Mavzu: Ishlab chiqarishni yangilash va modernizatsiyalash sharoitida investitsion dasturlarni moliyalashtirishni nazariy asoslari. Kirish qismi


Download 46.54 Kb.
bet2/7
Sana16.06.2023
Hajmi46.54 Kb.
#1517797
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
Moliya

Xulosa qismi:
Yagona va davlat standartlariga to`g`ri keladigan ishlab chiqarishni yengilishtirish uchun va modernizatsiyalash sharoitida investitsion dasturlarni moliyalashtirishni rivojlantirish kerak.

MAVZU: Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning marketing strategiyasining moliyaviy jihatlari.
REJA:

  1. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarning moliyaviy jihatlari haqida ma`lumotlar.

  2. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni strategik yo`nalishlari.

  3. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar haqida tushunchalar.

1.Agar mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotining 5 yoki 10 yilga mo’ljallangan ilmiy asoslangan istiqboli oldindan oqilona tarzda aniqlangan bo’lsa, baho stra-tegiyasini mustahkam egallash mumkin. Aks holda faqat hozirgi paytda ishlab chiqarilayotgan tovarlarning emas, balki ilmiy-texnika taraqqiyoti va ishlab chiqarishning tarkibiy tuzilmasidagi ilg’or o’zgarishlar ta’siri ostida yaratilishi lozim bo’lgan yangi barcha buyumlar bahosining dinamikasini ham ko’proq yoki ozroq aniqlikda ko’rish imkoniyati murakkabligicha qolaveradi. Ma’lumki, iqtisodiy jihatdan yuqori sur’atlarda taraqqiy etgan mamlakat-larning barchasida erkin


baholar, odatda, davlat tomonidan tartibga solinadigan baholar bilan oqilona uyg’unlashgan holda ishlatiladi.
XYuSlar marketing strategiyasining moliyaviy jihat-lari raqobat sharoitida bozordagi baho bozor iqtisodi-yotining asosiy bo’g’iniga bog’liq bo’lmagan omillar asosida ustuvor ravishda shakllanishini va u uchun, asosan, topshi-rilgan (berilgan) miqdor ekanligini nazarda tutadi. XYuSning bozor muhiti bozor tashqi omillari va shart- sharoitlari hamda bozordan tashqari xo’jalik aloqalar majmuidan iborat bo’lib, ular iqtisodiyot asosiy bo’g’ini faoliyatining samaradorligini, uning maqsadli strategiyasi va tadbirkorlik muhitidagi xatti-harakati taktikasining amalga oshirilishini ko’zda tutadi.
2 Baholarni shakllantirish masalalarini hal etish uchun raqobat muhitini tahlil qila borib, XYuSning tegishli xizmatlari mahsulotlarni etkazib berish va ularni sotish baholarini o’rganishi (1), soliqlar va boshqa to’lovlarni inobatga olgan holda XYuSning ishlab chiqarish va sotish chiqimlari, mol etkazib berish shartlari va XYuSni ishlab chiqarish omillari bilan ta’minlashga baho berishi (2), amalga oshirilayotgan tadbirlar va faoliyat samara-dorligini aniqlashi (3) kerak.
Ana shu yuqoridagi uch yo’nalishlar XYuS faoliyat ko’rsatishining mikromuhitini xarakterlab, u biroq XYuS faoliyatining umumiy sharoitlarini cheklamaydi. XYuS faoliyatining umumiy sharoitlarini makromuhit deb e’tirof etish qabul qilingan bo’lib, u o’z ichiga quyidagi omillarni qamrab oladi:

    • inflyatsion omillar, shu jumladan inflyatsion kuti-lishlar;


    • ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlardagi o’zgarishlar (mehnat, shu sohadagi beqarorlashtiruvchi holatlar, siyosiy omillarni ham qo’shib hisoblaganda);


    • davlat va mahalliy hokimiyat organlarining moliyaviy, soliq va pul-kredit siyosati;


    • baholarni davlat tomonidan tartibga solish sohasida ko’riladigan choralar;


    • XYuSning bozorda faoliyat ko’rsatishini qonuniy ta’-minlashga qaratilgan o’zgarishlar.



  • Xo’jalik yurituvchi sub’yekt, mulkdorning bozor vakili yoki uning vakolatchisi sifatida iqtisodiy mustaqillik va XYuS o’z xatti-harakatini tanlash erkinligi bozor baho-larini shakllantirishning zaruriy shartlari hisoblanadi. O‘zaro manfaatli, xususan, og’zaki bitimlar, shartnomalar, oldi-sotdi shartnomalari ko’rinishidagi shartnomalar

  • vositasida amalga oshiriladigan xo’jalik sub’yektlarining tijorat munosabatlari ham shunga kiradi. Bu yerda yo’qotmalar, zararlar va qo’ldan chiqarilgan imkoniyatlar (foydalar)ni qoplash kafolatini beruvchi shartnoma-bitim munosabatlari, boshqa xo’jalik munozaralariga ta’sir ko’rsatish va ularni himoya qilish muhim rolynaydi. Raqobat muhitining mavjudligi va monopolizmga barham berish ham bu yerda kerakli sharoit sifatida maydonga chiqib, ular xo’jalik yuritish sub’yektlarini, bozor vakillarini xatti-harakatni tanlash imkoniyatlari bilan ta’minlaydi. Bularning qatoriga muvozanat baholar evaziga talab va taklif nisbatlarining tenglashuvi oqibatida vujudga keladigan bozor muvozanatini ham kiritish kerak.

  • Bozor iqtisodiyotida baholarni shakllantirish jara-yoni, boshqa holatlardan tashqari, yana bahoni o’rnatish xususida kim qaror qabul qilganligiga va uni kim tayyorlaganligiga ham bog’liq. Shuning uchun ham baholar qay hollarda direktorlar kengashi, hissadorlik jamiyatining prezidenti, XYuSning bosh direktori, uning o’rinbosarlari va qay hollarda esa ta’minot bo’limining boshlig’i, uning joylardagi vakillari tomonidan tasdiqlanishini bilish juda muhimdir. Shuningdek, bahoni asoslash bilan shug’ullanadigan ma’muriyat xizmatlari va bo’linmalarining aniq funksiyalarini belgilash ham kerak. Bu faoliyat XYuS markaziy xizmatlari tomonidan qat’iy muvofiqlash-tirilgan asosda amalga oshirilmog’i lozim.

  • XYuS tomonidan sotilishi mumkin bo’lgan tovarlar bahosini asoslash, hisob-kitob qilish va o’rnatish quyida taklif etilayotgan ketma-ketlikda va faoliyat turlari bo’yicha amalga oshirish tavsiya qilinadi:

    • tarkib topgan bozor, kon’yunktura va XYuS mahsulo-tining bahosini tahlil qilish;
    • baholarni o’rnatish (belgilash) joriy amaliyotining strategiyasi va printsiplarini ishlab chiqish;


    • kutilayotgan bozorni o’rganish va rejalashtirilayotgan davr uchun talabni aniqlash;


    • raqiblarning tovarlari va baholarini tahlil qilish;


    • ishlab chiqarish hajmi va talabni qondirishning turli darajalarida taklif bahosi, ishlab chiqarish chiqimlari va tovarlarni sotish imkoniyatlarini aniqlash;


    • baholarni shakllantirishning qabul qilingan strate-giyasi va printsiplari amalga oshirilishining mumkin bo’lgan variantlarida ishlab chiqarish va realizatsiya samara-dorligini baholash;


    • baholarni o’rnatish (belgilash) metodlarini tanlash;


    • sotiladigan tovarning bahosini tasdiqlash.




Yuqorida ko’rsatib o’tilgan ishlarni biznes-rejalash-tirish va shu XYuS baholarini bashoratlash bilan bog’liq bo’lgan hisob-kitoblar bilan almashtirmaslik kerak. Ba’zi bir o’xshashliklar bo’lishiga qaramasdan, biznes-rejani ishlab chiqish va asoslash XYuSning baho strategiyasini ishlab chiqish uchun zarur bo’lgan barcha parametrlarni chuqur tasavvur qilishga imkon bersa-da, ularni bir xil deb qabul qilmaslik kerak.
Bozorda baholarni shakllantirishning omillari ora-sida talab omillarini alohida ajratish maqsadga muvofiqki, ular yordamida sotib oluvchi tomonidan tovarga bo’lgan talabning bahosi aniqlanadi. Bunga tovarning foydaliligi yoki iste’mol xususiyatlari, ya’ni ehtiyojni qondirish qobiliyati, uning sifat tavsiflari kiradi. Undan so’ng ushbu tovarni sotib oluvchi ega bo’lgan to’lovga layoqatli talabning tavsifi, shuningdek, tovarni sotib olishdan bosh torta turib, sotib oluvchi yig’ishi mumkin bo’lgan jamg’armaning darajasi kerak. Oxirida talabning hajmi, ya’ni bahoning shu darajasida sotib oluvchi qodir bo’lgan tovarning miqdori aniqlanadi.



Download 46.54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling