Ijtimoiy-siyosiy funktsiya. Tashkilot mehnat jamoasi sifatida siyosiy hayotning mustaqil sub'ekti ham bo`lishi mumkin. Tashkilot a'zolari siyosiy hayotda faol qatnashishlari kerak.
Ijtimoiy maqom funktsiyasi. Hap bir inson uchun jamiyatda tutgan o`rni katta ahamiyatta ega. Uni esa tashkilot belgilaydi. Nima uchunh Chunki insonning lavozimi, daromadi, mehnat unumdorligi, mehnatidan qoniqishi ishlayotgan tashkilotiga bog`liq. O`sha tashkilot o`ziga qanchalik tinch bo`lsa, o`z xodimiga ijobiy yondoshsa, ko`rsatkichlariga qarab tez-tez lavozimdan-lavozimga ko`tarib baholasa, uning mehnat samaradorligi shunchalik yuqori bo`ladi. Ijtimoiy tomondan esa, inson taqdiriga tashkilotning ob'ektiv va sub'ektiv omillari ta'sir etadi.
Ijtimoiy muhofaza funktsiyasi. Har bir korxona, tashkilot o`zining ma'lum bir shaxsiga, muammolar paydo bo`lgan holatda, ozmi-ko`pmi yordam berish qobiliyatiga ega. Yordam ko`rsatish - tashkilotning majburiyati emas. Tashkilot ijtimoiy muhofazalash funktsiyasini bajarishi yoki bajarmasligi uning iqtisodiy imkoniyatlariga, an'analariga, mafkurasiga, ijtimoiy iqtisodiy muhitiga, ijtimoiy himoyalashning ob'ekti – shaxs obro`siga ham bog`liqdir. Ayrim holatlarda hamma narsani ma'muriyat fikri, ayrim holatlarda - tashkilot oddiy a'zolarining fikri hal etadi. Ijtimoiy himoyalashning asosiy shakllari - ma'muriy va hay'at yig`ilishi.
Ijtimoiy mansublik funktsiyasi. Insonning tabiiy ehtiyojlaridan biri - boshqa odamlar bilan birligi va biron-bir jamiyatga mansublik. Tashkilot ijtimoiy mansublik nuqtai nazardan o`zining kamchilik va afzalliklariga ega. Bir tomondan, oilaga, qarindosh-urug`larga nisbatan u ancha uzoq, boshqa tomondan esa - ijtimoiy munosabatlar nuqtai nazaridan u ta'sirli va kuchliroq.
Ijtimoiy tartibga keltirish funktsiyasi. Tashkilot mehnat jamoasi sifatida xodimlarning xulqini tartibga soladi va bu ishni, o`zining iqtisodiy qiziqishini inobatga olgan holda bajaradi.
Ijtimoiylashtirish funktsiyasi. Odam tashkilotga biron bir tajriba orttirish maqsadida keladi. U shu yerda ijtimoiy munosabatlar murakkab jarayonini, ijtimoiy nizo, tartib, me'yorlar degan hodisalarning ahamiyatini bilib oladi. Tashkilotda inson o`z ijtimoiy xulqini takomillashtiradi.
Bu ijtimoiy tajriba tashkilot chegarasidan tashqariga ham tarqaladi.
Aloqa funktsiyasi. Aloqalar inson uchun katta ahamiyatga ega. O`zaro aloqalar tashkilotda yangi tanishlar orttirishga yordam beradi. Tashkilotdan tashqaridagi aloqalar yetishmasligini xodimlar ko`pincha o`z ish joyida qoplashadi.
Do'stlaringiz bilan baham: |