Mаvzu: Iqtisodiy siyosat. Tashkilotlar sotsiologiyasi. Iqtisodiy ayirboshlash va qiymat o’lchovining ijtimoiy mohiyati. Reja


Download 169.07 Kb.
bet7/14
Sana17.06.2023
Hajmi169.07 Kb.
#1536943
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
Bog'liq
2-mavzu sitrqi

Ijtimoiy-demografik qirra.
Tashkilotning – muhim bir tavsifnomalaridan biri – uning jinsiy va yoshiga nisbatan tarkibi. Bu belgi bo`yicha hamma tashkilotlar har xil. Lekin ayrim tashkilotlarda ko`proq ayollar ishlaydi, boshqalarida esa - erkaklar, uchinchilarida – ikkala jins vakillari bir xil bo`lishi mumkin, ba'zi tashkilotlarda - yoshlar ko`proq ishlaydi, boshqalarida – yoshi katta odamlar, uchinchilarida - hamma yoshdagi xodimlarni ko`rish mumkin. Ko`p tashkilotlarda xodimlarning jinsiy va yosh jihatidan tarkibi juda murakkab ya'ni, tashkilotning ko`p xususiyatlari uning tarkibiga bog`liq. Xodimlarning jinsiy va yosh jihatdan xususiyatlari mehnat taqsimotini belgilaydi, ular tashkilotning ijtimoiy iqlimiga, odamlarning munosabatiga, ish boshqarilishiga, tashkiliy tizimiga, taqsimlanishiga ta'sir etadi, moddiy ne'matlarning taqsimlanishiga ta'sir etadi.
Ijtimoiy - madaniy qirra.
Har bir tashkilot o`z ichki madaniyatiga ega. Ichki madaniyatni quyidagilar belgilaydi:
- an'analar, urf-odatlar va birgalashib kamol topgan jamoaning tafakkur stereotiplari;
- jamoaning o`ziga xos malaka, kasb, iqtisodiy va ijtimoiy tajribalar va jamoaning xotirasi;
- paydo bo`lgan muammolarga, har xil holatlarga tashkilotning munosabati va bularning yechimini topishda jamoaning imkoniyat darajadagi qobiliyati.
Ijtimoiy – ruhiy qirra.
Tashkilot — bu ijtimoiy ruhiy holatlarning murakkab dunyosi. Ular yo kasbiy-iqtisodiy munosabatlar asosida maqomini topadi, yoki odamlarning o`ziga xos munosabatlariga ko`proq ta'sir etadi.
Tashkilot ishlab chiqarish uchun barpo etiladi. Shu vaqt ichida tashkilot bevosita bir qator ijtimoiy funktsiyalarni ham bajaradi. Bu funktsiyalar inson xulqiga ham ta'sir etadi. Shuning uchun bu funktsiyalarni real deb hisoblasa bo`ladi. Funktsiyalarning asosiy mazmuni quyidagicha:
Ijtimoiy-iqtisodiy funktsiya. Har bir tashkilot o`z bandligini boshqaradi. Inson manfaatini ko`zlagan holda, uni yoqtirgan mehnat turi bilan ta'minlaydi. Bu funktsiya nafaqat daromadga yetishish, balki uning taqsimlanish va kafolat funktsiyasini ham bajaradi.

Download 169.07 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling