Mаvzu: Iqtisodiy siyosat. Tashkilotlar sotsiologiyasi. Iqtisodiy ayirboshlash va qiymat o’lchovining ijtimoiy mohiyati. Reja


Tashkilotlarga ijtimoiy guruh nuqtai nazaridan qarash


Download 169.07 Kb.
bet9/14
Sana17.06.2023
Hajmi169.07 Kb.
#1536943
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Bog'liq
2-mavzu sitrqi

Tashkilotlarga ijtimoiy guruh nuqtai nazaridan qarash
Ijtimoiy guruhlarning har xil turlari bor. Tashkilot u yoki bu guruhlar turiga kiradi va ijtimoiy guruhlarning o`ziga xos xususiyatlari tashkilotga ham o`tadi.
Tashkilot ijtimoiy guruh sifatida bir necha turlardan iborat bo`lishi mumkin.
I. Kichik guruh. Tashkilot a'zolarini son jihatdan tarkibi hududiy, kasbiy, sinfiy, etnik va boshqa ijtimoiy guruhlardan kichikroq. Kichik guruhni belgilaydigan aniq bir mezon yo`q. Masalan, kichik guruh deb, ham korxonaning butun xodimlarini hisoblash mumkin, shuningdek, kichik mehnat brigadasini kichik guruh desa bo`ladi.
Tashkilotda xodimlarning son tarkibi juda ko`p narsani belgilaydi.
Tashkilot uchun guruh son tarkibining asosi qo`yidagicha:
1. Guruh a'zolarining ma'lum darajada yetishmasligi, berilgan vazifalarni qiyinchilik bilan yechilishi qobiliyatsizlikni belgilaydi; guruhning ortiqligi ham negativ holatlarga olib kelishi mumkin, chunki bu holat guruh tartib-intizomining buzilishiga va nizolarning kelib chiqilishiga sabab bo`ladi.
2. Guruhning ortiq yoki yetishmaslik miqdori – undagi ijtimoiy iqlim omilining ta'siridandir. Har doim guruhda shunday «normativ» a'zolar soni bo`ladiki, ular orqali eng yaxshi ijtimoiy iqlim belgilanadi.
3. Guruh qanchalik katta bo`lsa, shunchalik uning umumiy imkoniyatlari yuqori, umumiy qobiliyatlar palitrasi boy, a'zolarining ijtimoiy aloqa imkoniyatlari ko`p bo`ladi.
4. Guruhning miqdori, uning mobillik darajasini belgilaydi: ichki va tashqi vaziyatlar nuqtai nazaridan katta guruhlarning ko`pincha mobillik darajasi kamroq.
5. Guruhning son tarkibi uning tashkilotchilik omili sifatida ko`rilishi mumkin; guruh qanchalik katta bo`lsa, shunchalik uning shakllanishi, tashkiliy savollarning yechimi qiyinroq bo`ladi. Ko`pincha bu holatlarda tartib-intizomning buzilishi yuzaga keladi.
6. Guruhning miqdori uning ijtimoiy maqomiga bog`liq: rasmiy tashkilotlarda va inson idrokida katta guruhning ahamiyati katta; uning qiziqishlari va fikri ko`proq va yaxshiroq inobatga olinadi.
Undan tashqari kichik guruh o`z boshidan ko`pincha maishiy noqulaylikni kechiradi; guruhning a'zolari o`z guruhining ko`payishi, o`z tarkibiga yangi a'zolarning qabul qilinishi va umumiy potentsiallarini ko`tarish maqsadida boshqa kichik guruhlar bilan birlashishga intiladi (integratsiya qonuni o`z kuchini ko`rsatadi). Katta guruh ham o`z navbatida maishiy noqulaylikni boshidan kechiradi; u bir nechta kichik guruhlarga bo`linishga intiladi. Sababi - kontaktlar, mehnat taqsimoti, o`zaro ta'sir yaxshiroq tashkil etiladi (dezintegratsiya qonuni).
Guruh qanchalik katta bo`lsa, shunchalik byurokratiya, rasmiyatchilik kuchliroq rivojlangan bo`ladi. Kichik guruhda esa, ko`pincha tartibga solishning norasmiy mexanizmlari ishlatiladi. Kichik guruhda shaxsning mustaqilligi va shaxsiy tashabbus darajasi yuqori, chunki bu yerda munosabatlar rasmiy, har bir ishlovchiga ishonch darajasi baland, mehnatni tashkil etish printsiplari haqiqatga yaqin. Sotsiologik tadqiqotlar shuni ko`rsatdiki, kichik guruhlarning hap bir a'zosi uchun tavakkalchilik va javobgarlik esa har bir ishlovchining mehnat jarayonidagi kamchiliklari umumiy ishlab chiqarilgan mahsulotida, jamoaning natijalarida ko`rinmay ketadi. Katta guruhda shaxs «ko`rimsiz» (katta shaharning ichiga o`xshab), bu yerda odam - ijtimoiy massaning elementi, o`ziga o`xshaganlar ichidan bittasidir; kichik guruhda maqomi taniqliroq, kerakli bo`ladi.
Guruhning son tarkibi tashkilot uchun shartli, ular absolyut qonun emas va holatlarga qarab o`zini ko`rsatadi.
II. Rasmiy guruh. Tashkilot - bu rasmiy guruh tashkilotga xoc bo`lgan barcha asosiy belgilar rasmiylashgan, ma'lum bir shakllarga bo`ysunadi. Shakl sifatida har xil sanktsiyalar, reglament, nizom, shtat jadvali, norasmiy kodeks, shaxsiy va guruh majburiyatlari, etika, ichki normalar hisoblanadi. By shakllarning majmui tashkilotning rasmiy tarkibini hosil qiladi.
Tashkilotda to`rta asosiy rasmiylashgan asosiy ob'ektni ko`rsatish mumkin:

Download 169.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling