoblanadi. Ularning ijtimoiy va ijtimoiy-iqtisodiy strukturaga, bandlik va professional mavqyega, hayot kechirish sifatiga, ijtimoiy munosabatlarga, xulq-atvor va ongga ta'sirini alohida ko‘rsatib o‘tish mumkin. Daromadlar ko‘p hollarda guruh hajmini belgilab beradi. Moddiy-mulkiy holat va iqtisodiy istiqbol – ma'lum hollarda mehnat jamoasining professional kategoriyasi saqlanib qolishiga, kengayishiga, rivojlanishiga olib keluvchi omil hisoblansa, boshqa hollarda rivojlanishdan orqada qolishiga va kichrayishiga olib keluvchi omilga aylanadi. Pul insonga ishlab chiqarish vositalarini sotib olish va tadbirkor ishlab chiqaruvchi bo‘lish, ma'lum ma'lumot olib, ziyolilar va boshqaruvchilar sinfiga o‘tish imkoniyatlarini beradi. yetarli pul mablag‘lariga ega bo‘lgan odam bir ishdan boshqa ishga osonlikcha o‘tishi, bunday mablag‘lar foydali munosabatlar o‘rnatishda, ish bo‘yicha ko‘tarilishda va hatto ma'lum mansabni egallashda hal qiluvchi rol o‘ynashi mumkin. Har bir inson, psixologik tuzilishi bo‘yicha, daromaddagi farqlarni oddiy statistika sifatida emas, balki muhim «insoniy» farqlar sifatida qabul qiladi. Natijada daromadlar ijtimoiy munosabatlarga nafaqat ijobiy, balki salbiy ta'sir ko‘rsatishi, ya'ni ijtimoiy munosabatlarda o‘ziga xos muammolarni vujudga keltirishi ham mumkin. Bunday hollarda: jamiyatdagi birlik buziladi; mulkiy munosabatlarning kesishish nuqtasida kichik yoki katta ziddiyatlar yuzaga keladi; «kambag‘allarga nisbatan loqayd munosabat» va «boylarga nisbatan agressiv munosabat» tipidagi salbiy ijtimoiy ruhiyat shakllanadi; huquqiy notenglik paydo bo‘ladi, tabiiyki, bunday holatlarda insonlar teng huquqlilikka (tibbiyot xizmatidan foydalanish, yuridik yordam olish, bolalarning maktab ma'lumotini olish huquqlari bo‘yicha) intiladilar; ijtimoiy masofa ta'siri vujudga kelishi mumkin, ya'ni insonlarni bir-biriga qarshi qo‘yish, namoyishkorona to‘siq (barer)larni yaratish va muloqotning mulkiy belgilariga qarab alohida yopiq guruhlar paydo bo‘lishi, kiyim-kechak, yashash joyi va uy-joyning turi, dam olishni o‘tkazishiga qarab ustunliklarni namoyish qilish yuzaga kelishi mumkin; boshqarishda o‘ziga xos qiyinchiliklar yuzaga keladi, daromadlarni qayta taqsimlash maqsadida boshqaruv va hokimiyatga bo‘lgan ortiqcha kurash provokatsiya qilinadi; daromadlar guruh va individlar ongiga jiddiy ta'sir ko‘rsatadi. Inson ma'naviyati o‘zgarishiga, uning dunyoqarashi va xatti-harakatiga hyech narsa moddiy-mulkiy holatdek ta'sir etolmaydi. Boylik va kambag‘allik turlicha psixologiya va xarakterga ega, pulning borligi yoki yo‘qligi esa, o‘z navbatida, insonning shaxs sifatida shakllanishiga ta'sir etadi. Farovonlik va foydaga intilishda turli sub'ektlar ishlab chiqarish xulq-atvori turli psixologiyasininig quyidagi global tiplarini ajratish mumkin: resurslarni sotish, jamg‘armalarni, kapitalni iste'mol qilish (noishlab chiqarish psixologiyasi); insonlarni, ishchi kuchini ekspluatatsiya qilish, shaxsiy kuchli mehnat (assotsial va ekstensiv ishlab chiqarish psixologiyasi); tashkilot va boshqarishni takomillashtirish (intellektual ishlab chiqarish psixologiyasi). Bir so‘z bilan aytganda, daromadlar omili insonning ishlab chiqarishga munosabatini belgilab beradi. Boylik va qashshoqlikka doir ijtimoiy qarashlar. Daromadlardagi farqlarning ijtimoiy nisbiyligi Iqtisodiy nuqtai nazardan boylik va qashshoqlik nominal va tannarx mezonlari orqali farqlanadi. Ijtimoiy mezonlar iqtisodiy mezonlarga mos keladi (chunki bu holatlar bir-birini belgilaydi). Agar inson qancha katta daromadga ega bo‘lsa, uning statusi ham shuncha yuqori bo‘ladi. Ammo qashshoqlik va boylik kategoriyalari nisbiy bo‘lib, bu nisbiylikning aniq shakllari mavjud: 1.Daromad olish har bir sohada ham o‘sha kasb, mashg‘ulotlarning mavqyeini oshiradi, lekin daromad va kasblarning baland mavqyei hamisha bir-biriga to‘g‘ri kelavermaydi. Odamlar ongiga chuqur o‘rnashib olgan tushunchaga ko‘ra, daromadlar ikkiga – «qiyin» va «engil» daromadlarga bo‘linadi. Albatta, «qiyin» daromadlarning mavqyei «engil» daromadlar mavqyeiga nisbatan ancha past. Chet ellik ba'zi tadqiqotchilarning sanoatda olib borgan tajribalari shuni ko‘rsatadiki, hatto ishchilar, agar oylik maoshi, daromadi qancha katta bo‘lmasin, og‘ir, zararli, qiyin ishlarda ishlashni xohlamaydilar. Chunki insoniy qadriyatlardan eng muhimi hisoblangan sog‘liqni hyech qanday boylik bilan tenglashtirib bo‘lmaydi. 2.Mulk va pul-boylik ko‘plab hayotiy muammolarni hal qilishda yordam beradi, ya'ni hayotni mumkin qadar uzaytirishi, kasalliklarning oldini olishi, sog‘liqni mustahkamlashi, to‘liq baxt berishi, obro‘-e'tibor keltirishi, madaniy saviyani o‘stirishi mumkin. 3.Qashshoqlik va boylik aniq tushunchalardir. Turli xil guruhlarning hayotga munosabati, ehtiyojlari doirasi turlicha bo‘ladi. Ba'zilar boshqalarga nisbatan ko‘proq daromad olsada, hayotiy ehtiyojlarini qondira olmaydilar, boshqa birovlar esa nisbatan ancha kam daromadlari bilan ham hayotiy ehtiyojlarini qondirishlari mumkin. Kimlar uchundir qimmatbaho taqinchoqlar zarur ehtiyoj bo‘lsa, boshqalarga yaxshi yashash uchun bu narsalar ahamiyatga ega bo‘lmaydi. Eng yuqori daromadlar evaziga yashayotganlarning ham, eng past daromadli kishilarning turmush tarzi ham bir-biridan farqlanadi. Shuni ham aytish kerakki, eng boylar ham hamma imkoniyatlarga ega emaslar, eng qashshoqlar esa hamma imkoniyatlardan mahrum emaslar. 4.Odam butun hayoti, mehnat faoliyati davomida qashshoq bo‘lishi ham, badavlat bo‘lishi ham mumkin. Turli xil sabablarga ko‘ra, daromadning miqdori o‘zgaruvchan bo‘ladi. Ba'zida inson pul mablag‘i yetarlicha bo‘lib, biror narsaga ortiqcha ehtiyoj sezmasligi, ba'zan biror narsaga juda qattiq ehtiyoj sezishi, lekin yetarli pul-mablag‘i bo‘lmasligi mumkin. Bunda mehnat, bandlik, uning doimiyligi katta ahamiyatga ega. 5.Ba'zi individlar hozirning o‘zida katta pul daromadi egasidirlar, boshqa birovlar esa kelajakda katta daromad keltiruvchi mehnat vazifasini yoki katta mulkni boshqarib turgan bo‘lishlari mumkin. 6.Odamlar pul-mablag‘ni yig‘ish bilan ham shug‘ullanadilar. Kimlardadir ehtiyojidan ortiqcha mablag‘ yig‘ilib qolishi mumkin, boshqalar esa o‘z ehtiyojlarini minimal darajada qondirgan holda pul-mablag‘ni tejab, yig‘adilar. 7.Ko‘plar tadbirkorlik kapitaliga ega, bu ham rasmiy jihatdan boylik hisoblanadi. 8.Kam ta'minlangan oilalar o‘zlarini ma'naviy jihatdan qanday his qilishlari nuqtai nazaridan aytish mumkinki, qashshoqlik va boylik nisbiydir. Bu yerda gap qashshoq, kambag‘allarga jamiyatda turlicha munosabatning mavjudligi, ularga jamiyat tomonidan berilayotgan ijtimoiy e'tibor, yordam haqida bormoqda. Download 169.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling