Mаvzu: Iqtisodiy siyosat. Tashkilotlar sotsiologiyasi. Iqtisodiy ayirboshlash va qiymat o’lchovining ijtimoiy mohiyati. Reja
Download 169.07 Kb.
|
2-mavzu sitrqi
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ijtimoiy-kasbiy qirrasi.
- Ijtimoiy – iqtisodiy qirra.
Ijtimoiy-mehnat qirrasi.
Tashkilotning eng oddiy belgisi shundaki, odamlar uning ichida bir-biriga ta'sirini o`tkazadi, bir maqsadga qaratilgan mehnat kuchlari bilan almashadilar. Tashkilot bunday holatda ma'lum maqsadga xizmat qiluvchi mashinaga o`xshab ketadi. Odamlar muloqotda bir-biri bilan yaxshi bo`lishsa, ularning tashkiloti salmoqli, fayzli, o`zlari ham yaxshi va inoq bo`ladilar. Odamlar - yagona harakat qatnashchilari, harakati jamoa hissiyotiga asoslangan bo`lib, ular yagona guruh tarzida ishlab chiqarish maydoniga chiqadilar. Ijtimoiy-kasbiy qirrasi. Tashkilotda yakka tartibdagi shaxslargina bir-biriga ta'sir o`tkazmaydi. Tashkilot a'zolari tajriba, malakaga ega bo`lib, mafkura nuqtai nazaridan har xildir. Ijtimoiy tadqiqotlar shuni ko`rsatadiki, tashkilotlarni o`rganishda birinchi navbatda, ularning malaka-kasb tarkibi o`rganiladi. Shuningdek, har xil tashkilotlarda ta'lim darajasi ham har xildir. Bir xil tashkilotlarda xodimlar orasida ma'lum bir kasb turi ko`p bo`lsa, boshqalarda u yakkadir. Ayrim tashkilotlarda odamlarga nisbatan oddiy malaka-kasb tarkibi mavjud bo`lsa, boshqalarda ancha murakkab. Xodimlarning malakaviy va kasbiy farqlari ba'zan tashkilotdagi ijtimoiy muhitiga, shaxslararo ijtimoiy munosabatlariga ancha ta'sir o`tkazishi mumkin. Ijtimoiy – iqtisodiy qirra. Bu tizimga oid qirra ancha murakkab hisoblanadi va uni yuqorida aytib o`tgan tizimlarga oid qirralar bilan solishtirilsa, ijtimoiy-iqtisodiy qirra ulardan ancha ustunroq. Tashkilot a'zolari bir-biridan ish haqi, mulk huquqlari, mehnat sharoitlari, ish joyi kafolatining ijtimoiy himoyalanishi bilan farqlanadi. Ishlab chiqarish jarayoni boshlangan vaqtidayoq, odamlarda juda ko`p turli qiziqishlar, o`zaro talablar paydo bo`ladi. Ijtimoiy-iqtisodiy qiziqishlar, ularning yechimi nuqtai nazaridan - bu mehnat jarayonida bir-biriga ta'siridan ham murakkabroq holatdir. Tashkilotning asosiy ziddiyati - bir vaqt ichida ikkita katta va qarama-qarshi munosabat turlarining mavjudligi, bu ham bo`lsa, taqsimot va o`zaro ta'sirdir. Taqsimot munosabatlari korxona, tashkilot miqyosida o`z xususiyatlariga ega. Makrodaraja bilan solishtirsak, tashkilotning taqsimot munosabatlari o`z psixologiyasiga ega: unda ham moddiy ne'matlarni, ham ijtimoiy maqomlarni individlar o`zaro taqsimlashadi. Taqsimlash nafaqat ma'muriy yo`l bilan, balki mehnat jamoasi yetarli jipslashgan bo`lsa, uning fikri asosida ham o`tkaziladi. Download 169.07 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling